Mavzu: Tabiatda suv Maqsad



Yüklə 419,66 Kb.
səhifə3/4
tarix20.04.2022
ölçüsü419,66 Kb.
#55864
1   2   3   4
2 5274135911532068883

IV.Yangi mavzu bayoni:

O ‘quvchilarga topishmoq ayta turib diqqatini o ‘zimga tortaman. O ‘quvchilar yangi mavzu nima haqda ekanligini topishmoqning javobiga asoslanib aytadilar.

- Ariqlarda oqadi,

Sovuqda tosh qotadi.

Goho osmonda suzib,

Yog’in bo ‘lib qaytadi.

(Suv).

Topishmoqni javobidan ma'lum bo ‘ldiki, bugun sizlar bilan suv haqida suhbatlashar ekanmiz va biz dars jarayonida «Tabiatda suv», «Suv havzalari» mavzulariga alohida to ‘xtalamiz.

Yer yuzasida har xil o ‘lchamdagi chuqurliklar juda ko ‘p bo ‘lib, ular suv havzalari deb ataladi. Suv havzalari - hayot manbai, bebaho boyligimiz, shuningdek, ona zaminimizning hayotidir. Suv havzalarini saqlab qolish, toza ichimlik suvlarini muhofaza qilish uchun hozirda dunyo miqyosida juda katta amaliy ishlar qilinmoqda.

«Tabiatda suv» mavzusidagi kichik hikoya o ‘quvchilar diqqatiga havola etiladi.

O ‘qituvchi: Endi sizlar bilan kichik tadqiqot o ‘tkazamiz. Avval har kuni ertalab yuz-qolingizni, tishingizni yuvish uchun qancha suv sarf bo ‘lishini hisoblash kerak bo ‘ladi. Shuni esdan chiqarmang. Ertadanoq tejamkorlik bilan ish tutamiz va natijalarni solishtiramiz.

Avvalo, suvni tejab ishlata boshlaymiz. 1-kuni yuvinishning o ‘ziga 15 stakan ishlatgan bo ‘lsak,

2-kuni ana shu maqsadda sarflagan suvimiz 11 stakanni tashkil etdi.

15-11 = 4

Demak, ikkinchi kuni biz 4 stakan suvni tejabmiz. Agar sinfdagi 32 nafar o ‘quvchining har biri

4 stakandan suvni tejasa, bir kunda 128 stakan suv tejalar ekan. Bu raqamlarni hafta, oy va yilga ko ‘paytirsak, ehhe, biz juda katta miqdordagi suvni isrof bolishidan asrab qolar ekanmiz. Bu hozirda kamayib borayotgan toza ichimlik suvining muhofaza qilishga qo ‘shgan bizning kattagina hissamizdir.

Dam olish daqiqasi o ‘quvchilar Zafar Diyorning «Suv bilan suhbat» she'rini rollarga bolib o ‘qishadi.

- Hoy, sen, jiyron toychamdek,

Оуnаb-оуnаb oqqan suv.

Dalalarga bayramdek,

Guldan bezak taqqan suv.

Suvning tilidan bayon etilgan fikrlar tahlil qilinadi. Agar suv bo ‘lmasa, hayot qay holatga kelishi savol-javob asosida isbotlanadi.




Yüklə 419,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin