Mavzu: tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari a gigiyenik omillar reja


Gigiyena, shaxsiy va jamoat gigiyenasi



Yüklə 24,58 Kb.
səhifə2/3
tarix19.10.2023
ölçüsü24,58 Kb.
#157563
1   2   3
Mavzu tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari a gigiyenik omill-fayllar.org

Gigiyena, shaxsiy va jamoat gigiyenasi

Gigiyena- bu salomatlik to’g’risidagi, uni saqlash, mustahkamlash hamda tevarak-atrofdagi omillarning unga ko’rsatadigan zararli ta’sirini bartaraf etish vositalari va usullari to’g’risidagi fandir.


Gigiyena iqlimni, mikroiqlimni, havoning, suvning va tuproqning holatini, ovqatlanish sharoitlarini, kiyim-kechak, turar joy, mehnat va dam olishga qo’yiladigan shartlarni, jismoniy tarbiya hamda sport mashg’ulotlari o’tkaziladigan shart-sharoitlarni va boshqa bir qator masalalarni o’rganadi. Odamning mehnat, dam olish va sportdagi faoliyatining biror sohasi yo’ki, ular gigienik jihatdan tartibga solib turilmaydigan bo’lsin. Odam salomatligiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni normalashtirib, ya’ni ularning miqdorini (me’yorini) belgilab turish gigiyena fanining asosiy maqsadi hisoblanadi. Gigienik normalar cheklab qo’yilgan (masalan; havoda, suvda, tuproqda zararli moddalarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdorini belgilash shaklida) yoki optimal holatga keltirish (masalan, jismoniy yuklamalar, ovqat ratsionining optimal miqdorini (me’yorini) belgilash) xarakterida bo’lishi mumkin. Tavsiya etilgan gigienik normalar qonuniy yo’l bilan mustahkamlanadi hamda sanitariya inspektsiyasi organlari tomonidan nazorat qilib turiladi. Gigiyenada turli fan sohalari- sotsiologiya, demografiya, klimatalogiya, fiziologiya, mikrobiologiya, fizika, kimyo sohalarida qo’llaniladigan metodlar va metodikalardan foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya gigiyenasi- gigiyena fanining bo’limlaridan biridir. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida odam va salomatligini saqlash va mustahkamlash maqsadida samaraliroq foydalanish uchun o’sha mashg’ulotlar vositalarini, metodlarini hamda shart-sharoitlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda normaga solib turish jismoniy tarbiya gigiyenasining mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya gigiyenasi mashg’ulotlarning samaraliroq metodlarini va eng qulay shart-sharoitlarini asoslab berish uchun jismoniy mashqlar odam sog’lig’iga qanday ta’sir ko’rsatishini va ular sog’lig’ini mustahkamlashga qay darajada xizmat qilishini o’rganadi.
Jismoniy tarbiya gigiyenasining ahamiyati fan texnika rivojlanish davriga kelib ancha ortdi. Agar 19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida odamlar sog’lig’ini va hayotini saqlashda sanitariya gigiyenaning ommaviy tarzda saqlanadigan yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni (vodoprovodlar qurish, kanali-zatsiya o’rnatish, shaharlarni toza tutish va boshqalar) asosiy rol o’ynagan bo’lsa, hozirgi vaqtda aholining kasallanishi va o’limi to’g’risida yurak-tomir kasalliklari, modda almashinuv asab tizimi kasalliklari yetakchi o’rin tutadi. Bunday kasalliklarning paydo bo’lishida kasal xafining asosiy omili sifatida gipodinamiya katta rol o’ynaydi. Shuning uchun ham gipodinamiyaning oldini olish maqsadida jismoniy mashqlarning qo’llanilishi gigiyenada yetakchi ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy tarbiya gigiyenasining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: odamning jismoniy holatiga xos bo’lgan mezonlar bo’yicha uning salomatligiga oid model parametrlarini me’yorlashtirib turish (jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik darajasi, chiniqqanlik), jismoniy yuklamalarni me’yorga solib turish (tuzilishi, hajm, inten-sivlik), faqat gipodinamiyaning oldini olish bilangina cheklanmay, shu bilan birga, sihat-salomatlikning model darajasiga erishish va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq ta’siri ko’rsatilishini ta’min etadigan chiniqtiruvchi tadbirlar; mashq va musobaqa yuklamalarini, dam olish, ovqatlanish, katta sportda tiklanish tadbirlarini muayan tartibga solib turish; jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari shart-sharoitlarini (iqlim va mikroiqlim, sport inshoatlari va jihozlari, kiyim-kechaklar va boshqalar) salomatlikka qulay ta’sir ko’rsatishiga yordam beradigan tarzda normaga solib turish.
Salomatlikni saqlash va mustahkamlashda atrof muhitni ozoda saqlash, ratsional tarzda ovqatlanish, faol ravishda optimal harakatlar qilish hamda asab-hayajonlanish haddan oshib ketadigan hayajon holat-larining oldini olish singari tadbirlar bilan bir qatorda, jismoniy tarbiya ham eng muhim va istiqbolli omillardan biriga aylanib bormoqda. Aholining sog’lig’ini mustahkamlashda, shaxsni uyg’un kamol toptirishda, yoshlarni mehnatga Vatan himoyasiga tayyorlashda jismoniy hamda sportning, ularning ko’ndalang hayotga joriy etishning ahamiyati o’sib bormoqda. Ishni shunday yo’lga qo’yish kerakki, har bir kishi yoshligidan o’zining jismoniy barkamol bo’lishi to’g’risida g’amxo’rlik qilsin, gigiyena va meditsina yordami sohasidagi bilimlarni egallab olsin, sog’lom turmush kechirsin. Shu bilan birga, yuksak darajadagi yutuqlarga erishgan sport (katta sport) salomatlik uchun muayan darajada havf tug’diradigan (haddan tashqari zo’riqish va jarohatlar) anchagina intensiv va keng hajmli yuklamalar bilan bog’liq bo’lib, ular puxta shifokorlik-pedagogik nazorati o’rnatilishini hamda mashqlarning gigienik jihatdan to’g’ri tashkil etilishini ta’minlashni talab qiladi. Mana shu qoidadan kelib chiqqan holda sog’lomlashtirish maqsadida o’tkaziladigan jismoniy mashqlar hamda yuqori ko’rsatkichlarga erishishni maqsad qilgan sport mashg’ulotlariga qo’yiladigan gigienik talablarni alohida-alohida qarab chiqish lozim.
Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Sh.g . har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyimkechak, poyabzal, koʻrpatoʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k. ham Sh.g .ga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiqjoylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni botbot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Sh.g . qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.
Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.
Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur.
Sh.g .ga umumiy gigiyena tadbirlaridan tashqari, jinsiy aʼzolar parvarishi ham kiradi; buni bola balogʻatga yetganida emas, aksincha, bola tugʻilganidanoq muntazam amalga oshirish kerak.
Ichki kiyim toza boʻlishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish Sh.g .da juda muhim; badan, kiyimkechak, turar joy, oshxona, ish joyi va boshqalarning toza boʻlishiga eʼtibor berish kerak (qarang Gigiyena).
Har bir oila aʼzosining sochigʻi, koʻrpatoʻshagi alohida boʻlishi, koʻrpayostiq jildi, choyshabni haftada bir almashtirib turish zarur. Uyquga yotishdan oldin ichki kiyimni almashtirish lozim. Sh.g .ga oid tadbirlarni, ayniqsa, oila aʼzolaridan biror kishi ogʻriganda qatʼiy amalga oshirish talab etiladi, aks holda kasallik atrofdagilarga, xususan bolalarga tez yuqishi mumkin (qarang Bemorni parvarish qilish). Qiz va oʻgʻil bolalar parvarishining oʻziga xos tomonlari bor (qarang Goʻdak, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi). Sh.g . qonunqoidalari barchaga tegishli boʻlishi bilan birga, uni kishining yoshiga, erkak va ayolning anatomikfiziologik xususiyatlariga bogʻliq tomonlari ham bor. Jinsiy aʼzolar va jinsiy hayot gigiyenasi (qarang Jinsiy gigiyena) masalalari bilan seksologiya shugʻullanadi. Mehnat jarayonida Sh.g .ni toʻgʻri tashkil etish ishini mehnat gigiyenasi oʻrganadi.
Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi — gigiyenaning bir sohasi; goʻdaklikdan boshlab to 17—18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanadi. Hayot sharoiti, oʻquvtarbiya va mehnatning oʻsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir qilishini oʻrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʻlom oʻsishiga hamda har tomonlama toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqli boʻlishi mumkin. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlimtarbiyasiga taʼsirini oʻrganadi, oʻsayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʻun rivojlanishi uchun zarur boʻlgan choratadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʻsmirlar organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish choratadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning sogʻligʻini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) bilan birga antropometrik usullarni qoʻllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar — uyqu, uygʻoqlik, ovqatlanish (emish)ning oʻz vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash va shahri k. bolaning oʻsishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani hamisha maʼlum vaqtda (har 3—3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim. Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqgda uygʻonishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoʻyish, uygʻoqligida esa koʻruv va eshituv aʼzolariga turli yoʻllar bilan taʼsir etish (kattalarning gapsoʻzlari, rangli, jarangdor oʻyinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oʻzgartirib turish (bolani vaqtvaqti bilan qoʻlga olish yoki qorni bilan yotqizib qoʻyish) kerak. Bola nechogʻli yosh boʻlsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koʻp ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, oʻynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi.

Yüklə 24,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin