Mavzu tabiatshunoslik oʻqtish metodikasining rivojlanish tarixi


Kursni o’rganish ikki yo’nalishda olib boriladi



Yüklə 491,98 Kb.
səhifə2/2
tarix28.03.2023
ölçüsü491,98 Kb.
#90569
1   2
AMIROV HUSNIDDIN 220-20- GURUH

Kursni o’rganish ikki yo’nalishda olib boriladi
Tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo olimlarining xizmatlari
Abu Rayxon Beruniy 973 yilda Xorazmning Qiyot (hozirgi Beruniy) tumanida tug’ilgan. Beruniyning bizga 152 ta kitobi ma‘lum bo’lib, ulardan faqat 27 tasigina bizgacha yetib kelgan. Beruniyning o’sha davrda yaratgan buyuk kashfiyotlaridan biri Yerning shar shaklida ekanligini ko’rsatish uchun Globus ixtiro etganligidir.Beruniy asarlariga tabiatga oid juda ko’p ma‘lumotlar kiritilgan. Masalan, O’rta Osiyo, Hindiston, Afg’onistondagi qazilma boyliklar (dorivor o’simliklar, hayvonlar), ularning foydali xususiyatlari haqida ma‘lumotlar berilgan. Beruniyning ilmiy qarashlari “Minerologiya”, “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya” kabi asarlarida keng yoritilgan.
Beruniyning tabiiy va sun‘iy tanlanish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Agar Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvon va daraxtlarning ko’payishiga, daraxtning o’sishiga o’rin qolmaydi, deb ta‘kidlagan edi. Beruniyning “Tabiatda dorishunoslik” asarida dorivor o’simliklar tasnifi ham berilgan. Beruniy o’z asarlari bilan tabiat fani tarixiga asos solgan.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) tabiiyot fanining turli sohalarida ijod qilgan. Ibn Sino tabobat ilmidan tashqari, tibbiyot sohasidagi ishlari, jumladan, “Mexanika”, “Fizika” nomli kitoblari tabiiyot fanining rivojlanishida muhim o’rin tutgan. Kitoblarida harakat, kuch, atmosfera bosimi, ob-havo, qor, yomg’ir, do’l, issiqlikning tabiati, yashin va uning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovush, yorug’lik, Quyosh va Oy tutilishi, ko’zning ko’rish sabablari, olamdagi o’simliklar va ularning ahamiyati haqida bayon qilgan.
Abu Nasr Forobiy 873 yili Toshkentning shimoli g’arbida joylashgan Forob qishlog’ida hizmatchi oilasida tug’ilgan. Ma‘lumotlarga qaraganda Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.
Forobiy inson organizmi, uning faoliyatining bir butun va yaxlit tizimdan iboratligini, kasalliklar asosan ovqatlanishning buzilishi bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tdi. Forobiy Yevropa olimlari, xususan rus fiziologi I.M. Sechenovdan 1000 yillar avval fiziologiya fanining fundamental asosi bo’lgan birlamchi va ikkilamchi signal sistemasining rivojiga ilmiy asos solgan. Forobiy o’z asarlarida sun‘iy (inson yordamida) turlarning vujudga kelishi singari tabiiy ravishda (inson aralashuvisiz) o’simlik va hayvon turlarining paydo bo’lishini ham dunyoda birinchi bo’lib ta‘riflab, bu masalani Ch.Darvindan 1000 yil avval hal qilgan edi.
Al-Xorazmiy jahon matematika fanining asoschilaridan bo’lgan. O’rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi. Al-Xorazmiy IX asr boshlarida Bag’dodda O’rta Osiyolik olimlar Al-Farg’oniy, Abbos bin Javhariy bilan “Ma‘mun akademiyasi” ni boshqara boshlaydi. Bag’dod xalifasi Ma‘mun al-Xorazmiyga “Yer va osmon xaritasi” ni tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida tadqiqot ishlarini olib bordilar. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umulashtirib “Yerning tasviri” nomli asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qit‘alar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko’llar, o’rmonu barcha mamlakatlar, o’lkalar, u yerdagi o’simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy xomashyolar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari va zichligi haqidagi ma‘lumotlarni o’z ichiga oladi.
Xorazmiyning astronomiyaga oid asari, Yerning o’lchash hajmi haqidagi fikrlari, O’rta Sharq, Yevropada astronomiya fanining rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shilgan. Mashhur o’zbek matematigi Al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va “Algoritm” sohasining “otasi” hisoblanadi. “Algebra”, “Al jabr” asaridan, “Algorttm” esa uning nomi al-Xorazmiydan olingan.
Abu Hanifa Dinavariy (Ahmad ibn Dovud)-tarixchi, tilshunos, botanik olim. Uning bizgacha yetib kelgan tarixiy asari “Kitob axborit-tivol” dir. Dinavariyning “Kitob fin-nabot” (O’simlik haqida kitob) nomli mashhur asari uzoq vaqtlargacha sharq botanik va tabiblari uchun qo’llanma bo’lgan. Asarning bizgacha yetib kelgan ba‘zi bir qismlari B.Levin tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Abjad tartibida yozilgan bu kitobda 482 xil o’simlikning xususiyati bayon qilingan. Muallif har bir o’simlikni ta‘riflashda o’z zamonasi shoirlarining shu o’simlik haqidagi she‘rlaridan namunalar keltirgan.
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi va hozirgi holati. O’zbek tilida tabiatshunoslik bo’yicha birinchi tarjima adabiyoti 1919 yilda vujudga keldi. Bular “Boshlang’ich jug’rofiya” (A.A.Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), “Turkiston” (A.A.Kruberning “Rossiya jug’rofiyasidan ocherklar” kitobining ruschadan tarjimasi), T.N.Qori Niyoziyning o’qituvchilar uchun qo’llanma hisoblangan “Tabiatning parchasi” va boshqalar edi.1927-1929 yillarda bi rinchi bosqich maktablar uchun o’lkashunoslik darsliklari - “Kichik turkistonlik” va “Bizning o’lka”, “Tabiiyot bo’yicha o’qish kitobi” va boshqa mahalliy tabiatshunoslik materiali asosida tuzilgan darsliklar nashr qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T., 2005. 2.Bahramov A.,“Tabiatshunoslik.”Darsligi3-sinf.T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014.
3.Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.
4.Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 1992.
5.PakulovaV.M.,Kuznetsova M.I.Metodika prepodavaniya prirodovedeniya.M., 1990.
Yüklə 491,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin