Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatari mavzusini o’qitish metodikasi. Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatari Dars maqsadi



Yüklə 23,23 Kb.
səhifə1/3
tarix25.09.2023
ölçüsü23,23 Kb.
#148076
  1   2   3
Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan


Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan 
gazlamalar, ularning xususiyatari mavzusini o’qitish metodikasi. 


Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, 
ularning xususiyatari 
Dars maqsadi: 
Ta`limiy: O’quvchilarga tolalar haqida tushuncha berish va o’simliklardan 
olinadigan tolalar va ulardan tayyorlangan gazlamalarning ishlatilishi va 
xususiyatlari. 
Tarbiyaviy: O’quvchilarga atrofimizni o’rab turgan ona tabiatni bizlar uchun 
naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish. 
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga tolalar haqida tushuncha berish, 
gazlamalarning tarkibi haqidagi bilimlarini rivojlantirish. 

Dars tipi: Yangi bilimlar berish 

Dars shakli: nazariy,amaliy.
Dars metodlari: og’zaki, ko’rgazmali, aqliy hujum.
Fanlararo bog’lanish: botanika, fizika,
Moddiy-texnik jio’atdan jio’ozlash va ko’rgazmali qurollar: Tabiiy 
tolalardan tayyorlangan gazlamalardan namunalar, albomlar, plakatlar.
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1.Mehnat ta`limi Optimallashtirilgan va uzviylashtirilgan Davlat Ta`lim 
Standartlari “Ta`lim taraqqiyoti” 2010y
2.Uzviylashtirilgan o’quv dasturlarini joriy etish bo’yicha tavsiya va 
taqvim-mavzuli rejalar.(1-9 sinflar) 
3.Sh.S.Sharipov, O’.S.Yakubova Mehnat ta`limi metodikasi fanidan 
labaratoriya mashg’ulotlari. metodik tavsiyanoma Toshkent-2008y. 
4.X.Z.Ismatullaeva, T.A.Ochilov “Materialshunoslik” Toshkent-2010y.
5.Sh.S.Sharipov, O.A.Qo’ysinov va boshqalar “Mehnat ta`limi” 5 sinf 
uchun darslik. 2012y 
Mashg’ulotni o’tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar 
Bu mavzu umumta`lim maktablarida Mehnat ta`limining «Servis xizmati» 
yo’nalishi «Materialshunoslik» bo’limida o’qitiladi. Maktabda o’quvchilar Mehnat 
darslarida gazlamalarning turlari haqida, ularning inson o’ayotidagi roli, 
tolalarning qanday olinishi va gazlamalarning to’qilishi haqida umumiy 
ma`lumotga ega bo’ladilar. Mavzuni nazariy dars shaklida, suo’bat, og’zaki, 
ko’rgazmali dars metodlaridan foydalanib o’tish mumkun. Mavzuni 
tushuntirishdan oldin o’quvchilarning Mehnat ta`limi darslarida mavzu yuzasidan 
olgan bilimlarini suxbat usulida tekshirib olinadi. So’ngra qaysi o’simliklardan 
tolalar olinishini rasmlardan, namunalardan foydalanib tushuntiriladi. 
O’simliklardan tola olinishigacha bajariladigan ishlarni bosqichma-bosqich 
o’quvchilarga tushunarli qilib o’rgatiladi. Masalan paxta o’simligi qayerlarda 
o’stiriladi, ularni qanday parvarish qilinadi, uni terish usullarining kamchiliklari va 
avzalliklari haqida to’liq ma`lumot berish kerak. Paxta zavodlarida paxtani 
changdan, turli xil iflosliklardan tozalanishi, ularning sifatlarga ajratilishi
chigitidan tozalanishini diafilm, multimedia namunalardan foydalanib tushuntirish 
mumkun.
7.Paxta va zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalar namunalaridan foydalanib 
ularning tashqi ko’rinishiga harab ajrata olishni o’rgatish, ularning to’qilishiga 
e`tibor berishni o’rgatish kerak. Gazlamalarning fizik, mexanik, gigienik 
xossalariga nimalar kiradi va u qanday aniqlanishi haqida umumiy ma`lumot 
beriladi. Buni albatta labaratoriya shaklida o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Gazlamalarning xususiyatini bilish nima uchun zarurligi, ulardan tikuvchilik 
buyumlarini tayyorlashda nimalarga e`tibor berishni o’rgatish lozim.

Yüklə 23,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin