xonadonlarning 10 foizi qamrab olinishiga.
Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun joriy yilda ajratilishi ko‘zda tutilgan 9 trln. so‘m mablag‘larning kamida 1 trln. so‘mi hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadlariga ajratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlar ajratilishida shaffoflikni ta'minlash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, arizani ko‘rib chiqishning har bir bosqichini nazorat qilish, bunda inson omilini kamaytirish maqsadida joriy yil 1 apreldan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi” (www.oilakredit.uz) amaliyotga tatbiq etildi. 2021 yil 27 aprel' soat 12:00 holatiga ko‘ra, 142 mingdan ortiq (kuniga o‘rtacha 5 300 ta) fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining imtiyozli kredit olish bo‘yicha arizalari platforma orqali qabul qilingan.