Mavzu: Tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimi reja


 mingta loyihaga jami 12,2



Yüklə 44,94 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü44,94 Kb.
#172958
1   2   3   4
Tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimi

93 mingta loyihaga jami 12,2 trln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Shu bilan birga, xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining qariyb 3 700 ta loyihasini moliyalashtirish uchun 500 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratilgan. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya'ni davlat kafolatisiz jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 400 mln. AQSh dollari miqdorida kreditlar yo‘naltirilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-sonli qaroriga muvofiq, yurtimizda biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaytirildi, jumladan:
 tadbirkorlik sub'ektlarining milliy valyutadagi bank kreditlari bo‘yicha kompensasiya beriladigan kreditlar foizi miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan 1,75 baravarigacha oshirildi; ya'ni joriy yilning 1 mayidan tijorat banklari tomonidan berilayotgan milliy valyutadagi 25 foizgacha bo‘lgan kreditlari uchun kompensasiya qo‘llanilishi mumkin.
 Tadbirkorlik sub'ektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensasiya va kafilliklar kredit shartnomasining sonidan qat'i nazar berilishi qayd etildi.
 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta'minlashda asosiy e'tibor, hududlarda yangi ish o‘rni yaratishga, xizmatlar ko‘rsatish va ishlab chiqarish hajmini oshiriga qaratilgan kichik loyihalar hamda aholini doimiy daromad manbalarini shakllantirish maqsadlarga qaratilmoqda.
Xususan, 2021 yilda mazkur dasturlar doirasida 135 mingta loyihaga jami 3,2 trln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ko‘p.
So‘nggi 3 yilda ajratilgan kreditlar esa 19 trln. so‘mga yetdi. Natijada 770 mingdan ortiq oilalar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. O‘rta hisobda esa jami 
Yüklə 44,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin