Mavzu: tafakkur va xayol



Yüklə 221,76 Kb.
səhifə14/16
tarix26.10.2022
ölçüsü221,76 Kb.
#66264
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Tafakkur va hayol

Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so'zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir.
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishlarni yoritib borish va shu bog'lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo'li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko'rsatiladi.
Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an'ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.
Abstrakt tafakkur muammosi qator sobiq sovet psixologlari tomonidan izchillik bilan tadqiq etilgan. Sobiq sovet psixologiyasining dastlabki rivojlanishi pallasida ushbu masala bilan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiylar, keyinchalik S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, R.G.Natadze, D.B.El'konin, V.V.Davidov, A.M.Matyushkin va boshqalar shug'ullanganlar.
Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog'lanishlarni, xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. Shuning uchun quyosh va oy tutilishini, yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma'lumotlarini, yer qimirlash o'choqlarini, voqea sodir bo'lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. Shu sababdan nazariy tafakkurni oldindan ko'rish imkoniyatini yaratadigan umumlashgan tafakkur deb ataydilar.
Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish mumkin bo'lmagan xususiyatlari, o'zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog'lanishlari aks ettiriladi.
Muayyan fikrni chin yoki yolg'onligini ob'ektiv dalillar bilan isbotlash o'rniga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur turi avtoritar tafakkur turi deb ataladi. U ko'pincha odamlarning muayyan soha bo'yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr yuritish qobiliyatining yetarli darajada o'smaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog'langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi.
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o'rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo'lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in'ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog'liq ravishda sodir bo'ladi. Amalga oshirilishi lozim bo'lgan tafakkur harakatlari o'sha shaxsning o'z tilaklarini ro'yobga chiqarishga yo'naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir.
Masala yechimini qabul qilishga va informasion tayyorgarlik ko'rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operasiyalar, chunonchi obrazlar manipulyasiyasi va transformasiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va "aqliy anglanish"dan namoyon bo'ladi.
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o'z tadqiqotlarida tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o'rgangan edi. qisqa vaqt birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalarni o'zlashtirib olishga va "tayyor holda" undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko'rinishidir.
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananevva uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo'lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog

Yüklə 221,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin