Mavzu: Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari



Yüklə 193,5 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü193,5 Kb.
#114811
Kurs-ishi


Mavzu: Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari
Kirish
Asosiy qism
l. Ta'lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishni tashkil etish.

  1. Ta'lim muassasasida ijtimoiy texnologiyalar haqida tushuncha.

  2. Ta'lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogmng o 'rm

  3. Ta'lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o'ziga xosligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimłzda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a 'zolarini, birinchi navbatda o'sib kelayotgan yosh avlodni ijtłmoiy ruhda tarbiyalash g'oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a'zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub'ekti bo'lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonmng qatnashchisidir. Bu jihatdan ołganda inson jamiyatning ob'ektidir.


Ma 'lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma'naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Bilina saviyasi yetarliy bo'lgan, e'tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiymchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba'zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natljada Ijtłmoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo'ladi, ba'zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o'zlarining huzur halovatlarini o'ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli matkuraviy g'oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsadi. Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari mavzusini o'rganish.
Kurs ishining vazifasi.
Kurs ishining hajmi:
Ta 'lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishini o'rganish
Ta 'lim muassasasida Ijtimoiy texnologiyalarni yaratish
Ta'lim muassasasida iqtidorli bolałar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o'rni haqida
Ta'lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o'ziga xosligi to'g'risida.
Kurs ishining obekti.
Ta 'lim muassasasi Ijtimoiy pedagog faoliyati.
Kurs ishining predmeti.
Ta 'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyasi.
1. Ta'lim muassasasida ijtimoiy - pedagogik ishni tashkil etish.
O'z kasbining xususiyatlarini o'rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolałar ijtimoiylashuvida, ulami deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko'riladi. Bu muammoni hal qilish uchun Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta'rifini aniqlab olish łozina. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola ijtłmoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobły ijtimoiy tajriba to 'planishini ta'minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o'zaro bog'liq faoliyati bo'lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o'z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo'llanayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada "usul” va "vositalar” tushunchalari qo'llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo'ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to 'plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtłmoiy pedagogmng u yoki bu usulni qo'llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog'liq. Vosita usul va metoddan ko'ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgma muayyan holatlarda vosita vazifasmi bajarishlari mumkin. Vosltalar-ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo'yilgan maqsadga erishishi uchun qo'llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o'z mohiyatiga ko'ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad masalan, o'yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalarga yetishishi uchun qo'llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ba'zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos Clilib tasniflashadi:
-ishontirish
-talab qilish
-hikoya
-suhbat va bahs
-jazolash va maqtash
Błroq ijtłmoiy pedagogika xususiyatlarmi qamrab oluvchi metodlar tasnifi quyidagi ko 'rinishga ega:
Shunday Clilib Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmummng majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyamng mohiyatini tashkil qiladi.
”ljtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi ''pedagogik texnologiya” va ” ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.
Pedagogik-texnologiya ikki sohada o'z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar-o'quv jarayonmmg effektivligmi oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo'llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.
80-yillar o'rtalarida pedagogik amaliyotda SH.A.Amonashvili (ijtimoiyshaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyasi), S.N.Lo'senkova (istiqbolli ta'lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. ”Pedagogik texnologiyalar” o'quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan foydalanishi orqali o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, bahslash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga yerishish kafolatlangan ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonmng barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko'zda tutadi.
Maktabdan tashqari qo'shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo'sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:

  • bolalarmng o' z-o' zmi rivojlantirishga sharoitlar yaratish,

  • sog'ligini tiklash,• kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo'llash,

  • nogiron bolalarmng ijtłmoiylashuviga yordam berishn va h.k.

  • qo'shimcha ta'lim muassasalalida asosan, bolalarni o' qitish quyidagi shakllarda olib boriladł; nazariy(ma'ruzalar o'qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o'tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,

  • ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi kro' zlanadi.

Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungł kunning dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o'rgatishga, o' z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda Ijtimoiypedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:
I .Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga Olgan holda yondoshish.
2.0' qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3. Tabiatga mos yondoshuv
4.Madaniy salocpyatga mos yondoshuv.
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni o'zgartirish metodi, munosabatlarni o'zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Ijtlmoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o' ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtlmoiy-pedagogik hlmoyalash sog' ligini himoyalashga, hayot tarnm yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradl va ularga o' sha muhitda o'z o'rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo'lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va nvojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu aholimng eng nozik vakili bo' lib, ular birinchi navbatda ijtlmoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o'quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta'lim olishlariga bog'liq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo'q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. respublikamizda maktab o'quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So'nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo'lib, ularda maktab nafat ta'lim-tarbiya masalalarini balki o'quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda.
Davlatimizdagi o'zgarishlar mavjud ta'lim tizimiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mqirozi aks etmasligi mumkin emas. Umumta'lim maktabi o'zining o'quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko'rib chiqib birinchi o'ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo'yishi kerak edi:

  1. Ta 'lim to'g'risidagi qonunni bajarish lozim edi, biroq ta'lim bolalar va o'smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.

  2. Maktabda tarbiya ishini ta'lim bilan teng yuritish.

  3. Maktab faoliyatini qayta yo'naltirish.

  4. Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash.

Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta'lim-tarbiya olishga bo'lgan huquqmi amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtlmoiy pedagogik himoyasi quyldagicha amalga oshmoqda:
Maktab ma 'muriyati, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam ta'minlangan oilalar farzandalriga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf rahbarlarning bolaning oiladagi holatini o'rganishadi. qiyin bolalar bilan alohida shug'ullanishadi.
Maktabda psixologlar bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o'rganishadi. Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam berishadi.
Maktabda mavjud bo'lgan sog 'liqni saqlash xizmati maktab o'quvchilarini tibbiy ko'rikdan o'tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarim nazorat qilishadi.
Maktabda ijtlmoiy ishga maktab direktori yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Tarbiya ishlari bo'yicha direktor o 'rinbosari maktabning maktabgacha tarbiya muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e'tibor qaratadi.
Ota-onalar qo 'mitasi ham o'z o'rnida tarbiyasi og'ir bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ISh1ga ikki yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi.
Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi. Ota-onalar va o'quvchilarning o'zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo'pol munosabatda bo'lgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi. Bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, bola o'qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida shug'ullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi.
Ko'pgina g'arbiy yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi hisoblanadi. U ijtlmoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab kursini uzlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya ro'yxatida turishadi. Ba'zan bolalar va ularmng atrofidagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirish yetarli yordam beradi. ijtimoiy pedagog o'quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o'z tarbiyaviy ishini Olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo'linmalar tashkil qiladi. ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og'ir bolalar bilan ish Olib borishini tartibgs soladi. U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik muhit to 'g'risida axborot beradi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish Olib borishmng rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.
ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolałarga alohida e'tibor qaratishi kerak. U ulami boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko'nikishlariga yordam ko'rsatadi. ijtimoiy pedagog dasr soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolałarni aniqlaydi, ulaming o'qish masalasini hal qiladi. U ko'p bolali oilalarning barcha imtiyozlaridan foydalanishlari bolałarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari va sinf rahbarlari tumandagi oila va o'quvchilarni o'rganib chiqishadi. ijtimoiy yordamga muhtoj bolałarga e'tibor berishadi, tarbiyasi og'ir bolałarni tarbiyalashda oilalarga yordam berishadi.
O 'quv ishlari bo 'yicha direktor o 'rinbosari o'z faoliyatida to 'garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o'tituvchining o'quvchilar bilan indevidual ishlashini, yashash joyida bolałar bilan konsultatsiya o'tkazish, alohida pedagogik e'tiborga muhtoj bolałar bilan ish Olib borishni nazorat qiladi.
Alohida fanlardan dars beruvchi o'qituvchilar bolałarning qłziqishlarini o'rganib chiqib, ulami turli to' garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar o'tkazishadi. Bu tadbirlarni o'tkazishda ota-onalar va sobiq o'quvchilar yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi.
Maktab yoshidagi bolałarning asosiy ijtłmoiylashtiruvchi omili bolałar submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. Ijtłmoiy pedagog bu hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o'quvchilarning shaxsiy hislatlari va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o'rinlarini ko 'ra olishi łozina.
Maktab ijtimoiy pedagogikasimng asosiy muammosi tarbiyasi og'ir o'spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o'g'il-qizlar o'spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham o 'smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir.
O'spirinlik Yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o'zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi ro'y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo'ladi. Jamoada o'spirinning ijtimoiy maqomida o'zgarishlar ro'y beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi
Bu yoshda o'spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo'ladi. O'spirinning shakllanishida ota-onamng ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo'ladi va oxir oqibat o'zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo'linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika to' garagi bo'lishi mumkin. SHu bilan birga bu guruh o'smirlar yig'ilishib, ichib-chekib o'tirishadigan yerto'la ham bo'lishi mumkin.
Bu yoshda o'spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo bo'ladi. Ota-ona o'z farzandiga yosh bolaga bo'lganday qarashadi, bola esa bu g'amxo'rlikdan chiqib ketmoqchi bo'ladi. SHuning uchun uning kattalar bilan

-8-


munosabatida ko'p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o'zgaradi: bo 'ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o'tmoqchi bo'ladi. Bir vaqtning o'zida tengdoshlar bilan ham o'zaro munosabatlarning xarakteri o'zgaradi. O'zpirinda kattalik xissi tug'iladi va xissiyot mustaqil bo'lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo'ladi. Kichkina bolaga qaraganda o'spirinning qiziqishlari ham ancha o'zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda o 'spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir.
Shunday qilib o'spirinlik yoshining quyidagi o'ziga xos xususiyatlarni ajratsak bo'ladi: emotsional voyaga yetmaganlik, o'z xulq-atvorini to'liq nazorat qila olmaslik, o'z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to'g'ri baholay olmaslik, katta bo'lishga intilish.
O'spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo'lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o'rtasidagi davrdir. Shaxs hali o'zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o'z harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan.
O'spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas'ul bo'lishga qodir. Shuni ta'kidlash joizki, o'spirin o'z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning Ijtlmoiy psixologik rivojlanishini mobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o'spirinlik va o'smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo 'ladi.
Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga kirishishdir. Bu munosabat bolalar bog'chasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy bolalar va o'smirlar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va o'smirlar guruhlarida tengdoshlar orasida fuknsional, emotsional shaxsiy munosabatlar o'rnatiladi.
Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat, o'qish)da qayd etilgan bo'lib, kattalarning bevosita rahbarligi ostida guruhdagi xulq-atvor normalarini o'zlashtinsh orqali shakllanadi. Tengdoshlar guruhhimng hamma a'zolari ham yosh jihatdan teng bo'lmaydi. Bu guruhga har xil yoshdagi, biroq umunuy qadriyatlar, munosabatlar tizimi yoki quiqishlari bilan birlashgan bolalar ham kirishi mumuikn. Tengdoshlar guruhi a'zolarining soni nu•licha bo'lishi mumkin. O'rtoqlar guruhida 2-3dan 5 gacha, og'aynilar guruhida 7-9 gacha, assatsial guruhlarda 20 tagacha, rasmiy guruhlar-sinf, to'garak va boshqalarda 30-40 tagacha a'zo bo'lishi mumkin.
Tengqurlar guruhi odatda a'zolarining hududiy yaqinligi asosida shakllanadi. Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasnuy tashkilot(sinf,skautlar guruhi va boshqalar) borligi va guruh a'zolari urtasida shaxsiy munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh a'zolarining xarakter va o'zaro ta' sirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon bo'ladi.
Birinchidan yetakchi ajralib chiqadi. Eksperimental tadqiqotlarda yetakchisi bo'lmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy yetakchilar ham bo'lishi mumkin. Masalan, aqliy, emotsional, ishbilanmon yetakchi bo'lishi mumkin. Tenqurlar guruhini bir necha parametrlar bo'yicha tasniflashimiz mumkin:
Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga ko'ra tengqurlar guruhlari rasmiy, ya'ni jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan bog'liq bo'lgan guruhlar va norasmły-o'z-o'zidan mavjud bo'lgan guruhlarga bo 'linadi.
ijtimoiy psixologik maqomiga ko'ra ular ikkiga bo'linadi, ya'ni mansublik guruhi-uning haqaqiy a'zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhi- bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.
Faoliyat yuritishning barqarorligi va uzoq muddatliligiga qarab doimiy, vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.
Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat yuritishlari mumkin.
Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo 'linishadi.
So'nggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga yetayotgan avlod ijtłmoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Avvalgi davrlarga qaraganda ularning o'rni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar o'z ta'siri ko'rsatdi.
Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko'p bolalar, o'smirlar shaharlarda yashashyapti va u yerda ko'proq tengdoshlar bilan muomala qilish imkoniga ega bo'lishmoqda. bu muomalani kattalar to'liq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va to'liqsiz oilalarning ko'payishi, oilalarning noto'g'ri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning yetishmovchiligini uydan tashqarida to'ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Umumiy o'rta ma'lumot OAVlar shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod o'zlarining savodxonliklari va madaniy rivojlanishlari darajasiga ko'ra ancha tenglashib qolishdi. SHuningdek, bolalarmng tengqurlar guruhlariga birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak, balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta'sir ko'rsatmoqda.
Bolalar, o'smirlar va o'spirinlar bir vaqtning o'zida bir necha błr-birdan farqlanuvchi guruhlarga a'zo bo'lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to'garagi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatimng mazmuni, ularda shakllangan o'zaro munosabatlarning xarakteriga bog'liq ravishda ta'słr ko'rsatadi. Norasmiy guruhlar bolalar, o'spirinlar va o'smirlar
-10 -
ijtlmoiylashuviga ularning tarkibi, yo'naltirilganligi yetkachilik turiga ko'ra ta'sir ko'rsatishadi.
Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramay tengqurlar guruhimng Ijtlmoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan guruh a'zolarini shu jamiyat madaniyatiga o'rgatadi, ya'ni ularning xulq-atvorini guruh a'zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o'rgatiladi. Bu ularga namunaviy xulq-atvorlarni ko'rsatish, g'ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qo'llash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar o'smirlar va o'spirinlarning kattalar, xususan ota-onalar ta'siridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim o'rin tutadi. To'rtinchidan guruh o'z a'zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo'lish imkonini beradi.
O'rtoqlar va og'aynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida tengdoshlar jamiyatiga mos bo'lishga harakat qilishadi. SHu bilan bir vaqtda o'z mustaqilliklarini ham saqlashadi. YA'ni boshqa bolalarni o'z guruhlariga qo'shmaslikka harakat qilishadi. Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini belgilab olish masalalarini yechishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi. Oltinchidan, guruh o'z a'zolari tomonidan "ekologik chuqurlik" sifatida qabul qilinadigan spetsifik ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.
Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh o'smirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi tengqurlar xulq-atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda do'stlik rishtalari, simpatiya birinchi o'ringa ko'tariladi. Aslida ular ontogenezda ancha avval paydo bo'lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan Ijobiy qabul qilinadi.
SHaxsiy munosabatlar guruhdagi o'zaro bog'liqlik bo'lib, bunda bir bola xulq-atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma'noga ega bo'ladi. SHaxsiy munosabatlar bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqm namoyon bo'ladi.
Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati—bu bolalarga jamiyatga ko'nikishlariga va o'z normalarini yaratishlariga ko'maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.
Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. O' smirlar, o'spirinlar submadaniyatining namoyon bo'lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu ijtimoiy pedagog tomonidan to'g'ri qabul qilinishi kerak. O'smirlar kichkina bolalardan ancha faollar va o'z o'rinlarini topishlari uchun yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va bunga tayyor emaslar. O'spirinlik davrining inqirozi ham
ko'p borada yangi muqobil faoliyat normalarini yaratishga bog'liq. SHuning uchun o'spirin-o'smir submadaniyati nafaqat ijtłmoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham bajaradi. O'smirlar va o'spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi omillar madaniy va texnologik o'zgarishlar, yolg'izlik OAVlarning qarama-qarshi ta'siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog'liq. Bu hollarda o'spirinlar va o'smirlar guruhlari turli g'ayri-ijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin.
O'spirinlar va o'smirlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo'nalishi mavjud. Birinchłsi u umumiy jihatlarga ega bo'lib, turli mintaqa va yo'nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo'nalish yoshlar submadaniyatiga g'ayri madaniyatlarning ta'siriga bog'liq. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, birq axloq umumqabul qilmgan xulq-atvor normalariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. g'ayri madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.
2. Ta'lim muassasasida ijtimoiy — texnologiyalar haqida tushuncha.
"Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi asosi bo'lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog'liq.
Ijtłmoiy texnologiyalarmng turlaridan bin ijtimoiy ish texnologiyalari bo'lib ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta 'kidlagandek ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko'p.
Ijtłmoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi.
Ijtłmoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o'z tuzilishiga ega ekanligiga bog'liq. ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya'ni bolada muomala ko'nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko'nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o 'z navbatida faoliyat mazmuni, umng amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Ijtłmoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natljalari va mazmuni qanchalik to'g'ri aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog'liq bo'ladi.
Shunday qilib ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlan va usullari majmuasidir.
Ijtlmoiy pedagogmng aralashishni talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish unga tashhiz qo 'yishdan boshlanadi. Tashhiz qo'yish axborot taxlili, to'plash va tizimlashtirishdan iborat.
Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo'llarini qidirish. Buning uchun tashhiz asosida maqsad qo'yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi.
Ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo'llashga ko'ra shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so'ng ijtlmoiy pedagog bola muammosi qanchalik to'g'ri hal qilinganiga baho berishi lozim.
Keng tarqalgan va effektiv ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening hisoblanadi. ijtlmoiy pedagogik trening-jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan pedagogik ta'sirdir. Bu tashkillashtirilgan muloqatning maxsus turi bo'lib, uning davomida shaxs rivojlanishishi, kommunikativ malakalar paydo bo'lishi, psixologik yordam ko'rsatish masalalari hal qilinadi.
Mashg'ulotlar davomida o'smirlarda ichki qurilmalar almashuvi sochr bo'ladi, bilimlar kengayadi, o'ziga va atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg'ulotlari paytida har bir o'smirga g'amxo'rlik ko'rsatiladi. U boshqalarmng yordamiga tayanishl mumkin. SHuning uchun turli muomala stillarini sinab ko'rishi, odamlararo ishonishni o'rganishi, avval unga xos bo'lmagan kammunikativ malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishga qodir. Bu mashg'ulotlar jamiyatda yanada faol hayotga tayyorlaydi. ijtimoiy pedagogik tremng guruhimng vazifasi har bir ishtirokchiga o'zini individual vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun o'z-o'zini anglab olishi lozim.
Shaxs o'z-o'zini tarbiyalashni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiradi:
l) o'z "men"ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya'ni inson boshqalar chetdan kuzatish qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o'zini guruhning boshqa a'zolari bilan qiyoslashga ajoyib imkoniyat yaratadi.

  1. O'zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya'ni atrofdagilar berayotgan ma'lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so'zlari, xis-tuyg'ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali o'ziga bo'lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.

  2. O'zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya'ni inson mma qilganiga baho berish. O'z- o'zini baholashning bu usuli o'z imkoniyatlari haqidagi flkrni mustahkamlaydi.

  3. O'zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.

Shaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trenmg maqsadlari:

  1. ishtirokchilarmng ijtłmoiy masuliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan faol munosabatga kirishish qobiliyatini o'stirish.

  2. o'smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o'z hayotlarida o'zgarish sodir eta olish qobiliyatinirivojlantirish.

v) psixologik madaniy darajasini ko'tarish. Treningnmg asosiy tamoyillari:
l. Ishtirokchilarning o 'zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to'laqonli shaxslararo muomala.

  1. Doimiy qayta aloqa, ya'ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xattiharakatlariga baho beruvchi ma'lumotlarni olishi.

  2. O'z-o'ziga tashhiz qo'yish .

  3. Rivojlanishnmg optimallashuvi.

  4. Aqliy va emotsional sohalarning uyg'unlashuvi.

  5. Trening va uning alohida mashg'ulotlarida ixtiyoriy qatnashish.

  6. Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi.

  7. Yakkalik.

  8. Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.

Texnologiyalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatiga joriy qilish mablag'ni iqtisod qilish ijtłmoiy pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishni ta 'minlaydi, ijtłmoiy pedagog oldida turgan vazifalarni hal qilishning effektivligiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog texnologiyalar Ijtłmoiy pedagogmng keng ko'lamdagi vazifalari-tashhiz qo'yish, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy adaptatsiya va ijtłmoiy reabilitatsiyani yechishga yordam beradi.
— 14 —
3. Ta'lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning

o'rni


Hozırgi davrda acılan zukko, kreativ qobiliyatli, mustaqil mulohaza yurituvchi yuksak iqtidorli, talantli yoshlarga eng qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini aniq maqsad sari yetaklash, boshqarish bugungi kunning talabidir.
Bunday yoshlar turli soxalarda xalqning milliy imkoniyatlarini jaxon talablari darajasiga olib chiqaoladigan qudratli kuchga ega. Mazkur nuqtai nazardan muammoga yondashish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ular faoliyatini yo'lga qo'yish muximdir.
Iqtidor, talant, daholik inson qobiliyati rivo]lanish darajasınıng eng yuqorı bosqichidir. Iqtidor tushuncha bo'ladi. Ulardan biri ijtimoiy iqtidor bo'lib, peshqadamdik (boshlovchilik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik) deb atash mumkin.
Iqtidorning bu turi oilada ham, maktabda ham hech qanday ziddiyatga sabab bo'la olmaydi.
Mutaxassislar tomonidan ko'proq o'rganilgan iqtidor bu badiiy iqtidor bo'lib, bunda bolada musiqaga, tasviriy san'atga, sahna madaniyatiga qiziqish o'ta kuchli bo'ladi. Bolaning sportga bo'lgan qiziqishi, ishtiyoqi va jısmoniy qobiliyati psixomotor iqtidor deb ataladi.
O'quvchi yoki talabaning bilim olishdagi o'ziga xos kuchli qobiliyati, bilim olish uchun intilishi va tirishqoqligi akademik iqtidor deb ataladi.
Tahlil qilishda, fıkrlashda, faktlarni taqqoslashda namoyon bo'ladigan qobiliyat ıntilektual iqtidor deb ataladi.
Bunda bola oilada - aqlli, maktabda - a'lochi. Ba'zida - bunday bola faqat bir yoki ikki predmet bo'yicha a'lo bilimga ega bo'lishi mumkin, biroq boshqa predmetlar bo'yicha ulgurmay, ijobiy bilimlarga ega bo'la olmaydi. Ijodiy iqtidor dunyoni boshqacha anglashda va boshqacha fıkrlash jarayonida namoyon bo'ladi. Bunday bolalar ba'zida o'z maqsadlari sari intiladilar va maqsadiga yeta olmay «Omadsiz» bo'lib qoladilar. Ular bolaligida oilada va maktabda ko'pchilikni g'ashiga tegadilar. Bunday bolani ertaroq aniqlab, o'z vaqtida yordam ko'rsatish kerak. Umuman olganda iqtidorli bolalarda bilim olishga ehtiyoj kuchli.
Ularni o'qishga majbur qilishning keragi yo'q. Ular o'zlariga ish topib oladilar, ko'p hollarda bu ish juda murakkab va intelektual bilinmi talab etadi. Ular aqliy mehnatni xush ko'radilar. Bu esa ota - onalarda qo'rquv va xijolat chekish holatlariga sabab bo'ladi. Iqtidorli bola kattalar bilan muloqatda bo'lishni yaxshi ko'radilar, chunki ular (katta yoshdagilar) bolani tushunadilar va bu muloqotdan zavq oladilar. Tengdoshlari uni tushunmaydilar, ustidan kuladilar va har xil laqablar bilan atay boshlaydilar. Bunday bolalamıng sezgirligi juda kuchli bo'lib ko'rinadi. Ular juda tez, arzimagan narsadan ham janjal chiqarishi mumkin, bu injiqlik emas balki o'ta sezgirlik, oqibatidir. Ijod qilishga moyil bolalar vazmin bo'ladilar, ular bolaligidan o'zini iqtidori tufayli aziyat chekishi mumkin.
Bunday bolalarda yumorga kuchli tug'ma xissiyot mavjudligi sezilib turgandek bo'ladi. O'zlari xazil qilmasa ham kichkinagina vaziyatdan yoki holatdan kulgili narsa axtarib topa oladilar. Ularning nutqlari ham o'zgacha. Ularning yurish - turishi, atrofdagilarga bo'lgan munosabati boshqa bolalarnikidan ancha farq qiladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga hulosa yasab shuni ta'kidlab o'tish kerakki, iqtidorli bolalarni boshqa hususiyatlarini hisobga Olgan holda umumjaxon sog'liqni saqlash tashkiloti qaroriga muvofiq ular aqli zaif, voyaga yetmagan huquqbuzarlar, ichkilikbozlikka mukkasidan ketgan kishilarning bolalari qatori «qaltis guruhga» kiradilar.
Ularga maxsus tarbiya, maxsus individual o'quv dasturlari, maxsus tayyorgarlikka ega o'qituvchilar,maxsus maktablar darkor.Oiladagi iqtidorli bola oilaning faxri. Ko'p xollarda oilada bolaning iqtidori sezilmay qolishi mumkin. Agar bola oilada to'ng'ich farzand bo'lsa yoki hamma bolalari talantli bo'lsa bu oilada odatiy hol hisoblanishi mumlan.
Biroq hamma ota - onalar ham, bunday bolalar bilan faxrlanmaydilar. Farzandini boshqalardan ajrab turishini hoxlamaydilar. Agar ota - onalar o'z farzandlaridagi iqtidorni o'z vaqtida sezib, unga har tomonlama yordam berishganda edi, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Ayrim hollarda talantli bolalarni oilada qiynab yuboradilar. Bunga bola bardosh bera olmasligi mumkin va aksincha talantsiz, qobiliyatsiz bolani ota - onalari undan ko'p narsa talab qiladilar, bunday jarayon bolaning sog'ligini izdan chiqarishi mumkun. Sog'liqni o'nglash mumkundir, lekin yetkazilgan ma'naviy zararni bartaraf etish ancha qiyin. Talant bo'lsa unga o'z vaqtida yordam berish bu yaxshi, lekin talant «yaratish» bolani haqoratlashdir.
Ota - onalar farzandini iqtidorini ko'p hollarda bolaning erta tili chiqishi nutqini rivojlanishi, ertaroq sanashni o'rganishi, hotirasining o'tkirligi va qiziquvchanligi bilan ifodalaydilar. Bunday bolalarda tasavvur va tafakkur tezligi ham harakterlidir, ayrim hollarda bunday xususiyatlar aniq namoyon bo'lmaydi. Ota - onalarning muhim vazifalari shundan iboratki, bunday farzandning har tomonlama rivojlanishim kuzatib, sezib turishlari lozim. Aniqroq qilib aytganda bunday bolalarni o'z vaqtida sezib iqtidorini aniqlash va uning rivojlanishiga yordam berishi kerak.
N.N.Rimski - Korsakovni qobiliyatini 2 yoshligida, I.Ye.Repinning 4 yoshligida P.I.Chaykovskini 5 yoshida sezishgan.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy juda ham kichik yoshligida «Qush tili» asarini o'rgangan, yoshligidan she'riyatga iqtidori borligini namoyon etgan.
-16-
Pushkin 9 yoshidan Lermontov 10 yoshidan she'r yoza boshlaganlar. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.
(Dila uchun nafaqat iqtidorli bolani aniqlash, balki bunday bolaga alohida munosabat ko'rsatish mumkin emas, chunki bu xol boshqa negativ (ziddiyatli) holatlarni keltirib chiqarishi, ya'ni oiladagi boshqa bolalar o'rtasida noto'gri qarash, munosabatlami yuzaga kelishiga sababchi bo'lishi mumkin. Bu o'rinda maktabda faoliyat yurituvchi ijtimoiy pedagog faoliyatini yo'lga qo'yish yaxshi şamara beradi. Buning uchun birinchi navbatda ijtimoiy pedagog bolaning iqtidori qay darajada ekanligidan qat'iy nazar, uni o'qitish muhimligini yoddan chiqarmasligi kerak. Uni (iqtidorli bolani) sabir - qanoatga, mehnat qilishga va mustaqil qaror qabul qilishga o'rgatib borish kerak.
Ijtimoiy pedagog iqtidorli bolaga nisbatan munosabatini to'g'ri tashkil qilib borishi kerak, faqat shundagina u bilan bo'ladigan o'zaro munosabatni to'g'ri yo 'lini topishi mumkin.
Iqtidorli bolaning nimasi o'ziga xos?
Ota - onaları uning nımasi bilan fahrlanadi?
Talantli bola ota - onalarini hovliqtirib yubormayaptimi?
(Dilada bo'ladigan ziddiyatlar shu bolaga bo'layotgan bosim zamirida paydo bo'lishi mumkin. U har xil bosim va kamsitishlarni yoqtirmaydi, baqir chaqirlarga chidab tura olmaydi, ota -onalar esa buni yodidan chiqaradilar va bu katta muammoga sabab bo'ladi.
Ijtımoiy pedagog ota - onalarga bolaning individual ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda yordam berishni, mutaxassislarga yo'llanma berish, maslahatlar tashkil qilishni, ota - onalar va o'qituvchilar o'rtasida muntazam aloqa o'matishi zarur.
Iqtidorli bola tez tez kayfiyatini o'zgartiradi, muloqotda shoshqaloq, suhbatdoshini fikrini bo'ladi. O'z bilimini namoyish qiladi. Natijada unda kutilmagan favqulotda xatti - harakatlar namoyon bo'ladi Ular orqada qolish yaxshi emas deb hisoblaydilar, doimo birincili bo'lishga harakat qiladilar. Suhbat mobaynida noaniqlik sezilib qolsa o'mida to'g'rilaydilar. Mana shu hususiyatlarning hammasi chidam, sabr - toqatni tarbiyalashni taqozo etadi.
Talantli bolalar yaxshilik, sahovat, adolat va mehr - muruvvat nıma ekanligini yaxshi biladilar, biroq amadda bu go'zal g'oyalarni hayotga tadbiq eta olmaydilar. Bu yerda ijtimoiy pedagogning yordami muhim o'rin tutadi.
Qiziquvchanlik hamma narsani bilishga intilish katta ıjodiy imkoniyat hayot tarzimizga aylanib qolgan axloqiy me'yorlarining atrofdagilar bilan munosabatning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bu yerda ijtimoiy pedagog ota - onalar bilan mustahkam aloqada bo'lishi darkor. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog faoliyatınıng asosi ular
— 17 _
bilan oila hamkorligida inklyuziv ta'limni keng yo'lga qo'yishdan iborat. Bunday hamkorlik zamirida bolani bo'sh qo'ymaslik, vaqtini mazmunli o'tkazish, maktabgacha yoshdagi davrdan boshlab, ijodiy mehnatga jalb qilish, ijod uchun sharoit yaratib berish yotadi. Ota ona va o'qituvchi hamkorligida inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yishning mohiyati, bular o'rtasidagi o'zaro tenflik asosida iqtidorli bola bilan ta'limtarbiya jarayonini tashkil qilishdan iborat. Ushbu Interfaol ta 'lim jarayonida iqtidorli bolalarni tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta'lim texnalogiyalardan foydalanib bilish faoliyatini maxsus tashkil qilish va bu orqali ulardagi intelektual imkoniyatlarni to'laroq ochib berishga imkon yaratiladi. Bu o'rinda ta'limni jamoaviy, guruhli, kompyuterli shakilaridan ham keng foydalanish va bu orqali iqtidorli bolalar bilish jarayonini to'liq nazorat qilish mumkin. Nazorat qilish esa o'zaro kelishilgan holda ota-ona va ijtimoiy pedagog tomonidan bir vaqitda, yoki ma'lum ketma-ketlikda yo'lga qo'yilishi maqsadga muvofiq. Ijtimoiy pedagog bunday nazorat shakli, usulini oldindan belgilab (mahsus mutahassislar bilan maslahatlashib) ota-onalarni tayyorlab boradi.
Ijtłmoiy pedagog faoliyati yuqoridagilardan tashqari iqtidorli bolalar faoliyatini maktabdan tashqarida maqsadli yo'lga qo'yishga e'tiborini qaratishi jihatdan ham axamiyatlidir. Buning uchun esa iqtidorli bolalar bilan ijtimoiy pedagogni ish olib borishining zamonaviy shakllaridan biri, bolalar ijodiyoti uylari, markazlari, turli to' garaklar bo'lib bular bilan ishlashda mazkur ta'lim maskanlari muhim ahamiyat kasb etadi.
- 18 -
4. Ta'lim muassasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarning o'ziga xosligi.
Honrgi zamon sharoitida turli ijtlmoiy tuzilmalar ishida ijtimoi pedagog shug'ullanishi lozim bo'lgan ijtimoiy faoliyatning asosiy yo'nalishlari aniqlanadi. Bu yo'nalishlar quyidagilardan iborat:
l. Moddiy yordam ko'rsatish (puldan, nafaqa va imtiyozlar, turmushda yordam);

  1. Ijtimoiy g'amxo'rlikni tashkil qilish (odamlar bilan ish olib borish, hodimlarni tanlash) tekshiruv, ilg'or tajribani targ'ib qilish;

  2. Insonga ta'sir o'tkazish.

Insonga ta'sir o'tkazish - bu pedagogik, psixologik ta'sir jarayonlaridan iborat bo'lib, u bilan ijtimoiy hodim, ijtimoiy pedagog shug'ullanishlari lozim.
Ijtlmoiy pedagognmg amaliy ishida uning faoliyatidagi birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo'lgan muammolarni aniqroq ko'rsatib o'tsak. Ijtimoiy pedagog ijtlmoiy tarbiya, oila pedagogikasi, bola shaxsi nima ekanligini, bola bilan muloqot va unga ta'sir o'tkazish metodlari, tarbiyasi qiyin o'smirlar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlarim bilishi shart. Ijtimoiy pedagog ishining asosi nimadan iborat, u maktabdagi pedagog ishidan, fan o'qituvchisi ishidan, xattoki sinf rahbari, maktab internat tarbiyachlsi yoki uni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi ishidan mmasi bilan farq qiladi.
O'qituvchi ko'proq sinfyoki guruh bilan ish olib boradi va asosan uning ish uslublari jamoa bilan ishlashga yo'naltirilgan. Ijtimoiy pedagog alohida bola, alohida shaxs, o'smir bilan, agarda zarur bo'lsa, unchalik katta bo'lmagan, oila bo'lsa har biri bilan alohida ish olib boradi.
Ijtlmoiy pedagognmg asos1Y vazifasi bolani smfm ijtimoiy muxofazasi, unga ijtimoiy, tibbiy yordam berish, uning o'qishini tashkil qilishni, jamiyatda u o'zini o'rnini topishi, jamiyat hayotiga moslashuvini bilishidan iborat. Bu vazifalarni ijobiy hal etish uchun ijtlmoiy pedagog bola va uning holatini, inqiroz darajasini o'rganishi va buni yengib o'tish rejalarini tuzadi.
Bolaga qiyin paytda yordam berish uni qo'llab - quvvatlash oson ish emas. Bolaga bu xolatni bartaraf etishda qanday yordam ko'rsatish kerak? Ushbu vaziyatda ijtimoiy pedagog o'zini qanday tutushi kerak?
Ma 'naviy yordam berish, bola haqiqatda qiyin vaziyatda ekanligi, buni yengib o'tish yo'lini ko'rsatish, ijobiy xulosaga kelish, to'g'ri qaror qabul qilishga o'rgatish, hayotda hali yaxshi tomonga o'zgararishlar bo'lishiga ishontirish lozim. Pedagog bolaga yordam berishi mumkin bo'lgan mutaxassislar, ijtimoiy muxofazani amalga oshiradigan idoralar bilan aloqa o'rnatadi. Buning uchun pedagog chuqur bilimga, kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lishi shart. Shundagina olib
-19-
borilayotgan o'quv - tarbiya ishlarida yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Hozirda bu pedagogik mahorat deb ataladi.
Pedagogik mahoratning qay darajada ekanligi pedagogmng shaxsiy kasbiy sifatlari, uning bilimiga bog'liq. Kasbiy pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya masalalariga murojaat qilmasdan ijtimoiy pedagog faoliyatini tasavvur qilish mumkin emas.
Ijtlmoiy pedagogning kasbiy bilimlari: pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ish metodikasi, bolaning rivojlanishi fiziologiyasi. Bu bilimlar bolani xatti harakatlarini kuzatish va tahlil qilishda, muloqotidagi hususiyatlari va bolalar guruhidagi o'rnini o'rganishda zarur hisoblanadi. Ijtimoiy pedagog bolalar hamkorligi va faoliyatini tashkil qilishni bilishi lozim. Pedagogik texnologlya tushunchasi ham borki, undan ijtimoiy pedagog samarali foydlanishi darkor.
Ijtlmoiy pedagog nutq texnikasi va nutq madaniyatiga diqqatini qaratishi lozim bo'ladi. Uning fikrlari teran, nutqi ravon bo'lishi kerak. Teatr pedagogikasining ayrim jihatlari ham ijtimoiy pedagogda qiziqish uyg'otishi mumkin. Pedagognmg ishi rejisser ishiga, aktyor ijodiga yaqin. Bolaga aktyorlarcha ta'sir o'tkazish ijtimoiy pedagog ishida samara berishi mumkin. Ijtimoiy pedagog yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. To'g'ri qaror qabul qilish, qayta tiklash (reabilitatsiya) ishlarini tashkil qilishni bilishi kerak. Ijtimoiy pedagog bola boshiga tushgan kulfatga duch kelishi mumkin.
Masalan: Ota onadan erta judo bo'lishi, oiladagi nosog'lom muhit vahokazo.
Bular bolalar hayotida turli psixik o'zgarishlarga, kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Honrgi zamon sharoitida ijtimoiy pedagog faoliyatidan quyidagi joylarda foydalanish mumkin.
maktab - Internatlar, mehribonlik uylarida;

  • bolalar - sihatgohlarida. - ijtimoiy - ta'limiy markazlarida; - ijtimoiy psixologik yordam markazlarida; madaniy markazlarda, dam olish markazlarida, yoshlar klublarida; yozgi lagerlarda; mahallada, mahalladagi pedagog murabbiy bilan, xotin - qizlar qo'mitasi, uchastka inspektori bilan muomala o'rnatish;

Ijtlmoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o'ziga xosligi.
O'rta umumta'lim tizimida eng zamonaviy mutaxassisliklardan biri - bu ijtlmoiy pedagoglik kasbidir. Uning asosiy vazifasi - tarbiyaviy ishlarni hayotiy muhim oilaviy va ijtimoiy muammolarni o'zida his etayotgan yosh avlodni tarbiyalash bilan qo'shib olib borishdan iborat, qiyin bo'lgan turmush masalalarini

  • 20 –

yengillatish, so'z va amalda yordam berish, ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining axloqiy pozitsiyasi va yo'naltirilgani ana shulardan iborat.


Bu vazifalarni hal etishda quyidagicha yo'l tutishga harakat qilinadi.
l. Amaliy qism; shahardagi maktablardan birini sinf rahbari bilan suxbatlashib uning fikrini olish;
2. Nazariy qism; shu soha bilan shug'ullanayotgan olimlar ilgari surgan nazariy materiallar bilan tanishish;
Suhbat, tushuntirish mavzusi, hozırgi murakkab iqtısodiy bozor munosabatlari sharoitida bolalar va o'smirlarni tarbiyalashning o'ziga xosligi bilan belgilanadi.
Tanlangan Shakl ijtimoiy pedagog ishining mohiyat va mazmunini ma'lum darajada bayon etishga imkon beradi. Maktab jamoasıning hayotidan olingan aniq misollarga tayanish nazariy harakterli hulosalarni yana ham asosli tarzda umumlashtirishga yordam beradi. Quyida maktab ijtimoiy pedagogi bilan qilingan suhbatni keltiramiz: Hurmatli Sanobar Alievna, (keltirilgan ism va familiya to'qima) sizning ishingizni o'ziga xosligi nimada?
Maktab yoshlarining ko'plab muammolarini yechimida kimlar bilan faoliyat ko'rsatasiz?
- Bir qator shahar va viloyat muassasaları bilan hamkorlikda ish yuritamiz.
Masalan: mahallalardagi faollar, ilg'or oilalar bilan shahar va viloyat oila markazlari, Xotın-qizlar qo'mitalari, diniy idoralar, narkologik dispanserlar, jamoatchilik asosidagi mahalla posbonlari, o'smirlar bilan ishlovchi uchastka nozıri va boshqalar bilan aloqada ish olib boramiz. Bolalar bilan ishlash - bu bir vaqtning o'zida ularning ota onalari bilan ishlash hamdir. Ular bilan suxbatlashamiz, ayrim hollarda ularga ta'sir o'tkazishga yoki ularning qo'llab quvvatlashlarini ta'minlashga erishamiz. Shunday bir voqea bo'lgan edi. Maktab yuqori sinf o'quvchisi boshqa quyi sinfdagi bola bilan tanishib, yaqin bo'lib qolishdi. Yuqori sinfdagi o'quvchi chekish, ichish borasida katta tajribaga ega bo'lib uyiga juda kech kelardi, ba'zan turli joylarda yotib qolardi, kimlar bilan va nimalar bilan shug'ullanishi aniq emas edi. Keyinchalik o'zi tanishgan quyi sinfdagi o'rtog'ini ham ana shunday ishlarga o'rgata boshladi. U ham chekishni, ichishni o'rgana boshladi. Uylarga kech keldi, unda ham usti boshi kir, dazmollamagan, yuzi so'lgan, ko'zlari qizargan holda kelar edi. Undagi bunday o'zgarish meni e'tiborimni tortdi. Boladagi o'zgarishlar sababini surishtirganimda yuqori sinfdagi ana shu bola bilan «o'rtoqlashib» qolganini va bolani xulq atvorıni aytib berdi. Tezlik bilan ko'rilgan chora - tadbir natijasida bolani bu noto'g'ri yo'ldan qaytarishga muvaffaq bo'ldik. Buning uchun sinfdagi o'quvchilarni bu bolaga alohida e'tiborini qaratishga to'g'ri keldi. Sinfdagi o'quvchilar u bilan suxbatlashib, uni turli qiziqarli to'garaklarga tortish, unga
-21-
g'amxo'rlik qilishga, birgalikda dars tayyorlash, bo'sh vaqtlarini birga o'tkazishga harakat qilishda, agar biron bir narsadan qiynalsa yoki kasal bo'lib qolsa yordam berishi, unga turli yo'llar bilan mexribonlik ko'rsatishga harakat qilishdi. Albatta bu o'rinda yo'nalish maslahat, ko'rsatmalar berib bordim. Xuddi shunday e'tiborni yuqori sinfdagi haligi o'quvchiga ham qaratildi. Mahalla oqsoqollari, uchastka nozirlari yordamida u o'quvchi ham sog'lom hayotga qaytdi. Aytib o'tish kerakki yuqori sinf o'quvchisi Ota - onasi yo'q, bo'sh vaqti katta buvisi qaramog'ida bo'lgani, mening sinfimdagi bolani esa oilasida aka -ukalari ko'p bo'lib, ular iqtisodiy qiyinchilikda yashar edilar. Shundan so'ng, bu oilalarga e'tibor ham iqtisodiy, moddiy, hamda ma 'naviy yordam kuchaytirildi.
Kattalarning begona oilalar bolalariga g'amxo'rligi alohida e'tiborli - bu jamiyat uchun ham, o'smoqda bo'lgan yosh avlodga ham katta yordam beradi.
Hozirgi vaqtda shahar va viloyatlardagi maktab, litsey va kollejdagi ayrim o'quvchilarga narkotik va toksik moddalar yordamida ukol qilish hollari uchramoqda. Bunday illatlarni oldini olish uchun sizlarda qanday chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Bu borada shahardagi narkologik dispanser bilan doimo aloqada bo'lib turamiz. Chunki maktab shaharning qoq markazida joylashgan va turli millat bolalari o'qiydigan ta'lim muassasasi bo'lib, hammavaqt ham o'quvchilarni doimiy nazoratda saqlash qiyin. Uning ustiga ko'p bolalarning Ota - onalari ish bilan band bo'lganligi sababli o'z farzandlarini hamma vaqt ham nima bilan shug'ullanishini bilavermaydi. Shu sababli maktab jamoasi bolalarni o'rab to'rgan muhit, darsdan keyingi faoliyatini kuzatish va o'rganishga alohida e'tibor berishadi. Bundan tashqari narkomaniya va uni oqibatlari to'g'risida mutaxassis vrachlar suxbatlari uyushtiriladi. Shunday illatga o'rganganlar hayotidan olingan filmlarni birgalikda tomosha qilish, ularni muxokama qilish bilan shug'ullanamiz. Mana Shu tarzda o'tkazilgan tadbirlar narkomaniyaga ruju qo'ygan Ota - onalarni o'rganish va ular o'rtasida profilaktika o'tkazish orqali ham amalga oshiriladi.
Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelmoqda. Birida qator - qator mashinalar, koshona uy -xovlilar, dachalar oila a'zolari esa turli - tuman cpmmatbaho kiyinishgan. Boshqalar esa baholi qudrat, kiyinishi ham shunga yarasha. Mana shunday ijtimoiy farqlanish maktab ta'lim tarbiyasida qanday o'z ta'sirini ko'rsatmoqda?
Ota - onalarni bunday ijtlmoiy holatlari bolalar psixologiyasi va harakteriga, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga qanday ta'sir ko'rsatyapti?
Bu borada bolalar o'rtasida tortishuvlar bo'lib turadi. Yaqinda bir sinfda o'quvchi qizlar o'rtasida ziddiyat kelib chiqdi. Kam ta'minlangan oiladan kelib chiqqan qizga msbatan 3-4 sinfdagi qizlar «bechora», «ozg'inligini qarang», «hech nimasi yo'q» kabi shaxsga teguvchi haqoratomuz so'zlar aytishgan, turli laqablar
-22-
qo'yishgan. Haqoratlash pastga urishlar qizni jaxlini chiqargan va haqoratlagan qiz bilan urishib, uni yuziga tarsaki solishgacha borgan. Ana shunday kam ta'minlangan oilalardan kelgan bolalarga nisbatan yumshoq ko'ngillik, do'stona munosabat, hushmuomalalikni qanday qilib tarbiyalash mumkin?
Biz bu o'rinda islom dini qoidalariga, hadis ilmiga, din ulamolarining suhbatlari orqali ushbu masalalarni yechlmini topishga harakat qilamiz?
Masalan, viloyatimizdagi machitlardan birining din ulamosi o'quvchilar bilan 5 ta uchrashuv o'tkazdi. U o'z suhbatida islom dinining mohiyat, mazmunini bolalarga yetkazishga harakat qildi. U asosan, musulmon bandalari doimo bir birlariga mehribon, xushmuomalada bo'lishlari kambag'al, keksalarga doimo yaxshilik qilishlari lozimligini ishonarli dalillar, tarixiy hikoyatlar asosida yetkazishga erishdi. Bunday uchrashuv va suhbatlar mahalladagi keksa, baobro' kishilar tomonidan ham uyushtirilib uzoq barakali el xizmatidagi inson bo'lib yashashmng sirlari haqida qiziqarli tarzda olib borilmoqda. Shuningdek maktabimiz adabiyot, tarix o 'kituvchilari ham o'tmishdagi buyuk shaxslar hayotiga oid manbalarga asoslanib o'kuvchilarda buyuk insoniy sifatlarni shakllantirishga erishmokdalar. Hozirgi turli oqimlar, guruhlar va tashqaridan bo'layotgan noto'g'ri g'oyaviy hujumlarni oldini olish va yoshlarni shunday goya va guruhlar muhitiga tushib kolmasliklari uchun ularning darsdan tashqari vaktlardagi bush vaqtlarini to'g'ri tashkil etish yuzasidan qanday tadbirlar o'tkazilyapti?
Albatta, bolalar ayniqsa kichik maktab yoshi va o'smir yoshdagi bolalar o'sha Siz yuqorida aytib o'tgan g'oyalar va oqimlar muhitiga tushib qolishi ehtimoli yo'q emas. Bularni oldini olish uchun mahalla qo'mitalari qoshida mavjud faollar, mahalla oqsoqollari, obro'li oilalarni ayrim «noqulay oila», tarbiyasi qiyin bolalar bilan alohida ishlashlarini tashkil etamiz. Bunday faollarga pedagogik maslahat, ko'rsatmalar berib boramiz. O'zimiz ham shunday faollar bilan birgalikda faoliyat ko'rsatishga harakat qilamiz. Chunki, har bir ko'cha, mahallalardagi keksalar, baobro' oilalar, faollar o'sha joyni har tomonlama yaxshi bilishi bilan birga, ularni ma'lum o'ziga mos ta'sir kuchi mavjudki, bularni nazarda tutmoq lozim. Bulardan tashqari, maktab joylashgan mavzeda turli sport maydonchalari, maktabning sport inshootlarida taniqli sportchilar, xomiylar yordamida uchrashuv, musobaqa, tadbirlar tashkillashtirib boriladi. Bu esa bolalar hayotini mazmunli tashkil etish va yo'lga qo'yishdagi eng muhimi ularni noto'g'ri yo'llarga kirib ketmasliklariga imkoniyat yaratiladi.
Ota - onalarni bu borada beminnat ko'rsatilgan har tomonlama yordamlarini bu o'rinda aytib o'tish o'rinlidir.
Suxbatimiz ohirida o'quvchilar va ularning Ota - onalariga qanday tilak istaklarmgiz bor?
23 -
O'quvchilarga istagim, ular kuchli, mexribon, har qanday qiyinchiliklarni yenga oladigan irodali bo'lib o'sishlarini, Ota - onalariga esa kelajakka qat'iy ishonch, qiyinchiliklar ko'rmay ishonch bilan yashashni, o'z farzandlarini kelajak tarbiyasida kattalar ichida ishonchli do'st, mexribon yordamchi topishga harakat qilishini istab qolardim.
Yuqorida keltirilgan, ijimoiy pedagog bilan o'tkazilgan suxbat maktab jamoasida yangi kasb faoliyatini o'ziga xos tomonlarini ko'rsatish imkonini berdi. Hammadan ham bu faoliyat egasini uslubiy asosini alohida baholash o'rinli.
Ijtlmoiy pedagog tarbiyaviy ishlar metodlarini keng tizimldan foydalanaishga o'z e'tiborlarini qaratish lozim. Bu o'rinda ijtimoiy pedagoglarning bir qismi o'quvchilarni tarbiyalashning an'anaviy vositalari atrofida guruhlashga; shaxsiy suxbat; u yoki bu ijodiy faoliyat ko'rinishiga o'smirlarni jalb etishga, ayrim o'quvchilarga nisbatan sinf tarbiyaviy ishlarini topshirishga harakat qilishadi. Lekin, ijtimoiy pedagog ishlarini o'ziga xosligi bir qator yangi faoliyat usullarini yuzaga chiqardi. Ularning ko'pchiligi maktab tarbiyaviy ishlarini va maktabdan tashqari tashkiliy ishlarni birlashtirish g'oyasidan farqlanadi. Bu mahalladagi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik; ma'sul diniy idoralar va mahalliy intellegansiya vakllari bilan birgalikdagi faoliyat; maktablarga xomiylik qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalarni o'rnatish va bu aloqalarni mustaxkamlash kabilardir.
Bunday o'zaro hamkorliklar ijtimoiy kasalliklarni rivojlanib ketishini oldini olish maqsadlariga to'g'ri keladi. Bu borada salbiy oqibatlarga Olib keluvchi xulqiy odatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarga:
Maktab tarbiyaviy ishlarini norkologik dispanser, o'smir yoshdagilarni huquq buzarligini oldini olish tashkilotlari bilan birgalikda Olib borishni kuchaytirish; Ota - onalar bilan hamkorlik; kichik yoshdagi bolalarni tarbiyasida yuqori sinf o'quvchilari yordamidan foydalanish va boshqalarni keltirib o'tish mumkin.
Tarbiyaviy ta'sir ayniqsa, qaltis gruppaga ta'sir faoliyati bilan ham bevosita bog'liq bo'lib, biz avvalo bunday guruhlarni ularni o'rab turgan «do'stlari» ta'siridan ajratishni va maktab jamoasi; o'quvchilar Ota - onalarini, maktabdan tashqari tashkilotlar faoliyatlarini ayrim o'quvchilar xatolarini tuzatish maqsadida, ular kuchlarini birlashtirishdan iborat.
Har bir ijtimoiy pedagog ishining muhim o'ziga xosligi, bolalar xulqining axloqiy asosini buzilishiga Olib keladigan aniq faktlarini aniqlash, bartaraf etishga yo'naltirilishi kerak.
Ijtlmoiy pedagog har bir kichik muhitda, o'smirda o'z tengdoshlari, o'quvchilar va o'qituvchilar, bolalar va Ota onalar o'rtasida insonparvarlik etikasiga rioya qilishni, bu esa o'z navbatida ular ma'naviy dunyosini shakllanishiga yordam bermog'i lozim.
24 -
Aflotun yashagan davrdan hozirgi kunimizgacha olimlar va pedagoglar insonnig rivojlanishi va shakillanishi uning aqliy, jismoniy ma'naviy qobilyatlari, uning sog'ligi va salomotligi. va uning axloqiy sifatlariga faqat ota - onalari ta'sir o'tkazishi mumkin.
Agar ota - onalar o'z farzandlari salomatliklari haqida g'amxo'rlik qilsalar, ularning mexir va qalb qo'ri bilan tarbiya qilsalar unda u farzandlar har Xil zararli illatlardan xoli bo'ladi.
Ota - ona tarbiyasining natijasi, ularni qattiq qo'lligi va yumshoqligiga bog'lik, emas, balki bolaga bo 'Igan xis tuyg'ulariga bog'liq.
Ota - onalar bilan bo'ladigan suxbatlarda ijtimoiy pedagog birinchi navbatda oilada bola tarbiyasi masalasiga jiddiy e'tibor beradi.
Oilada bolani intizomga o'rgatish kerak. Binobarin u bolaning aqliy qobilyatini to'g'ri rivojlanishda muhim rol o'ynaydi .
Tartib - intizomga bolalikdan o'rgangan kishi butun umr shunga rioya qiladi. Bunda kun tartibiga va uydagi bolaning vazifalari va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada ijtimoiy pedagog o'z ishini bolani o'rganishdan boshlaydi.
Quyida turli xildagi oilalar bilan ish olib boruvchi ijtlmoiy pedagog faoliyati bilan qiziqib ko'rsak.
l . Notinch oila; bunday oilada bola turli qarama qarshiliklar, janjallar qurshovida bo'ladi, ota - onasi ichuvchi va norkaman, kasalvand, hozirgi zamon sharoitida bunga yana ishsizlik qo' shiladi.
2. Ota onasi yo'q, bola buvisinikida yoki qarindosh urug'inikida tarbiyalanadi.
Yoki ota —onasi undan voz kechgan. Xuddi shunday oilalardagi bolalar tarbiyasida, xulqida ko'plab nuqsonlarni kuzatish mumkin. Ijtimoiy pedagog oilaga zarur, chunki zamonaviy maktab, o'quvchilarni o'qishi, bilim olishi bilan band. 2/3 qism ota - onalar esa bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ijtimoiy pedagog oiladagi xolatni o'rganishda uni qanaqa oila bilan ish olib borayotganligini e'tiborga olishi lozim.
l . U shahar yoki qishloq oilasimi.

  1. Ommaviy yoki zamonaviy oilami.

  2. Ko'p bolali va to'liqsiz oilami.

  3. Harbiy xizmatchilar oilasiml.

  4. Balog'atga yetmagan yosh ona oilasimi.

  5. Milliy va xokozo.

Hozirgi zamon sharoitida oilada bolani har tomonlama tarbiyalash uchun uni iqtisodiy ta'minlash, ushbu faoliyatga keksalar e'tiborini jalb etish, oilaviy muhitni yaratish kerakki bunda bola tarbiyasi uchun hamma shart - sharoit
25 -
yaratilgan bo'lsin. Ijtimoiy pedagog turli oilaviy muammolarga duch kelishi mumkin. Bular:
Bemor va nogiron bolałar;
Keksa nafaqaxo'r va nogiron ota - onalar;
Ichuvchi va giyoxvandlar;- Daydi bolałar;
Ajralishgan ota - onalarning bolałari;
Albatta ijtimoiy pedagogmng birinchi navbatdagi vazifasi oilani inqiroz vaziyatidan Olib chiqish. Inqirozni oldini olish va barham topishiga ko'maklashish.
Oilaviy mqłrozni oldini olishga davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam, imtiyozlar va ijtimoiy yordam kiradi. Ijtimoiy pedagog pedagogik muammolarni hal qilish bilan birga iqtisodiy tibbiy va psixologik vazifalarni ham ijobiy hal qilishga to'g'ri keladi.
Asosiy maqsad oilaning ichki kuchi va salohiyatini, inqirozm bartaraf qilishga safarbar etish. Buning uchun birinchidan muammolarni taxlil qilish kerak. Ikkinchidan mutaxasislar bilan masłaxat Olib borish kerak. Uchinchidan inqirozdan chiqish yo'llarini aniqlash kerak.
Ijtłmoiy pedagogmng oilaga beradigan yordamł nimalardan iborat?
l. Oilaga turli nafaqa va ijtimoiy imtiyozlar berish tartib qoidalari haqida masłahat berish.
Oila daromadini ko'payishiga yordam berish.
Yolg'iz onaga yordam berish.
Ijtłmoiy pedagog yordamida muhtoj oilalarga yakkama - yakka yoki guruh bo 'lib mashg'ulotlar o'tkazish.
Ijtłmoiy pedagogmng ish usłublari: birinchi navbatda ijtimoiy pedagog o'z ishini oilani o'rganishdan boshlaydi. Oilaviy muloqat, sharoit, oila a'zolarining o'zaro bir - biriga bo'lgan munosabati, ijtimoiy pedagogga bolaning oilada tutgan o'rni haqida tasavvurga ega bo'lishiga yordam beradi. Oilani o'rganib bo'lgandan so'ng, u oilada yangi munosabatlarni yo'lga qo'yishga kirishadi. Buning uchun u oilani turli klublarga, salomatlik guruhlariga, mahallada o'tkaziladigan turli tadbirlarga jalb etish orqali erishish mumkin.
Muvofaqqiyatga erishishning birinchi metodi ishontirish metodi.
Ushbu metod yaxshi samara berishi uchun tarbiyalanuvchi o'zi qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini topishga yordam berish.
Amaliyotda shunday narsa qo'llanadiki ijtimoiy pedagog, oila haritasini tuzadi. Bunda oila a'zolarining har biriga harakteristika beriladi. Tug'ilgan kunlari, oilaning esda qolar kunlari yoziladi. Oila maqomi, yashash sharoiti, qo'shnichilik, diniy va miliy mansubligi. Haritaga qo'shimcha Clilib oilada bola tarbiyasini o'rganishni ham kiritish mumkin.
-26-
Qanday va qancha vaqt Ota - onalar bolalar bilan vaqtini o'tkazadi, ularning umumiy manfatlari bormi, ularni muloqat shakllari, bo'sh vaqtlarini birga o'tkazadilarmi, ularning qiziqishlari mexmonga, mahallada o'tkaziladigan tadbirlarga birga boradilarmi?
Ota - onalarning bolalar haqida nimalarni bilishi muhim rol o'ynaydi?
Bola nimaga qiziqadi, nima o'qiydi, orzusi nima, kim bilan do'st, sinfdagi boshqa bolalar bilan munosabati, maktab miqyosidagi munosabati, yaxshi ko'rgan o'qituvchisi, fani, bolaning salomatligi va unmg muammolari.
Ijtimoiy pedagogning asosiy ishlaridan biri nogiron bolaga ega bo'lgan oila bilan Olib boradigan ishi hisoblanadi.
Amerikalik olimlarning takidlashicha u yoki bu nuqsonga ega bo'lgan bolalar hozirda, har 7 oilaning birida uchraydi. Bunday oilalarda Ota - onalarning bolaga bo'lgan munosabatini o'rganish kerak.
O'z bolasining nuqsonini Ota - ona qanday qabul qilyapti?. Bu yerda ijtimoiy pedagogning ziyrakligi muhim rol o'ynaydi. Oila katta qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Agarda Shu ijtimoiy, iqtisodiy qiyinchiliklarga bemor bola muammosi qo'shilsa, qanday vaziyat vujudga kelishini tassavur qilib ko'ring. Ko'proq bunday oilalarda ona ishlay olmaydi. Bu fojeaga Olib keladi. Ota yoki ona o'z joniga qasd qilishi mumkin yoki ichkilikbozlikka berilib ketishi mumkin.
Bulardan tashqari ijtimoiy pedagog Ota - onalarni ham diqqatini jalb etishi ham darkor.
Ularning Shu vaziyatdan chiqib ketish yo'llari, bola xatti harakatidagi ijobiy tomonlarini topib o'shalarga ko'proq ahamiyat berishi lozim bo'ladi.
Ijtlmoiy pedagog Ota - onalarga, bemor bolalarga qarash parvarishlash tarbiyalash, o'qitish uchun sharoit yaratish yo'llarini ko'rsatish kerak.
Ota - onalar o'z navbatida xuddi shunday o'zlariga o'xshagan oilalar bilan hamkorlikda va aloqada ish Olib borishi maqsadga mofiq bo'ladi.
Ijtlmoiy pedagog ish foliyatida aqliy rivojlanishdan orqada qolgan farzandi bor oilaga ham duch kelishi mumkin.
Oligrofen pedagogika pedagogika famning kichik bir soxasmi tashkil etadi. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy pedagogikaning ish soxasi bilan ham shug'ullanadi. Mutaxassls sifatida uning assoslm va mazmumm yaxshi bilishi , ongli tushinishi va kerakli bo'lgan paytda Shu soxa bo'yicha amaliy yordam berishga tayyor turishi talab etiladi.
Nogiron bolalari bor oilalar.
Ijtimoiy pedagog shunday oilalar haqida ma'lumotlarga ega bo'lgandan so'ng, ularga yordam berish rejalarini tuzadi va Shu bolalar faoliyati nazoratini o'rnatadi.
Har bir bola uchun reabilitatsiya (tiklash) yani qayta tiklash rejasmi tuzadi va amalga oshirishga kirishadi.
Nogiron bolalarni davolash markazlarida psixolog - nevropatolog, logoped, massajist, defektolog, davolash fizkulturasi bilan shug'illantiruvchi mutaxassis faoliyat ko'rsatadi.
Ijtlmoiy pedagog shu mutaxassislar bilan yaqm aloqada, hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muofiqdir.
Ijtlmoiy pedagogmng ish faoliyati aqhy zaif bolalarga bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishda, yordam berishdan iboratdir.
Bemor bolalarni sog'lom bolalar bilan munosabatini o'rnatish va muloqotga tayyorlash dasturlarini tuzish kerak. Bunda tanlov, kinofilimlar va kitoblar muxokamasi, tugilgan kunlarda ishtirok etishni ta'minlash kerak. Nogiron bolalarni mehnat faoliyatiga jalb etish masalasi ham ijtlmoiy pedagogning faoliyat doirasiga kiradi (foto, tikuvchilik ishlari, poyabzal tamirlash, yog'och o'ymakorlik va boshqalar).
-28-

XULOSA
Yuqoridagilarni umumlashtirgan hołda shunday xulosaga kelish mumkinki iJtłmoiy pedagogika mustaqil fan tarmog'i sifatida o'zining nazariy va amaliy mohiyatiga ega. U bugungi kunda ijtłmoiy hayotimizning barcha jabhalarida o'zining yorqin ifodasini topmoqda.


Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e'tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko'lamda Olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg'or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin.
Ushbu fanning o'qitilish samaradorligi esa:
DTS, fan dasturi talablariga javob beradigan darslik va qo'llanmalarning bir necha variantlarda yaratilishi• mashg'ulotlar jarayonida ta'limning ilg'or pedagogik texnologiyalarini qo'llashga doir ishlanma, tavsiyalarning ishlab chiqilishi; o'qitish jarayonida ta'lim-tarbiyaning qonuniyat va tamoyilidagi uzviyligiga amal qilinishi; o'qitishda ta'limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash, aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, "debat”, "klaster” kabi) ning qo'llanishi; mashg'ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o'qitishning amalga oshirilishi; o'qitishda fanlararo uyg'unlikning amalga oshirilishi;

  • talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish shakllarining boyitilishi;

  • ilg'or pedagogik tajribalarning ommalashtirilishi; omma orasidagi ijtimoiy holat, kayfiyatni o'rganishga doir sotsiologik tadqiqotlarga talabalarni keng jalb etilishi; ijtimoiy pedagogika bo'yicha ilg'or tajribalarni o'rganish va ulami pedagogik amaliyotga tadbiq etish; kabilar bog'liqdir.

  • 29 –

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


l. Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika (darslik) —T.: 2009

  1. Mavlonova R. va boshqalar. . Ijtimoiy pedagogika (o'quv qo'llanma) T.: 2009

  2. Begmatov A., Quraev M. Ijtlmoiy pedagogikamng dolzarb masalalari.

T.: OPI to'plami. 1998

  1. Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003

  2. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta'limi, 2003, 6son

  3. Isaqova M. Shaxs iJt1moiylashuvida mahalla. — Xalq ta'limi 2003, 3-son

  4. Sotsialnaya pedagogika M.A.Galaguzova taxririyatida. Moskva

"Vlados", 2000

  1. Istonya sotsialnoy pedagogiki M.A.Galaguzova taxnr ostida. Moskva. "Vlados" 2001

  2. Mudrie. A.V. Sotsialnaya pedagogika. Moskva, 2003

IO. Podlasiy I.P. Pedagogika: 100 vaprosov-100 otvetov. Moskva, 2001
Internet tarmog'i bo'yicha web-saytlar ro'yhati
l. www.ziyonet.uz

  1. www.psiholog.uz

  2. www.referat.ru

  3. www.pedagog.uz

  4. www.maik.ru

  5. www.tdpu.uz

  6. www.edu.uz

  7. www.nadib.uz 9. www.pedlib.ru IO. www.ndpu.uz

--

Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin