Mavzu ta’lim muassasasi menejmenti


Ta’lim muassasasi Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#36520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-mavzu

Ta’lim muassasasi Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:


ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o’rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi

yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;

ta’lim muassasasi o’quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;

o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;

o’qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo’limlari mazmuni bo’yicha tavsiyalar beradi;

ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo’llash uchun ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;

o’qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;

davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;

tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin