ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko’rsatmalar berib borish;
o’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko’rsatmalar berish;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
o’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o’quv seminarlarini tashkil qilish;
o’qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qilish;
pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha materiallarni tayyorlash;
ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo’yicha darsdan tashqari (fakultativ, to’garak) ishlari, fan olimpiadalari, ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.