1. Ijtimoiy mediyadan ta’lim jarayonida foydalanish.
2. Mobil ta’lim va uning boshqa ta’lim turlaridan farqi.
Barcha sohalar qatori axborot-kutubxona faoliyati sohasini takomillashtirishga, bugungi kun talabi bilan tashkil etilayotgan axborot-resurs markazlarida xalqimizning kitobxonlik imkoniyatlarini har jihatdan kengaytirish, qiziqish va xohishlarini o‘rganish, bu boradagi tajribalarni ommalashtirishga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Ta’lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga oshirishdan iboratdir.
Bugungi kunda ta’lim - tarbiya tizimida kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o’quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to’la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin.
ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri o’quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali o’quv kurslarini qo’llash, o’qituvchi va o’quvchining interfaol o’zaro aloqalarini ta’minlash, multimediali o’quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bo’ladi.
Multimedia axborotlarni har xil ko’rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni ko’rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratadi.
Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko’rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko’rinishida ifodalanilishi o’quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo’lishga o’rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi.