3. Qiziqtirish tamoyili- bu tamoyilning mohiyati ta’lim oluvchining bilim olish faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi. Modulning o‘quv materialiga qiziqishni uyg‘otish, bilim olishga rag‘batlantirish, mashg‘ulotlar paytida faol ishtirok etish, ijodiy fikrlashga da’vat etish modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi.
4.Modullilik tamoyili- bu tamoyil o‘qitishni individuallashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchidan modulning dinamik tuzilmasi fan mazmunini uch xil ya’ni tula qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan ko‘rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi. O‘qitishning u yoki bu turini tanlash tinglovchining o‘ziga havola qilinadi.
Ikkinchidan modul mazmunini o‘zlashtirishda o‘qitish usuli va shakllarning turliligida ham modullilik namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘qitishning faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil o‘qish, o‘quv, imitatsion o‘yinlar va hokazo) hamda muammoli ma’ruzalar seminarlar maslahatlar bo‘lishi mumkin.
Uchinchidan modullilik yangi materialni pog‘onasimon o‘zlashtirishda ta’minlanadi, ya’ni har bir fan va har bir modulda o‘qitish oddiydan murakkabga qarab yo‘nalgan bo‘ladi.
To‘rtinchidan modulga kiruvchi o‘quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli o‘quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati tug‘iladi.
5.Muammolilik tamoyili -muammoli vaziyatlar va mashg‘ulotlarni
amaliy yo‘naltirilganligi o‘quv materialining o‘zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi.
Mashg‘ulotlar paytida gipoteza quyiladi, uning asoslanganligi ko‘rsatiladi va muammoning yechimi beriladi. Ko‘pchilik hollarda bizning o‘qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar. Masalan AQShda o‘qituvchi masalani o‘rganish uslubini, o‘zi quygan muammoning yechim yo‘llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko‘rsatadi va tushuntiradi. Ya’ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Birinchi navbatda ayniqsa ana shu narsa tinglovchini qiziqtirib qo‘yadi unda ijodiy fikrlash va faollikni tug‘diradi.