Mavzu: Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha tajribalar. Modulli-kredit tizimi


Kognitiv vizuallik (ko‘z bilan kuzatiladigan) tamoyili



Yüklə 36,1 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2022
ölçüsü36,1 Kb.
#78194
1   2   3   4   5
qnqt9iJRFL930cNJNWNJ0fQFMNIOi44EVdVpO2TJ

6. Kognitiv vizuallik (ko‘z bilan kuzatiladigan) tamoyili-bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi. O‘qitishdagi ko‘rgazmalar nafaqat so‘roq vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani
bajargan taqdirdagina o‘zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo‘lib, murakkab ob’ektlar kompyuter sur’atchalari ko‘rinishida tasvirlanadi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib rangli bajarilgan kognitiv-grafik o‘quv elementlari xizmat qiladi. Shuning uchun rasmlar modulning asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa:
Birinchidan tinglovchining kurish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
Ikkinchidan o‘quv materiali mazmunini o‘zida zich joylashtirib ravshan ko‘rsatuvchi rasm tinglovchida tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi.
Uchinchidan rangli suratlar o‘quv materialini qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda tinglovchilarni estetik tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘rgazmali ma’lumot og‘zaki ma’lumotdan ko‘ra ahamiyatliroq va unumliroqdir. Kurish mexanizmining ma’lumotni o‘tkazish qobiliyati eshitishnikidan ko‘ra ancha yuqoridir. Bu esa o‘z navbatida, ko‘rish tizimiga inson qabul qilinadigan ma’lumotning qariyb 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko‘rgazmali ma’lumot bir vaqtning o‘zida beriladi. Shuning uchun ma’lumotni qabul qilish va eslashga og‘zaki ma’lumotdan ko‘ra kam vaqt talab etiladi. Ko‘rgazmali ma’lumot ishlatilganda taassurot hosil bo‘lishi og‘zaki bayondan ko‘ra o‘rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.
Insonning ko‘rgazmali ma’lumotga ishonchi, og‘zaki ma’lumotdan ko‘ra yuqori bo‘ladi. Shuning uchun "yuz bor eshitgandan ko‘ra, bir bor ko‘rmoq afzalroqdir" deb bezij aytilmagan.
Shu bilan birga ko‘rgazmali ma’lumotda qabul qilish va eslash unumi uni ko‘rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Og‘zaki ma’lumotning o‘zlashtirilishi esa, bunga bog‘liq bo‘ladi.Urni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvolli-ko‘rgazmali ma’lumotni qabul etish o’qitish samarasini oshiradi ya’ni o’quv-ilmiy adabiyotdan va kompyuter texnikasi vositasida olinadigan ma’lumotni ko‘paytirish uchun shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa o‘qitishni individuallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Yüklə 36,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin