Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM) odam organizmiga har tomonlama ta’sir ko’rsatadigan maxsus gimnastika mashqlari bo’lib, tananing alohida qismlari bilan bajariladigan harakatlar turlicha tezlikda, ko’lamda va turlicha muskul zo’r berishi bilan ijro etilishi mumkin.Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida soqlomlashtirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va organizmni ish qobiliyatini yanada yaxshilash orqali kishining umumiy jismoniy tayyorgarligi amalga oshiriladi va shug’ullanuvchilarni yanada murakkabroq harakatlarni egallashga tayyorlaydi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan muntazam shug’ullanish mushak, yurak, qon-tomir, nafas va nerv sistemalarini rivojlantiradi va mustahkamlaydi, organizmning ish qobiliyatini va hayotiy faoliyatini kuchaytiradi.
Ular yordamida deyarli barcha jismoniy sifatlar – kuch va kuch chidamligi, mushaklarning qisqarish tezligi va qayishqoqligi, harakat uyg’unligi va nafis ijro etilishi rivojlantiriladi va takomillashtiriladi, qaddi-qomat to’g’ri shakllantiriladi.
Gimnastika darslarida egiluvchanlik sifatini o’rni kattadir. Egiluvchanlik – bu insonning harakatni katta ko’lam bilan bajarish qobiliyatidir. Bu sifat bo’g’inlarda harakatchanlikni rivojlanishi bilan aniqlanadi. Ayrim bug’inlarga tadbiqan “harakatchanlik” deb gapirish to’g’riroqdir (Masalan, tizza bo’g’inlarida harakatchanlik).
Bo’g’inlarda xiyla katta harakatchanlikka erishayotib, go’yoki bo’g’inlarda harakatchanlikning zaxiralarini yaratayotganda o’quvchi harakatni kuch va tezlik bilan bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi.