XUJJATNING TIZIMLI MENYUSI Tizimli menyu belgisi xujjat darchasining yuqori chap burchagida joylashgan. Unda sichqonchaning chap tugmasi bosilsa, yoki Alt + - tugmachalarini bosilsa, tizimli menyu buyruqlari ekranda hosil bo’ladi.
Xujjat darchasini yopish uchun tizimli menyu belgisida sichqoncha tugmasi 2 marta bosiladi. Tizimli menyu yordamida bir necha xujjat bilan ishlash mumkin.
Bu dasturning asosiy afzalliklaridan biri–matnlar, fakslar, xatlar, tezislar yaratish davrida Wizard asistentlari ishlatiladi. Bu foydalanuvchi vaqtini tejaydi. Bir so’z bilan aytganda, Microsoft Word 2000–bu «stol ustidagi» nashriyot tizimidir. Dastur o’zining oldingi versiyalaridan bir necha imkoniyatlari bilan farq qiladi. Ular jumlasiga:
Masalalar bajarilishining avtomatlashtirilganligi va yordamchi ma’lumot olish;
Dasturda ko’p tillarni qo’llash va boshqa imkoniyatlar kiradi.
Shunga qaramasdan, WORD ham ayrim “kamchiliklar”dan holi emas. Masalan, matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab tarkibli poligrafik mahsulotlarni tayyorlashda o’ng’ay emas.
WORD dasturi odatda dasturlar dispetcherining MicrosoftOffice bo’limida joylashgan bo’ladi. WORD dasturini ishga tushirish uchun “sichqoncha” ko’rsatkichini WORD yorlig’ining ustiga keltirilib, uning chap tugmasini ikki marta bosib, odatdagi usulda ishga tushirish mumkin.
Windows 98da WORDni ishga tushirish uchun “Пуск” tugmasi yordamida “Программы” bandiga kiriladi, so’ngra MicrosoftWORD “sichqoncha”ning ko’rsatkichi yordamida tanlanadi va uning chap tugmasi bosiladi. Natijada ekranda dastlab Microsoft WORD eskizi tushirilgan oyna, so’ngra Microsoft WORDning ish stoli hosil bo’ladi.