Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari



Yüklə 0,5 Mb.
tarix10.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#142535

Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari

Технические требования

Reja:

  • Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
  • Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi.
  • Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari.
  • Ma’lumotlarni kodlash, kompyuterning ishlash prinsiplari.
  • Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.


Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborot qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodaluvchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatik so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish maonolarini anglatadi. Fransuzcha informatigue (informatika) so‘zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash maonosini anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Comruter science (komppyuter texnikasi xaqidagi fan) sinonimi mos keladi.

Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari


Odamzod paydo bo‘lgandan buyon dastlabki hisoblash vositasi sifatida odamlarning barmoqlari xizmat kilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajarishgan (sabab barmoklar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun’iy hisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo‘lib toshlar va tayokchalar bo‘lgan. So‘ngra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlarning soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan
1673 yilda nemets olimi Vilgelm Leybnits to‘rt arifmetik amallarni bajaradigan mexanik arifmometrni yaratdi.
1885 yilda amerikalik ixtirochi Uilyam Barrouz klaviatura va qog‘ozga chop etish uskunalaridan iborat arifmometrni yaratdi. 1941 yilda nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‘lib dasturlarda ishlovchi hisoblash mashinasini yaratdi. 1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Kolos nomli birinchi EHM (elektro hisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AKShning xarbiylari uchun amerikalik injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og‘irligi 35 tonnalik EHMni yaratdi. Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas edi.

Birinchi hisoblash mashinasi




 
Dastlabki
elektron hisoblash mashina
lari.

Birinchi EHM lar avlodi lampalar yordamida ishlagan. 1947 yilda BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J. Bardini va V. Berteyn tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948 yildan esa elektron lampalar o‘rniga kashf etilgan tranzistorlar qo‘llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EHM lari tranzistorli EHMlar deb nomlangan. 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EHM - EDSAC nomli EHM yaratildi
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar sahifasi boshlandi. Shu yilda Fransiyaning Truong Trong Ti firmasi tomonidan birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firmasi tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bo‘lib fayllar va dasturlarni oynalar ko`rinishida ochish qo`llanilgan. 1977 yilda Apple Computer firmasi tomonidan Apple - II nomli shaxsiy kompyuterlar ommaviy ravishda chikarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmassa korpus, klaviatura va displeyga ega bo‘lgan.
Birinchi portativ kompyuterlarni chikara boshladi. Ushbu kompyuter og‘irligi 11 kg, juda kichkina xajmga ega bo‘lgan va narxi atiga 1795 dollar bo‘lgan.



Birinchi personal kompyuterlar
.

I-avlod (1945 - 1956 yillar)
II-avlod (1957 - 1968 yillar)
III-avlod (1969 - 1980 yillar)
IV-avlod (1981 - 1990 yillar)
V-avlod (1990 yillardan boshlangan)

Спасибо за внимание!

proverka@example.com


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin