Mavzu: Ta’limiy hamkorlik-pedagogik konfliktni yechishning samarali shakli Reja


)Pedagogik muloqotda yuz beruvchi ziddiyatning mohiyati haqida tushuncha



Yüklə 55,81 Kb.
səhifə2/4
tarix19.09.2022
ölçüsü55,81 Kb.
#63799
1   2   3   4
Mavzu Ta’limiy hamkorlik-pedagogik konfliktni yechishning samar

2)Pedagogik muloqotda yuz beruvchi ziddiyatning mohiyati haqida tushuncha.
Hozirgi davr pedagogikasi nazariyasi va amaliyotida pedagogik konfliktologiyani ta’limning mustaqil ilmiy-tadqiqot sohasi ekanligiga doir boy fakt va kuzatish natijalari to’plandi. Pedagogik konfliktlar muammosi ilmiy bilimlar, ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlarning barchasiga baravar taalluqlidir. Qayerda konflikt tushunchasi ishlatilmasa, uning sinonimi bo’lgan “qarama-qarshilik”, “antagonizm” va h.k. terminlar ishlatiladi.Sinergetik nazariyaga asoslangan holda pedagogik ilmiy tadqiqotlarda bu muammoning barcha fanlarga taalluqli ekanligini hisobga olgan holda uning turli-tuman bilim sohalarida qanday izohlanishini ko’rib chiqamiz. S.I.Ojegov lug’atida konflikt – to’qnashuv, jiddiy fikrlar qarama-qarshiligi, bahs sifatida izohlanadi. (1984 y), “Falsafa qomusi lug’ati”da (1984 y) bu tushuncha leksik birliklar safidan joy olmagan bo’lib “ziddiyat” shaklida keltiriladi va qarama-qarshiliklar, tomonlar va yo’nalishlar, hodisalar qarama-qarshiligi sifatida tushuntiriladi. “Konflikt” tushunchasi lug’atda faqatgina sinfiy qarama-qarshilik va manfaatlar to’qnashuvini anglatuvchi termin sifatida izohlangan. N.I.Kondakovning (M.,1975y) “Logika lug’ati”da qarab chiqilayotgan tushuncha yuqorida keltirilgan izohlarga to’liq mos keladi. “Konflikt” – bu qarama-qarshi tomonlar, manfaatlar, kuchlar, qarashlar, fikrlar, intilishlar to’qnashuvidir. So’ngra o’sha o’rinda konfliktni uzoq davom etadigan, og’ir oqibatlarga olib keladigan kelishmovchilik, bahslashuv ham deb tushuntiriladi. Mualliflar ijtimoiy konflikt, ziddiyatni “ijtimoiy kelishmovchiliklarning oxirgi holati” deb baholashgan. “Kichik siyosiy lug’at”da (M.,1988y) yuqoridagi ta’rif aynan keltirilgan. Va nihoyat “Estetika” lug’atida (M.,1989y) “badiiy konflikt” tushunchasi ham ana shu qabilda, hayotda yuz beradigan ziddiyatlarning san’atda aks etish sifatida ta’riflangan. “Pedagogik konflikt” tushunchasini ta’riflayotganda uning ilmiylik darajasini farqlash maqsadga muvofiqdir. Konflikt nazariyasiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Uning asosiy tomonlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Emosional holatning tez o’zgaruvchanligi va yuksak darajadagi moslashuvi kichik maktab yoshidagi o’quvchi psixikasining himoya to’sig’i vazifasini o’taydi. Biroq ruhiy zo’riqishlarning qisqa muddat davom etishi bu yoshdagi o’quvchilarga nisbatan o’qituvchiga ehtiyotsizlarcha bosim o’tkazish huquqini bermaydi (hammasini osongina unutadi-ku, qabilida). Yana bir psixologik haqiqat shu bilan izohlanadiki, kichik boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarga o’zidan kattalar himoyasiga muhtojlik, ayniqsa, o’qituvchining qo’llab – quvvatlashi xosdir. Har qanday asabiylik vaziyatida u o’qituvchiga yordamga muhtoj bo’lib termulib turadi, undan yordam qo’llab – quvvatlashini kutadi. Agar uning kutgani yuz bermasa, u qayg’u bilan yakkama – yakka qoldirilsa ruhiy qo’zg’alish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Agar o’qituvchi tomonidan yordam o’rniga dakki eshitsa, uning ruhiyati shunchalik kuchli jarohatlanadi
Konfliktologiya fani bo’yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan, o’quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ham. Yuzaga kelishi jihatidan boshlang’ich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir bo’ladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli o’qituvchi xato harakatlarga yo’l qo’yishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda taqlidiylik o’qituvchini yo’ldan urishi, kutilmagan to’qnashuv nihoyatda og’riqli, jarohatli bo’lishi mumkin.
To’satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va kechishi jihatidan tipik bo’lgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda o’qituvchi o’z tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan ssenariy asosida ish ko’radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to’g’ri keladi, xolos.
Stresslarning birinchi turiga ijtimoiy muhitda tug’iladigan shart – sharoitlar mansub bo’lib, bunday holatda insonda yuz beruvchi ruhiy jarohat kamayadi yoki oldi olinadi. Bunda oldini olish chora – tadbirlarni soddalashtirish maqsadga muvofiq emas. Bunday ziddiyatlarni hal etish xilma – xil, turli darajali va ko’p rejalidir. Ba’zi ziddiyatlar tezkorlik bilan bartaraf etishga moyil, ba’zilari esa shaxsiy va ijtimoiy kuch sarflashni talab etadi. Agar ishdagi va oiladagi ziddiyatlar tez hal etilsa, moddiy qiyinchiliklar, kamsitishlar, ijtmoiy – maishiy sharoitning pastligi, ishsizlik kabilar uzoq vaqt sarflanadigan va bartaraf etilishi qiyin bo’lgan stressogen faktorlar sirasiga mansubdir.
Ruhiy zo’riqishni psixologik profilaktika qilish insonning shaxsan bosh harakatlanuvchi subyekt sifatida chora ko’rishni talab qiladi. Individning o’z yashash muhiti va axloq – odobini tuzatishi ruhiy jarohatlarni oldini olishning asosini tashkil etadi. Yetakchi profilaktik tadbirlarga quyidagilar kiradi:
a) tug’ilishdan oldin va keyingi psixoprofilaktika, shaxslararo munosabatlarni tartibga keltirish, b) oilada guruhiy moslikni ta’minlash, c) o’quv – tarbiyaviy jamoada moslikni vujudga keltirish, d) mehnatni ilmiy tashkil etish, e) toliqish va ortiqcha zo’riqishlarning oldini olish, f) kasbiy zararli narsalarni yo’q qilish, g) ruhiy zo’riqishlarni neytrallash maqsadida psixologik tayyorgarlik, h) zo’riqishlarni yo’q qilish.
Pedagogik shart – sharoitlar sirasiga shaxsning intilishlarini sharoitga moslashtirish, psixologik jihatdan sog’lom muhitni yaratish, psixologik qadriyatlarni jamoa faoliyatiga tadbiq qilish kabilarni kiritish mumkin.
Ruhiy toliqishlarning olidini olish tibbiy profilaktikaga mansub bo’lib, tibbiy stressologik bilimlarni aholi orasida, ayniqsa, o’quvchilar va pedagoglar orasida tashviq qilishni kiritish mumkin. Nevrotik toliqishlar oldini olishning turli-tuman ilk profilaktika tizimi yaratilgan. Ularga aholi orasida yosh va jinsiy xususiyatlarni hisobga olgan holda ommaviy ruhiy-gigiyenik tadbirlarni misol qilib keltirsh mumkin. Faol dam olish va hordiq chiqarishni turlarini tanlash yuzasidan tibbiy tavsiyalar ham profilaktika turlariga kiradi. Istak va tibbiy ko’rsatma shaklidagi profilaktik tadbirlarga homilador xotin-qizlarni kuzatish. Nevropatik holatning oldini olish, ichki oilaviy konfliktlarning oldini olishga yordamlashish va boshqalar kiradi.
Hozirgi davr pedagogikasi nazariyasi va amaliyotida pedagogik konfliktologiyani ta’limning mustaqil ilmiy-tadqiqot sohasi ekanligiga doir boy fakt va kuzatish natijalari to’plandi. Pedagogik konfliktlar muammosi ilmiy bilimlar, ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlarning barchasiga baravar taalluqlidir. Qayerda konflikt tushunchasi ishlatilmasa, uning sinonimi bo’lgan “qarama-qarshilik”, “antagonizm” va h.k. terminlar ishlatiladi.
Sinergetik nazariyaga asoslangan holda pedagogik ilmiy tadqiqotlarda bu muammoning barcha fanlarga taalluqli ekanligini hisobga olgan holda uning turli-tuman bilim sohalarida qanday izohlanishini ko’rib chiqamiz. S.I.Ojegov lug’atida konflikt – to’qnashuv, jiddiy fikrlar qarama-qarshiligi, bahs sifatida izohlanadi. (1984 y), “Falsafa qomusi lug’ati”da (1984 y) bu tushuncha leksik birliklar safidan joy olmagan bo’lib “ziddiyat” shaklida keltiriladi va qarama-qarshiliklar, tomonlar va yo’nalishlar, hodisalar qarama-qarshiligi sifatida tushuntiriladi.



Yüklə 55,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin