.Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
4-ilova
Ta’lim turlari (yunoncha “species” alohida, о‘ziga xos xususiyatga ega)
о‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlardir
Ta’lim turlari
Muammoli ta’lim; mujassamlashtirilgan ta’lim; modul ta’limi; rivojlantiruvchi ta’lim; tabaqalashtirilgan ta’lim; dasturiy ta’lim; kompyuter ta’limi; mustaqil ta’lim, hamkorlik ta’limi, individual ta’lim; faol о‘qitish
Zamonaviy sharoitda qо‘llanilayotgan ta’lim turlari
5-ilova
6-ilova
О‘ziga xos xususiyatlar
Bir xil yosh va taxminan bir xil tayyorgarlik darajasiga ega bо‘lgan о‘quvchilardan tarkib topadi va bu tarkibta’limning umumiy davrida
doimiy tarkibini saqlaydi; о‘quv faoliyati yagona yillik reja va dasturga kо‘ra turg‘un dars jadvali bо‘yicha tashkil etiladi; о‘quvchilar maktabga yilning bir vaqtida va belgilangan soatlarida keladilar; о‘quv mashg‘ulotining asosiy birligi dars hisoblanadi; dars odatda muayyan fanlar bо‘yicha tashkil etiladi; о‘quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar; о‘qituvchi о‘quvchilar faoliyatiga rahbarlik qiladi; u о‘z fani bо‘yicha har bir о‘quvchining BKMni baholaydi va yil oxirida о‘quvchini keyingi sinfga о‘tishi haqida qaror qabul qiladi
Sinf-dars tizimining о‘ziga xos xususiyatlari
Dars – о‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli. Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim amaliyotida ta’limning jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan foydalaniladi.
7-ilova
7A-ilova
Dars bevosita о‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt
davomida muayyan о‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi
8-ilova
Asosiy turlari
1) aralash darslar; 2) yangi ma’lumotlarni berish darslari;
3) bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
4) о‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari;
6) bilimlarni tekshirish va tahlil qilish darslari;
7) bitta asosiy didaktik maqsadga ega darslar
Zamonaviy darslarning asosiy turlari
Noan’anaviy darslar.
XX asrning 70-yillarida о‘quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi.
9-ilova
Asosiy turlari
Rolli о‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi о‘yinlar, tanlovlar, teatrlashtirilgan darslar, binar darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va b.sh.
Noan’anaviy dars turlari
9A-ilova
10-ilova
Yordamchi turlari
Tо‘garak; praktikum; seminar; konferensiya; maslahat (konsultatsiya); fakultativ mashg‘ulot; о‘quv ekskursiyalari; о‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va b.sh.
Zamonaviy darslarning yordamchi turlari
11-ilova
Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha о‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va о‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bо‘la olmaydi.
Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o‘quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich kо‘zga tashlanadi:
Tashxislash
Bashoratlash
Loyihalash (rejalashtirish)
11A-ilova
Nazorat uchun savollar:
1. Ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.
2. Ta’limning individual shakli qanday?
3. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
4. Zamonaviy darsga qanday talablar qо‘yiladi?
5. Noan’anaviy darslar deganda nimani tushunasiz?
6. Darsga tayyorgarlik qanday bosqichlarda kechadi?