O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi



Yüklə 76 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü76 Kb.
#133244
O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi


Aim.uz

O‘lchash asboblarining
klassifikatsiyasi

O‘lchash asboblari asosiy qismi, qayd etish shakli, o‘zgartirish shakli va vazifasiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi (1.4- rasm).


Тarkibida elektron (elektrovakuum, ion va yarim o‘tkazgichli) qismlar bo‘lmagan o‘lchash asboblari elektromexanik asboblar, tarkibida elektronqismlari bo‘lgan o‘lchash asboblari esa elektron o‘lchash asboblari deb ataladi. Ko‘rsatuvchi o‘lchash asboblar o‘lchash natijasini qayd etadi. Bevosita baholaydigan asboblarda o‘lchanayotgan kattalik boshqa kattalikka bir yo‘nalishda o‘zgartiriladi. Kompensatsion asboblarda o‘lchanayotgan kattalik qiymati uning o‘lchovi bilan taqqoslanadi.
Bu asboblarda o‘lchash zanjiri butunlay teskari bog‘lanish zanjiri ta’sirida bo‘ladi. Aralash o‘zgartirish usuliga asoslangan asboblarning o‘lchash zanjirining bir qismi teskari bog‘lanish zanjiri ta’sirida bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra o‘lchash asboblari elektrik (tok, kuchlanish, quvvat, chastota va boshqalar) va noelektrik (mexanik, gidravlik, issiqlik, optik va boshqalar) kattaliklarni o‘lchovchi asboblarga bo‘linadi.



1.4 – rasm




Masala. Yuqori o‘lchash chegarasi 10 A bo‘lgan ampermetr shkalasining 2, 4, 6, 8, 10 A nuqtalariga mos ravishda 2,041; 3,973; 6,015; 8,026; 9,976 A to‘g‘ri kelsa, asbobning aniqlik klassini toping.
Yechish. O‘lchash asbobining asosiy o‘lchamlari 2, 4, 6, 8, 10 A lardagi o‘lchashning absolut xatoligini xi = xk – xx hisoblaymiz:
; ;
; ;
.
Nisbiy xatoliklarni hisoblaymiz:
; ;
; ;
.
Keltirilgan xatoliklar:  = (xi / xx) 100%
; ;
; ;
.
O‘lchash asbobining aniqlik klassi keltirilgan xatolikning eng katta qiymatining katta tomonga yaxlitlangan qiymatiga teng, ya’ni 0,5.
1- amaliy ish
Absolut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni aniqlashga doir masala.


Referat mavzulari
1. Metrologiya hamda elektr o‘lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati.
2. O‘zbekistonda metrologik ta’minot.
3. Elektr o‘lchashlarning xususiyatlari va afzalliklari.
4. O‘lchash xatoliklari, ularning klassifikatsiyasi va kamaytirish usullari.
5. O‘lchash asboblarining asosiy xarakteristikalari va parametrlari.
O‘z-o‘zini sinash savollari

1. Elektr o‘lchashlar fani nimalarni o‘rganadi, uning mazmuni va vazifalari nimalardan iborat?


2. Elektr o‘lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyatini gapirib bering.
3. O‘rta asrlarda Sharqda dastavval o‘lchashlarga doir qanday ishlar bajarilgan?
4. O‘lchash, o‘lchash asbobi, o‘lchov, o‘lchash o‘zgartkichi, o‘lchash ti-zimi deb nimalarga aytiladi?
5. O‘lchash umumbirligi qanday bajariladi?
6. SI tizimining asosiy birliklari qaysilar?
7. O‘lchash xatoliklari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
8. O‘lchash xatoliklarini qanday kamaytirish usullarini bilasiz?
9. E.yu.k. elektr qarshilik, sig‘im va induktivlik o‘lchovlari qanday tuzilgan?
10. Aniqlik klassi ta’rifini bering. U qanday aniqlanadi?
Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin