Buyurtmachi quyidagi holatlardan biri yuz bergan taqdirda taklifni ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki keyin uning qaytarilishini
Buyurtmachi quyidagi holatlardan biri yuz bergan taqdirda taklifni ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki keyin uning qaytarilishini ta’minlaydi:
Buyurtmachi quyidagi holatlardan biri yuz bergan taqdirda taklifni ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki keyin uning qaytarilishini ta’minlaydi:
a) taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugashi;
b) davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa;
c) davlat xaridlarining bekor qilinishi;
d) takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi aytib o‘tilmagan bo‘lsa.
Танлов натижалари бўйича шартнома тузиш ва уни бажариш тартиби :
Davlat xaridlarini rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha hisob-kitob qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish va shikoyatlarni, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xarid qilish tartib-taomili natijasi bo‘yicha tuzilgan shartnomaga qo‘shimcha kelishuv uning muhim shartlarini o‘zgartirmasa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilishi mumkin.
Buyurtmachi tomonidan xarid qilish tartib-taomiliga oid barcha hujjatlar, videoyozuvlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.