Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. Taqdimot turlari:
Dostları ilə paylaş: |