Mavzu: taraqqiyotning o‘zbek modeli mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “О‘zbek modeli” va uning о‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 119,58 Kb.
səhifə6/7
tarix11.06.2023
ölçüsü119,58 Kb.
#128644
1   2   3   4   5   6   7
Taraqqiyotning o\'zbek modeli

2.2.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “О‘zbek modeli” va uning о‘ziga xos xususiyatlari.
XX asr jahon tarixiga juda katta o‘zgarishlar olib keldi, insoniyat taraqqiyoti va tanazzulida nihoyatda muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Asr boshida rus inqilobi, rusyapon urushi, Birinchi jahon urushi, 20-yillardan Sho‘rolar hokimiyati hukmronligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, jahon tamaddunida turli qaramaqarshiliklar, ya’ni Germaniyada fashizmning paydo bo‘lishi, ikkinchi jahon urushi 20 va undan keyin ikki qarama-qarshi tizimning yuzaga kelishi va nihoyat 80-yillarda parchalanishi juda katta o‘zgarishlarni boshlab berdi. Bu o‘rinda, albatta, 90-yillarga kelib, sobiq SSSRda qanday tub o‘zgarishlar bo‘lganiga jiddiy e‘tibor beramiz. Demak, sobiq imperiyaning tajovuzkorona siyosati 73 yil mobaynida asta-sekinlik bilan chok-chokidan sitila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham, odamlar xatti-harakatini ham boshqarib bo‘lmaydigan holatlar vujudga keldi. Ana shunday murakkab siyosiyhuquqiy va ma‘naviy muhim hamda aholi ma‘naviy-ruhiy holatining butun miqyosi va mohiyatini to‘g‘ri baholash lozim edi. Darhaqiqat, XX asrning 80-yillari oxirida respublika yetakchisi Islom Karimov qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi? O‘tmishdoshlaridan unga qanday jamiyat meros bo‘lib qolgan edi? U qanday vaziyatda ish boshladi? Darvoqe, masalaga ana shu tarzda xolis yondashilsa, bizningcha, Prezidentning ham, mamlakatning ham to‘laqonli qiyofasi, xalqimizning xohish-irodasi, maqsad va vazifalari, tashvish-iztiroblari, qo‘yingki, hammasi ko‘z o‘ngimizda kino lentasiday yaqqol gavdalanadi. Mavjud hodisalar va qaror topgan ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy-ma’naviy muhitga adolatli tarzda baho berish kerak edi! Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq, aytish joizki, Markaz bilan o‘ziga xos, ya‘ni teng munosabatga kirishdi! Ochiqroq aytganda, uning qat‘iyatliligi, u yoki bu tomonga og‘masdan o‘z mustaqil fikriga egaligi va o‘z yo‘liga sobitligi ― ulug‘ og‘alarga yoqmadi?! ― Millat manfaatiga ko‘proq yon bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga ― qochib borgan bir guruh ― sobiqlar bunday ― qulay fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga solishdi. Qator markaziy nashrlarda O‘zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan ig‘vogarliklar uyushtirildi. Bunday og‘ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, po‘latdek mustahkam iroda talab etardi, - deb yozgan edi professor Narzulla Jo‘rayev (Jo‘rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.). Tarixdan ma’lumki, o‘sha paytda mavjud jarayonlarni chuqur o‘rganmay, tahlil etib ulgurmay turib, ― Birlik xalq harakati va ― Erk demokratik partiyasi vakillari ― Karimov o‘z pozitsiyasini e‘lon qilmayapti. Uning aniq dasturi yo‘q, deb ta’na toshlarini otishdi. Turli mitingbozliklarda ochiqdan-ochiq hujumga o‘tdilar. Islom Karimov tabiatan keng fe’li ila raqiblarga hurmat bilan qarash, ularning fikrlarini eshitish, ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va respublika manfaati uchun har qanday ivg‘ogarliklar, tazyiqlaru zo‘ravonliklar, qolaversa, maqtovlaru xushomadgo‘yliklarga bir xilda munosabatda bo‘lish, faqat aql-idrokka tayanib ish tutish zarurligini bir soniya ham unutmadi!? Alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yo‘li – haqiqat va ezgulik yo‘li, inson haq-huquqlari tengligi yo‘li, ma’naviy barkamollik va yuksak madaniyat yo‘li, bir so‘z bilan aytganda, boy insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 yillarda Islom Karimov o‘z tanlagan yo‘lining to‘g‘riligiga qat’iy ishondi va 21 millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi. Mustaqillikning ikkinchi yilida ―Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik degan mavzuda O‘zR Oliy Kengashining 12 sessiyasida (1993 yil 6 may) quyidagi purma’no fikrlarini muhrladi: ―...Bizni tanlagan yo‘limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bo‘lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga yo‘l yo‘q. O‘zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog‘imiz zarur. Bu yo‘lda ikkilanmoq, manfaatparastlikning mayda-chuyda tashvishlariga o‘ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bo‘ladi! Istiqboldagi O‘zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug‘vor haykal bo‘lajak! O‘zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qo‘shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bo‘lajak‖.( Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: O‘zbekiston. 1993. 182-b.) O‘z-o‘zidan biror voqea-hodisa sodir bo‘lmaydi, albatta. XX asrning 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlaridagi alg‘ov-dolg‘ov paytlarni nihoyatda chuqur: ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma‘naviy tahlil qilgan Prezident Islom Karimovning qat‘iy, hal qiluvchi pozitsiyasi quyidagilarni tashkil qilgan edi: - Yangilik bilan eskilik o‘rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar bo‘lgan. Hayotda esa ko‘pincha yangilikdan ko‘ra eskilik, yaxshilikdan ko‘ra yomonlik, ezgulikdan ko‘ra yovuzlik yashovchan bo‘ladi?! Ana shu hayotiy falsafadan kelib chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig‘ida o‘ralib qolgan mutelik qarashlarni o‘zgartirish oson ish emas edi?! - Yurt mustaqilligi uchun kurashayotgan yetuk siyosatchidan nihoyatda kuchli iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, hayotining har daqiqasini e‟tiqod va g‘oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy darajadagi shaxsiy qatiyat va mustahkam fazilat zarur edi! –Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi ma‟naviy-ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. O‘zbekiston ana shunday jarayonni boshidan kechirmoqda. Mustaqillik - yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi jarlikni to‘ldirish, ya‟ni asta-sekinlik bilan odamlar siyosiy ongi va dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini shakllantirish demak. – Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari bilan birga, bir-biriga zid qarashlar va g‘oyalarni yengib o‘tishi, xalqimiz ongi va qalbida beqiyos yangilanishni amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat o‘zgarishlar - istiqbolga olib keldi. – Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg‘onish hodisasini boshidan kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan so‘ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar o‘zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy mudroqlikka chek qo‘yadilar. Hayotni, olam rangbarangligini o‘zlashtiradilar. Tafakkur qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir. Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana 1991-yil 31-avgust. Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni ko‘zlagan bashoratchi, albatta aniq reja va keng ko‘lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bo‘lgan, eng muhimi mustabid davrda O‘zbekiston 22 SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil qilgan Islom Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990-yil 24-martda birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bo‘lsa, 1991-yil 29-dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat saylovlari asosida juda ko‘p ovoz olib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos soldi. O‘zbek davlatchiligi qachon paydo bo‘lgan? degan savolga Yo‘lboshchimiz shunday javob beradi: ― Nima emish, O‘zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog‘i, 1924-yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan o‘zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bo‘lsa, bu ish uchun jonimni, borlig‘imni berishga tayyorman‖( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. - T.: Sharq. 1998. 11-b.). Har bir jamiyat o‘zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bo‘lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume‘tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi. Shuni ta‘kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bo‘lib, Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bo‘lsa, bizda ham shunday bo‘lishi kerak, deb anglashimiz noto‘g‘ri?! YA‘ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan ijtimoiyiqtisodiy, ma‘naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, geostrategik shartsharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini belgilaydi. Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta‘kidlashicha, “Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan yaratadigan bo‘ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni umume‘tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo‘ldik”, degan purma’no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish muammolarini belgilaydi. Chunonchi: a) siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma’naviy rivojlanishning demokratik obyektiv jihatlari davlat bosh islohotchi sifatidagi jarayonning o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bilan uyg‘unlashgan holda sodir bo‘lmoqda. G‘arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy o‘zgarishlar ko‘p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti o‘lchab bir kes, qabilida ish tutadi. Ya’ni, bu xalqimiz mentalitetidan kelib chiqadi; b) xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga ko‘ra yangilik va xo‘jalik yuritishga ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xo‘jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak 23 yo‘li gullab-yashnashining o‘zagi bo‘ldi. Bu esa davlatimiz taraqqiyotida o‘ziga xoslikni vujudga keltirmoqda; v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu, albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. Ya’ni, uzoq yillar davomida to‘plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur; g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G‘arb davlatlaridagi demokratiyadan farqli o‘laroq, bizda jamoa o‘z o‘zini boshqaradi. Oila yoki jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug‘ bo‘lsa, o‘shaning fikri boshqalarga ko‘proq ta‟sir qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bo‘lib, biror to‘xtamga kelishda ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qo‘rquv yoki qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obro‘li kishilarga bo‘lgan ishonch va hurmatdir. Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur‘oni Karimda ham raiyat1 uchun rahbarlar fikri farzdir, ya‘ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an‘anaviylik va zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan e‘zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta‘limotining noyobligini ko‘ramiz. I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yo‘lidagi imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yo‘llarini belgilab berdi. Ya’ni: 1. O‘zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy jihatdan chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy muvozanat yaratish zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda. Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta. 2. Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning demokratik taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash murakkab hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish «azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok yo‘rig‘i bilan kun ko‘rish «mashaqqati»ni yengish uchun insonga ichki iroda, yangilanish g‘oyasi, qat‟iyatli ong va tafakkur, ma‟naviy-huquqiy qudrat kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg‘otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning asosiy vazifasidir. Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy tomonga o‘zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi ta‘minlanmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy bo‘lishini ta‘minlashda huquqiy davlat asosi - hokimiyatlar bo‘linishining konstitusiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga ega. Chunki, davlat hokimiyati turli organlarning vakolatlari bo‘linishiga nisbatan inson huquqlarining institusional kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga ko‘ra: ― O‘zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - 1 Раият—халқ. 24 qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga‖ (Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: ―O‘zbekiston‖, 1996, 15-b.). Bu fikr Konstitusiyaning 11-moddasida o‘z aksini topgan: ―O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi‖ (O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston. 2008. 6-bet.). Hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilining mavjud bo‘lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat organlari bir-birini muvozanatda saqlab turish va nazorat qilishga yo‘l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qo‘lida hokimiyatning to‘planishiga imkon bermaydigan o‘zaro munosabatlar tartibi o‘rnatiladi. Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari - pirovard natijada O‘zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati davlat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va iliq bo‘lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yo‘lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat ko‘rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas‘uliyat chuqur his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi. Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo davlatlari hamjamiyati e‘tirof etgan yo‘riqlari mavjud bo‘lib, bevosita fuqaroning o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma‘lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning о‘zi kifoya qiladimi? Yо‘q., albatta. Chunki, har bir xalqning o‘z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning o‘ziga xos usuli bor. Shu ma‘noda, Islom Karimov Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA‘ni, Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi. Aslida demokratiyani joriy etishda yurtimizda o‘zbekona tamoyillar shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta‘kidlagan edi. Bu, ikkinchidan, demokratiyaning tashqi siyosatdagi o‘ziga xosligini ta‘minlaydi. Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor yoki yo‘q?! Bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tayotganda, unga yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar berish uslubi bilan darhol qurib bo‘lmaydi?! Bu haqda juda ko‘p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir kuchli milliy 25 davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini SHo‘ro qarashlari bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib chiqib, o‘z nomi bilan mardonavor aytish ayni Yo‘lboshchimiz Islom Karimovning siyosiy sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va layoqatidan iborat bo‘lgan javobgarlikni yuklaydi. O‘rni kelganda, ta‘kidlash joizki, rahbar o‘zini «demokrat», davlatini esa «demokratiya oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, uning davlatida ochlik, qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bo‘lishi ham hech gap emas?! Bir qator MDH davlatlaridagi ijtimoiysiyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bizning davlatimizga kelsak, XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi o‘yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g‘oyadan voqelikka aylangan haqiqiy demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qo‘ygan shahdam qadamlarimiz, bu borada qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz bilan O‘zbekiston davlati tanlagan yo‘l - demokratik tamoyillar mazmunini tashkil etadi. Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi ham muammolar yechimiga ta‘sir ko‘rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston munosabatlari to‘g‘risida 1996-yil 21-iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolanishi bilan demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. Mazkur Bitim doirasida Yevropa Komissiyasi O‘zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa ko‘magi) dasturining bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda. Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani o‘z mentaliteti, o‘z ko‘nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy qiladi.
Xulosa
Ushbu kurs ishi orqali xalqimiz mustaqillik yillarida erishgan
barcha yutuq va muvaffaqiyatlar, avvalambor, davlatimiz rahbari Islom Karimov
rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va
modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiya qilish borasida o‘z
vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga
mo‘ljallangan oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir. Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan yutuqlar va marralardan harqancha faxrlansak, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o‘tgan asrning 90-yillarida obiq sho‘ro saltanatidan qolgan ayanchli meros - biryoqlama rivojlangan, faqat xom ashyo yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va bedodlikdan xalqimizning sabr-kosasi to‘lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash holatiga yetib borganini aslo unutib bo‘lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo‘lining chekkasida qolgan mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan umidini uzgan xalqni o‘ta murakkab vaziyatdan izchil va barqaro rivojlanish yo‘liga olib chiqishning o‘zi bo‘lgani yo‘q albatta.Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda yurtning boshiga, uzoq va yaqintariximizda bo‘lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz bir rahbar kelib qolganida nimalar bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilishningo‘zidahshatli.Unday,holatda xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi? Toley baland xalq ekanmizki, Yaratgan peshonamizga uzoqni ko‘ra biladigan, mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo‘lboshchini ato etdi! Mustaqil Vatanimiz o‘zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga boyligi bilan asrlarga teng yangi tarixi davomida o‘z vaqtida tanlangan, har tomonlama o‘zini oqlagan, to‘g‘riligini hayotning o‘zi isbotlagan, jahonda taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo‘lidan o‘zining buyuk kelajagi sari qatiyat bilan bormoqda. Bugun bu modelning o‘ziga xos va o‘ziga mos jihatlarini, berayotgan samaralari ko‘plab mamlakatlarda o‘rganilmoqda, xalqaro ekspertlar, olimlar va siyosatchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Undan ko‘plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz tanlagan yo‘l - iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligiga asoslangan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohatchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi, jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko‘zda tutadigan mashhur besh tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» samarasida milliy davlatchiligimizning mustahkam tamal toshi qo‘yildi, mamlakatimiz izchil va barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tdi.



Yüklə 119,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin