Mavzu: taraqqiyotning o‘zbek modeli mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 119,58 Kb.
səhifə2/7
tarix11.06.2023
ölçüsü119,58 Kb.
#128644
1   2   3   4   5   6   7
Taraqqiyotning o\'zbek modeli

Kurs ishining maqsadi: Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lida o‘z oldiga qo‘ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashida avvalo juda tez o‘zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo‘lib, ertaga yo‘limizda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o‘ylab yashash zaruratini hayotning o‘zi talab qilmoqda.
Shu muqaddas zaminda yashab o‘tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro‘yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo‘lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o‘zi biz tanlagan yo‘l juda to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo‘l taraqqiyotning o‘zbek modeli sifatida keng o‘rganilmoqda. Bu o‘z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir.
“O‘zbek modeli” tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga bu yil roppa-rosa 22 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov dastlab 1992-yilda chop etilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida o‘zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g‘oya davlatimiz rahbarining 1993-yildagi “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida, “Komsomolskaya pravda” gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiyiqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi.
Kurs ishing vazifasi: Taraqqiyotning o‘zbek modeli mavzusini yoritib berish.
Kurs ishing tuzilishi: Kirish, asosiy qism, 2 ta bob , 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


Yüklə 119,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin