Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli-fayllar.org
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish tamoyili. Didaktikada ta’limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lab olib borish eng asosiy va etakchi tamoyildir. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo‘lib, ana faoliyaga xizmat qilganligi va xayot bilan bog‘langanligi sababli, bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o‘zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llay bilish ham kerak.
Bu tamoyil ta’limning ilmiy tamoyili bilan mustahkam bog‘langandir. O‘quvchilar ilm bilan qurollanar ekan, ilmni nazariy jihatdan o‘rganar ekan ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo‘lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar ilmni tabora rivojlantirib borishini, ilm esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta’limning mazmuni ham, o‘qitish usullari, ta’limni tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi.
Maktab ta’limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili dastavval o‘quv fanining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq holda o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llay olish, o‘quv materiallarini idrok qilish, anglash shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruxiy operatsiyalar bilan bog‘liq holda bir butun jarayonni tashkil etadi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan mamavzutika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va bashka tabiiy fanlardan o‘zlashtirgan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quv tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba er uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi. Bu mashg‘ulotlar ularni kelgusida zarur bo‘lgan tajriba bilan qurollantiradi.
Ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyilining izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o‘quvchilar o‘quv materialining tub mohiyatini, tabiiy va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to‘g‘ri, chuqur tushunib oladilar va kelajakda amaliy faoliyatlari uchuy zarur bo‘lgan maxorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladi.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olgan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar. Bilimlarni amalda qo‘llanish malakalarini hosil qiladilar.
Ishlab chiqarish ta’limi o‘quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko‘nikmalari hosil qiladilar. SHu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniq kiritab boriladi.
O‘quvchilarning korxonalarda o‘tkazadigan ishlab chiqarish amaliy mashg‘ulotlari o‘qishni unumli mehnat bilan bog‘lab olib borishning yakunlovchi bosqichidir. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bajarayotgan hamma ishlari orqali ularda fan asoslarini o‘rganish va mehnatga bo‘lgan qiziqish, intilishi tabora rivojlanadi, mehnatga bo‘lgan muhabbat, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi.