Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma‘noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma‘lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.
2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.
3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi kerak va hokazo.
Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so‘z bo‘lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san‘ati degan ma‘noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o‘quv jarayonini, o‘qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida juda katta farq bor.
Sotsilogik metod. Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlar qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo‘llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o‘quvchilari o‘zlarining bo‘sh vaqtlardini qanday o‘tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so‘rash ko‘plab o‘quvchilardan o‘tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi. Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan: maktablarning birida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o‘rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80%, VI sinfda-75%, VIII sinfda-55% tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining o‘quv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak .
Dostları ilə paylaş: |