Mavzu: tarbiya fanini o'qitish tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 133,21 Kb.
səhifə28/33
tarix05.10.2023
ölçüsü133,21 Kb.
#152363
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli-fayllar.org

Eksperiment metod. Bu so‘z lotincha sinab tekshirib ko‘rish, ilmiy maqsadga qaratilgan tajriba ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.
Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.
1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar. Asl holicha ta‘lim-tarbiya muammolari ma‘lum, suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi.
2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment. (tadqiqotchi biror ma‘no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullarini, yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.
3. Tabiiy eksperimenti asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amho‘rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija haqiqiy bo‘ladi.
Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va hokazo.
Ilg’or tajribani o‘rganish va yoyish metodi. Maktab ta‘lim-tarbiyasida nazariy asoslanib, tajribada ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatida sinalib o‘rganishga tavsiya qilingan pedagogik xulosa deyish mumkin. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy bu metod haqida “o‘tkazilgan, xulosa qilingan asl tajriba to‘g‘risida emas, balki kelingan, uzatilgan, qilingan fikrdadir”-degan edi.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.

Pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma‘lumotlarini ma‘lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma‘lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta‘limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi byudjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi, o‘qituvchi kadrlar tayyorlashi kabilar statistika ma‘lumotlari bilan isbotlanadi.



Yüklə 133,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin