Kurs ishining maqsadi: Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va uning komponentlari tushunchalarini anglab yetish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tariyachisining bolalarni tarbiyalashda yangi metodlardan foydalanhgan holda ta’lim berishi kelajakda bolalar uchun naqadar qo‘l kelishi va kelajak yoshlarining yuqori darajada bilim olishlari ularga bog‘liq ekanligini chuqqroq o‘ragnish.
Kurs ishining predmeti: Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va uning komponentlari asoslarining mazmun mahiyatini shakllantirish.
Kurs ishining obyekti: Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va uning komponentlari o‘rganish jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:
Tarbiyachining kasbiy kompetentligi tushunchai va uning tasnifi
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan sifatlar
Maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali metodik ishlar samaradorligini oshirish
Tarbiyachilarda kasbiy kompetentlikning rivojlantirish texnologiyalar
Kurs ishining tuzilishi :kurs ishimiz kirish,ikki bib to‘rta paragrf va xulosadan iborat.
I bobZamonaviy tarbiyachining kasbiy kompetentligi . 1.1 Tarbiyachining kasbiy kompetentligi tushunchai va uning tasnifi “Kompetentsiya” va “kompetentlik” atamalari o‘zakdosh so‘zlar bo‘lib, ular g‘arb ilmiy adabiyotida XX asrning 60 yillari oxiri, 70 yillarda paydo bo‘ldi. “Kompetentsiya” atamasi milliy pedagogikada XX asrning 90 yillaridan e’tiboran ishlatila boshlandi.
Ta’lim jarayonida kompetentli yondashuv asosida faoliyat olib borish nazariyalari g‘arb olimlari J. Raven, L. Stross, J. Moreno, S.G. Vershlovskiy, Yu.N. Kulyutkin , V.Yu. Krichevskiy, A. V. Xutorskiy, V.A. Slastenin kabilar tomonidan ilgari surilgan. O‘zbek olimlaridan M. Ochilov, N. Sayidahmedov, U. Inoyatov, E. G‘oziev, N.N. Azizxodjaeva, N.A.Muslimovlar kompetentlikning ilmiy-nazariy asoslarini yoritib berdilar.[4] Mazkur olimlar kompetentlikning tuzilishi, turlari va shakllanish bosqichlarini ko‘rsatib berganlar. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining umumiylik va farqli jihatlari yoritilib, kompetensiyaning umumiy va maxsus ko‘rinishlari farqlangan.1 Pedagog kasbiy kompetentligini A.K.Markova quyidagi to‘rt jihatini ajratib ko‘rsatadi:
1. Maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish).
2. Ijtimoiy kompetentlik (qo‘shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil etish).
3. Shaxsiy kompetentlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoyon etish).
4. Individual kompetentlik (o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish).
Pedagog kasbiy kompetentligining to‘rt jihati (B.Nazarova):
1. Maxsus kompetentlik (kasbiy faoliyatini yuqori darajada tashkil etish).
2. Ijtimoiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas’ullik).
3. Autokompetentlik (o‘zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish).
4. Ekstremal kasbiy kompetentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish).
1-rasm Mazkur ilmiy nazariyalar shu kunga qadar olimlar tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, bugungi kunda ham izlanishlar davom etmoqda. Xususan, tarbiyachining kasbiy kompetentligi, uni shakllantiruvchi jihatlar, rivojlantirish usullari borasida amaliy va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olishdir.
Kreativ kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
- muqobil yo‘llarni ko‘ra olish;
- oddiy va yagona to‘g‘ri bo‘lib ko‘ringan holat, fikrlarga tanqidiy yondasha olish;
- yuzaki xulosalardan qochish;
- muammoni chuqur anglab yeta olish;
- istiqbolli fiklay olish;
- an’anaviy bo‘lib qolgan va ko‘plab mutaxassislar tomonidan tan olinayotgan pedagogik g‘oyalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdan qochish;
- tanish ob’ektlarda yangi, kutilmagan tomonlarni kashf eta olish;
- qiyinchiliklardan cho‘chimasdan yangilik yaratish va tatbiq qilishga tayyorlik.
Kasbiy kreativ kompetensiyaga ega mutaxassis:
- o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi, ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.