Mavzu: Tarmoq periferiya qurilmalari. Internet, Intranet, Ethernet, Extranet. Intranet kompyuter tarmoqlari va ularning ishlash tamoyillari
Axborot ashyolari
Axborot ashyolari - deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Kompyuter tarmoqlari
Lokal tarmoq
Mintaqaviy tarmoq
Global tarmoq
Lokal tarmoq
- bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi
Mintaqaviy tarmoq
- biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Global tarmoq
- dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq (internet)
Intranet
- bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog'idir.
Extranet
Internet protokollaridan, tarmoq ulanishini ishlatadigan maxsus tarmoq. Extranet kompaniyaning intranetining bir qismi sifatida ko'rilishi mumkin, u kompaniyaning tashqarisida bo'lgan foydalanuvchilarga, odatda Internet orqali uzatiladi.
Ethernet
Rossiyada eng keng tarqalgan tarmoq turi. Bir uydagi, tuman yoki shahardagi barcha foydalanuvchilarning kompyuterlari bir-biriga bog'lab qo'yilgan juftlik orqali birlashtirilib, keyin ular bir-birlari bilan yuqori tezlikda muloqot qilishadi.
Atamalar:
- Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.
- Seleksiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
- Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter.
- Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
- Konsentrator (HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini ta'minlovchi maxsus qurilma.