MAVZU: TARMOQDAGI UMUMIY VAZIYAT VA UNDAGI RAQOBAT STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH.
REJA: KIRISH. ASOSIY QISM. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari
Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi
XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH. Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes sub‟ektlari tashqi muhit omillariga qarshi o’zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o’zgarishlarning o’z vaqtida hisobga olinishi va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi. Bugungi kunda strategiyalar ko’plab shakl va turlarga ega bolib, talabalar ular to’grisida aniq va maqsadli yo’nalgan bilimga ega bo’lishlari kerak. Strategiyalarning har qanday biznes faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lganligi ularni ilmiy va nazariy asoslarini puxta egallashni talab qiladi. CHunki, bo’lajak mutaxassislar bunday asoslarni yetarli darajada egallamay turib, strategiyalarni ishlab chiqish va amalda qo’llash bo’yicha muhim qarorlarni qabul qilishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Strategik menejment – korxona va tashkilotlarda strategik jarayonni shakllantirish, boshqarish va tahlil qilish, korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, korxonalardagi resurslarni boshqarish, korxona va tashkilotlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda strategik nuqtai-nazarlardan kelib chiqqan holda yondashish, korporativ va biznes strategiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, korxona va tashkilotlarning strategiyalarini rejalashtirish va ijrosini ta‟minlash, korxona va tashkilotlarda strategik o’zgarishlarni boshqarish, strategik pozitsiyalanishni rivojlantirish hamda strategik restrukturizatsiyalash masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Strategik menejment fani korxona va tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida qarashga alohida e‟tibor beradi.
Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma‟lum bir yo’nalishda borishini ta‟minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funksiyalarining bajarilishini ta‟minlaydigan funksional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatdan boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi. E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak: - ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari, - o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari, -yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari), -ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari», -dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim. Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi.
Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi. Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san‟atini egallagan bo„lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak. U diktator emas, balki koalitsiyaning a‟zosi yoki rahbari sifatida ish tutishi lozim. O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma‟lum bir maqsadlarsiz ish tutsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.