"Действия"
qatoridan
"Новые правила"
ni tanlang.
Tizim siz yaratmoqchi bo'lgan qoida turini tanlashingizni so'raydi. Siz
"Программа"
bo'limini tanlashingiz va
"Далее"
tugmachasini bosishingiz kerak
(6.17-rasm).
6.17-rasm.
Yaratilgan qoidaning turini tanlash
Keyingi oyna ochiladi. Ushbu oyna orqali siz barcha dasturlar yoki bitta
dastur uchun qoida yaratishingiz mumkin. Buning uchun
"Этот путь к
программе"
ni tanlang va qoida yaratmoqchi bo'lgan dasturning
exe
faylining
manzilini bering. Buning uchun
"обзор"
tugmasi orqali kerakli dasturni tanlang
(6.18-rasm).
6.18-rasm. Kerakli dasturni tanlash.
Keyingi oynada siz harakatni tanlashingiz kerak, bizning holatimizda
"Заблокировать соединение"
ni tanlashimiz kerak (6.19-rasm). Keyin yaratilgan
qoida bilan bog'liq profillarni tanlaymiz (6.20-rasm).
6.19-rasm. Harakatni tanlash.
6.20-rasm. Profilni tanlash.
Yaratilgan qoidani tugatish uchun siz qoidaga nom berishingiz va
"Готово"
tugmachasini bosishingiz kerak (6.21-rasm).
6.21-rasm. Qoidani nomlash jarayoni.
Yaratilgan qoida tarmoqlararo ekran qoidalari ro'yxatida bo'ladi. Uni istalgan
vaqtda nusxalash, ko’chirish, o'chirish yoki tahrirlash mumkin (6.22-rasm).
6.22-rasm. Biz yaratgan qoida bo'yicha harakatlar.
Biz yaratgan qoidaning ishlashiga ishonch hosil qilish uchun
Google
Chrome
ni ochamiz. Yaratilish paytida biz ushbu dasturning ishlashini to'sib
qo'yganimiz sababli, dastur tarmoqlararo ekran tomonidan bloklanganligi
to'g'risida ogohlantiruvchi oynaga ega bo'lamiz (6.23-rasm). Agar siz yaratilgan
qoidani qoidalar ro'yxatidan o'chirib tashlasangiz, dastur yana ishlaydi va oxirgi
so'ralgan sahifani ochadi (6.24-rasm).
6.23-rasm. Dasturning tarmoqlararo ekran tomonidan bloklanishi.
6.24-rasm. Google Chrome dasturi ishlamoqda
Dostları ilə paylaş: |