Ishni bajarish tartibi:
Tarmoqlararo ekran parametrlarini o'rnatish va sozlash. Birinchi navbatda, tarmoqlararo ekranning holatini buyruqlar qatoridan
ko'rish kerak. Buning uchun win + R tugmalarini birgalikda bosiladi, so'ngra cmd
buyrug'ini kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Shundan so’ng 6.1-rasmdagi oyna
ochiladi. Unga quyidagi kodni kiriting: "C:\Users\user>netsh advfirewall set
allprofiles state off" va Enter tugmasini bosing (6.1-rasm).
6.1-rasm. CLI kodini o'rnatish
Agar kodning oxiridagi "off" holatini "on" holatiga almashtirilsa,
tarmoqlararo ekranni faollashtiriladi (6.2-rasm).
6.2-rasm. Tarmoqlararo ekranni faollashtirish
Tarmoqlararo ekranni ochish juda oddiy. Buning uchun "Пуск" tugmasi
bosiladi, qidiruv satriga "firewall" so’zi kiritiladi hamda tugmacha bosiladi yoki
6.3- va 6.4-rasmda ko’rsatilgan buyruqlar satri orqali kirish mumkin. Shundan
so'ng, quyidagi oyna ochiladi (6.5-rasm).
6.3-rasm.Buyruqlar satri orqali firewallga kirish
6.4-rasm. Buyruqlar satri orqali firewallga kirish
6.5-rasm. Windows Defender tarmoqlararo ekranning asosiy oynasi
Bu yerda siz asosiy sozlamalarni sozlashingiz mumkin va qo'shimcha
funksiyalarni sozlash uchun "
Дополнительные функции " bo'limiga o'tishingiz
kerak (6.5-rasm).
6.6-rasm. Firewallni faollashtirish oynasi
Firewallni faollashtirishni yana bir usuli 6.6-rasmda ko’rsatilgan bo’lib,
bunda firewallni turli holatlar uchun yoqish, o’chirish mumkin.
6.7-rasm. Tarmoqlararo ekranning asosiy va qo’shimcha sozlamalari