Mavzu: Tasavvuf paydo bo‘lgan davr haqidagi qarashlar


 “Asror an – nikoh”. Bu risola islom dini va shariatining nikoh sharti, siru asrorlariga bag’ishlangan



Yüklə 66,4 Kb.
səhifə4/6
tarix20.01.2023
ölçüsü66,4 Kb.
#79903
1   2   3   4   5   6
Mavzu Tasavvuf paydo bo‘lgan davr haqidagi qarashlar

1. “Asror an – nikoh”. Bu risola islom dini va shariatining nikoh sharti, siru asrorlariga bag’ishlangan. 
2. “Risolai samoiyya”. Bu risola naqshbandiya tariqatiga nisbatan farqli ravishda, boshqa silsila tariqatlarida namoyon bo’ladigan zikrlar haqida (ya’ni boshqa tariqatlarda uchraydigan zikrni jahriya, zikri samoiyya va hilvatda (uzlatda) o’tirib zikr aytish kabi gaplar haqida) mushohadalar yuritilgan. 
3. “Risolai vujudiyya”. Bu risola tavhid va vahdatul – vujud haqida, ya’ni Allohning yagonaligi, mavjudligi haqida hadisi sharifdan ma’lumotlar keltirib yozilgan asardir. 4. “Risolai odobus-solikin” – piru murshidning va muridlarning odob-axloqi, vazifalari haqidagi risola. 
5. “Risolai adab us-sodiqin” – ilohiy sevgi, ko’ngildan xudoga sodiqlik, luqmani pok tutib Haqga yetishish haqida.
6. “Ganjnoma” – axloqiy xazinalarning eng asosiysi bo’lgan ilohiy sevgi haqida. 
7. “Risolai baqoiyya” – ko’ngildan ko’z yoshi to’kib tavba qilganlarga xudo tomonidan rahm shafqat va’da qilingani haqida. 
8. “Nasihat us-solikin” – hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning hadislari – “Qalon – nabiy alayhissalom: qalbul - mo’mini arshullohil - azim” (mo’minlar qalbi ulug’ arshdir) mazmuni jihatidan axloq qoidalari asosida hamda Alloh buyurgan ma’naviy qoniqishiga kelish haqidagi risola. 
9. “Sharhi savodil – vajha fi-dorin” – bu risolada ma’naviy qashshoqlik inson uchun ikki dunyoda ham sharmandalik hol va yuzi qoralik kabi ekanligi; hadislar misolida, tariqat nuqtai nazaridan yozilgan. 
10. “Sharhul-valadi sarobiya” – bu risola tarbiya haqida, o’g’il o’z otasiga o’xshashga harakat qilganidek, murid ham o’z piriga o’xshashga harakat qilib, unga ergashish kerakligi haqida. 
11. “Nihoft us-solikin” – bu risola sufiylik tariqatining hushbo’y yo’llari haqida, bu yo’lda Allohdan boshqa hamma narsa ikkinchi darajada bo’lishi kerakligi uqtiriladi. 
12. “Risolai zikr” – bu risolada eng yaxshi va asosiy zikr: “Laa ilaha illalloh” sharhi berilgan. 
13. “Risolai bayoni silsila” – bu risola naqshbandiya silsila sulukining ma’naviyati, uning hazrati Payg’ambar (s.a.v.) va Abu Bakr Siddiq (r.a.)dan boshlab, Maxdumi A’zamning piru ustozlarigacha bo’lgan vakillari bayoniga bag’ishlangan. Risola shayboniylardan Jonibek Sultonning iltimosiga ko’ra yozilgan. 

Yüklə 66,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin