- har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;
- ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
- ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
- ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar
ko’rsatilganliini aniqlaydi:
- korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydigan
nomi;
- korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;
- ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga
taqsimlanishi;
- korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
- ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
- korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan qaror
qabul qilish tartibi;
- dividendlar taqsimlash tartibi;
- amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan, lekin
qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar.
Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy
shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari
tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi
ma’lumotlar bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning toifalari,
ularning nominal qiymati va miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi
shartlar har xil bo’lishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatining barcha aktsiyalari bir
aktsiyador tomonidan sotib olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil
etgan hisoblanadi yoki bir aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu holdagi ma’lumotlar
aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma
tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi kerak.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik
yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak. Aktsiyadorlik jamiyatlari
va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik shaxslar, ham
jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada
qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon
bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil
etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan
boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati ishtirokchilarning
kelishuviga muvofiq aniqlanadi
.
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq har bir tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt
uchun turli mas’uliyatlar belgilanishini inobatga olish zarur. Korxona
ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini tekshirish chog’ida
auditor ta’sischilarning eng ko’p soni va bir ta’sischining ustav kapitalidagi eng ko’p
ulushi, hamda ustav kapitalining eng kam ko’lami tegishli yuridik shaxs uchun
qo’llaniladigan Qonun bilan aniqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda
kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri
hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi
(yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu
maqsadlardagina tekshiriladi.
Ta’sis shartnomasi – muassislarning korxonani tashkil etish chog‘ida o‘zaro
kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat. LOGOTIP VA FIRMA
BELGISI Siz o‘z korxonangizni keng omma orasida taniqli bo‘lishini istasangiz, u
holda uning firma nomini turli grafik belgilar, emblema yoki tasvirlar orqali oson
yodda qoladigan va taniladigan darajasini ta’minlashingiz zarur bo‘ladi.