Mavzu: Ta’sis hujjatlarini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirish. Reja


 Dastlabki hujjatlarni tekshirish



Yüklə 16,82 Kb.
səhifə4/5
tarix16.10.2023
ölçüsü16,82 Kb.
#156152
1   2   3   4   5
Mavzu Ta’sis hujjatlarini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tek-fayllar.org

2. Dastlabki hujjatlarni tekshirish 
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi
hujjatlarga
dalolatnomalar,
nakladnoylar,
bank
ko’chirmalari,
to’lov-
topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa
dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan
mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, er
uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga egalik
qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik
jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi
amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat
turlari uchun berilgan litsenziyalar
soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat
statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan
tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma
aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar
aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari
to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari
davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma
buyruqlar va farmoyishlar
Tashkiliy hujjatlar:



Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga


rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:

ustav kapitalining to’liq shakllanganligi;

ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan
shartlarga mosligi;

ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va
ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan
korxonaning tashkiliyhuquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi,
aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olinadigan,
jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda
esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil
topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi
shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z
ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini
aniqlashi kerak. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga
jamiyatni ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan
bo’lishi kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki
to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun
korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida
qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka
muvofiq QQS ga tortilmaydi.
Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil etish chog’ida pay
(ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar ham, ularning ustav
fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS
ga tortilmaydi. Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar
yoki mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida



qo’shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning


to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda
baholash
jamiyat
ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga
oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan
baholanishi kerak.

Yüklə 16,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin