tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis
hujjatlari bilan tanishish
auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning
manfaati uchun tekshiruv
o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda
ta’sis
shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar
tomonidan tasdiqlangan
bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ)
barcha
ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi
va faoliyat ko’rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda
davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi.
Korxona
ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan
boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan
boshlab yuridik shaxs
maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan, davlat ro’yxatidan o’tganlik
to’g’risidagi
guvohnomaning mavjudligini, agar ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlar
kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini tekshirish lozim.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis
shartnomasida yuqorida
sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:
- ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;
ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki
foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash
faoliyatda ishtirok etish;
mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)
Dostları ilə paylaş: