Plazmatik membrananing buzilishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
Plazmatik membrananing buzilishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
Erkin radikallarning (stabil bo'lmagan va tashqi orbitasida toq elektronlar soniga ega bo'lgan zarrachalar) hosil bo'lishi. Ular faol kislorodga ega bo'lib, membrananing lipidlari bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ortiqcha energiya hosil bo'ladi, lipidlar oksidlanadi.
Komplement tizimining faollashishi. Bular plazmatik membrana faol bo'lmagan oqsillari guruhi bo'lib ularning faollashishi natijasida membrana fermentati yemiriladi. Sog'lom hujayrada bu fermentlar tashqaridan kirgan yod moddalarni parchalash vazifasini bajaradi.
Fermentlar ta'sirida lizislanishi. O'tkir pankreotit (oshqozonosti bezi shamollashi) kasalligida ortiqcha fermentlarning sintezi plazmatik membranani nekrozga (o'limiga) keltiradi.
Kimyoviy va fizikaviy omillar ta'sirida (yuqori yoki past harorat, kimyoviy moddalar)
Endoplazmatik to'r sistemasi ko'pincha mayda pufakchalarga ajraladi. Membranalari yuzasida ribosomalar soni kamayadi, bu esa oqsil sintezini pasaytiradi. Sisternalar yuzasi kengayadi.
Golji apparati sisternalari ham alohida vakuolalarga ajraladi, ular tarkibida sekret mahsulotlari to'dalanib qoladi
Lizosomalarda yuzaga keladigan patologik jarayonlarga tarkibidagi fermentlarning yetishmasligi yoki membranasi uzilib fermentlari gialoplazmaga qo'shilishi kiradi. Natijada hujayraning avtolizisiga (erib ketishiga) sabab bo'ladi.
Ribosomalar patologiya natijasida o'z shaklini o'zgartiradi, spiral shakliga kirishi mumkin.
Hujayra organoidlarining patologiyasi
Mikronaychalardagi dupletlar orasidagi aloqaning uzilishi natijasida kiprikcha va xivchinlar harakatsiz bo'ladi. Chekuvchi odamlarda bronxlar shilliq qavatida joylashgan kiprikchalar harakastiz bo'ladi.
Hujayra shikastlanishida ularning mitotik faolligi tushadi, ular mitozning turli bosqichlarida to'xtab qoladi.
Hujayralar sitoplazmasida turli salbiy reaksiyalarga qaratilgan yagona molekulyar mexanizm – paranekroz deyiladi. Paranekroz reaksiyasi asosida oqsillarda ro'y beradigan denaturasiya jarayoni yotadi. Ularning ikkilamchi va uchlamchi tuzilmalari o'zgaradi, natijada oqsillarning kimyoviy va fizik xususiyatlari o'zgaradi