1.Ontogenez haqida tushuncha 2.Ontogenez kechishi bosqichlari 3.Ontogenezning asodiy xususiyatlari 4.
O'limdan oldin bu hujayralarda sintez jarayonlari to'xtab faolligi kamayadi, vakuolyar tizimi qismlarga ajraladi, mitoxondriyalar o'zgarishga uchraydi va lizosoma ichidagi fermentlar tashqariga chiqishi natijasida hujayra lizislanadi (erib ketadi).
O'limdan oldin bu hujayralarda sintez jarayonlari to'xtab faolligi kamayadi, vakuolyar tizimi qismlarga ajraladi, mitoxondriyalar o'zgarishga uchraydi va lizosoma ichidagi fermentlar tashqariga chiqishi natijasida hujayra lizislanadi (erib ketadi).
Shikastlangan hujayralarda ATF sintezi to'xtab kislorodga bo'lgan ehtiyoj oshadi.
Yadroning strukturaviy o'zgarishida xromatin kondensasiyalanib yadro ichida sintez jarayonlari kamayadi.
Hujayra nobud bo'lishida xromatin koagulyasiyasi, ya'ni uning agregatlar ko'rinishida yadroda yig'ilishi kuzatiladi (piknoz) bu esa ko'pincha yadroning siqilishiga (karioreksis)yoki yadroning erib ketishiga (kariolizis)ga olib keladi. Yadrochalar ulardan RNK sintezi to'xtashi natijasida granulalarini yo'qotib fragmentlarga ajralib ketadilar.
Hujayra nobud bo'lishida xromatin koagulyasiyasi, ya'ni uning agregatlar ko'rinishida yadroda yig'ilishi kuzatiladi (piknoz) bu esa ko'pincha yadroning siqilishiga (karioreksis) yoki yadroning erib ketishiga (kariolizis)ga olib keladi. Yadrochalar ulardan RNK sintezi to'xtashi natijasida granulalarini yo'qotib fragmentlarga ajralib ketadilar.
Yadro qobig'ida ro'y beradigan o'zgarishlardan biri perinuklear bo' shliqning kengayib ketishi, yadro membranalarining erib ketishidir.
O'zgarishlarning erta bosqichlarida hujayra shaklining yumaloqlashishi va uning yuzasidagi o'simtalar, mikro tukchalar sonining kamayishi kuzatiladi. Plazmatik membrana yuzasida turli pufakchalar yuzaga keladi.