Mavzu: Temir yo‘l kassasida, chipta sotish va bo‘sh o‘rinlar hisobi


Asosiy qism Temir yo‘l kassasi va uning tarkibiy qismlari haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/13
tarix12.06.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#128907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Temir yo‘l kassasida,chipta sotish va bo‘sh o‘rinlar hisobi

Asosiy qism

  1. Temir yo‘l kassasi va uning tarkibiy qismlari haqida umumiy ma’lumot.

Temir yo‘llarda chiptalarni undan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kassalardan foydalaniladi. Temir yo‘l chiptalarini maxsus kassalarda va vokzallarda sotib olish mumkin. Chiptalarni rasmiylashtirish yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi. Chiptalarni elektron shaklda ham sotib olish mumkin. Chiptalarni elektron shaklda sotib olishda tegishli blank to‘ldiriladi va to‘lov onlayn yoki offlayn shaklda amalga oshiriladi.
Chiptalarni sotilish jarayoni boshlanishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:

  • Vokzal kassalarida - poyezdlarni ketishidan 45 kun oldin;

  • Poyezd kassalarida va boshqasiga o‘tib bo‘lmaydigan vagonlarda - poyezd ketishidan 24 soat oldin;

  • Oraliq poyezd stantsiyalarida - poyezdda bo‘sh o‘rin borligi ma’lum bo‘lgan paytdan, lekin poyezd kelishidan 1 soat oldin kechikmasdan.

  • Chiptalarni qo‘lda sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi!

  • Chiptalar poyezdning belgilangan manzilgacha bo‘lgan muddatiga amal qiladi.

  • Shaharlararo qatnov chiptalari ularni chipta kassalari tomonidan berilgan kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

Yo‘lovchini vagonga o‘tqazganda vagon kuzatuvchisi chiptani, unda ko‘zdan kechirishdan o‘tganligi to‘g‘risida belgining mavjudligini, shuningdek yo‘lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni tekshirishi shart. Chipta butun safar davomida saqlanishi va tekshiruvchilarga taqdim qilinishi kerak.

1-rasm.
Kassalarda chipta sotib olishda ustunlikka ega fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:

  • 10 yoshgacha (bu yoshga to‘lgan) bolali yo‘lovchilarga;

  • yo‘llanmalar chipta kassasiga taqdim qilingan holda yo‘llanmalar bo‘yicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo‘lovchilarga;

  • tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslarga;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlariga;

  • O‘zbekiston Respublikasi IIV, DXX, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi FVV, Adliya vazirligi xizmatchilariga, xizmat ko‘rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko‘rsatilgan stantsiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘lga chiqishlarda tibbiyot xodimlariga, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlariga;

  • avariya yoki yong‘inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspektsiyasi, «O‘zdavneftgazinspektsiya», gaz nazorati, gaz, kimyo, neftь, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilariga taqdim qilinadi.

Kassalarida navbatsiz chipta olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar quyidagilar hisoblanadi:

  • Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uchinchi darajadagi Shon-shuhrat, «O‘zbekiston Qahramoni», «Sog‘lom avlod uchun» ordenlari va «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan shaxslar;

  • urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;

  • Chernobil AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan shaxslar;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;

  • «Faxriy temiryo‘lchi» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.


  1. Yüklə 1,93 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin