Hamma bosqichlar uchun entropiya o’zgarishlarini yig’indisi aniqlanib, qaytmas jarayondagi entropiya o’zgarishini topiladi.
Har xil jarayonlar uchun entropiya o’zgarishini xisoblaymiz.
Har xil jarayonlar uchun entropiya o’zgarishini xisoblaymiz.
1.Izotermik jarayonlar uchun (suyuqlanish, qaynash, muzlash va x.k.) Bu jarayonni fikran qaytar o’tkazamiz va yuqorida keltirilgan tenglama orqali entropiya o’zgarishini aniqlaymiz.
2.Biror jism (sistema)ni T1 dan T2 temperaturagacha hajm o’zgarmas sharoitda isitilganda (V = const). Bunda (yo’l ma’lum bo’lganligidan) jarayon issiqligi holati funkstiyasi xususiyatiga ega bo’ladi va jarayon yo’liga bog’liq bo’lmaydi. Ilgari keltirilgan tenglamadan foydalanib
4.Ideal gaz uchun ҳar xil jarayonlar uchun quyidagicha ifodalarni keltirib chiqarish mumkin. Izotermik jarayonda hajm yoki bosim o’zgarishidagi entropiya o’zgarishini quyidagi tenglamadan topish mumkin.
SnRln V2 V1=nRln P1/P2
bu erda V1,P1 lar dastlabki va V2,,P2 lar keyingi xajm va bosimlar. Ikki ideal gazlarning o’zaro diffuziyasida entropiya o’zgarishini ҳisoblaymiz. Misol uchun 1 va 2 gaz biror ҳajmda teshigi bor to’siq orqali ajralgan bo’lsin. Agar boshida to’siq bir tomonida n1 mol V1 ҳajmdagi 1-gaz va boshqa tomonda n2 mol V2 ҳajmdagi 2 –gaz bo’lib (ularning bosim va teperaturalari bir xil), bir qancha vaqtdan so’ng teshik orqali gazlar aralashib, to’siqning ikkala tomonida bir jinsli gazlar aralashmasi ҳosil bo’ladi. Bunda n1+n2 mol gazlar hamma hajmni (V1+V2) egalaydi. Diffuziyasidagi entropiya o’zgarishini hisoblash uchun har bir gazning izotermik kengayishidagi (V1 yoki V2 dan V1 +V2 ҳajmgacha) entropiya o’zgarishini xisoblash lozim.