Mavzu: termodinamikaning 2 -qonuni. Entropiya



Yüklə 260,6 Kb.
səhifə4/12
tarix06.04.2023
ölçüsü260,6 Kb.
#94003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-термодинамиканинг иккинчи конуни

Endi gazni siqamiz. Buning uchun porshen ustiga kichik toshlar qo’yib boramiz. Bu jarayonda tashqi muhit gaz ustida ish bajaradi. II nuqtada porshenga kichik bir tosh qo’ysak, uning bosimi birdaniga h gacha ortgach, so’ng asta sekin bu yangi bosimga noto’g’ri keladigan hajmga yetguncha, yangi gaz q nuqtasigacha siqiladi. Bu jarayonda muxitning bajargan ishi qh chizig’idan obstissa o’qigacha bo’lgan, ya’ni qhV2V1 yuzaga teng bo’ladi. Shu yo’sunda gaz I xolatga siqiladi. Sistema I xolatga kelganda bajarilgan ish ahV2V1 kvadrat yuzaga teng bo’ladi. Demak, siqilish jarayonida sistemada bajarilgan ish kengayish jarayonida bajarilgan ishdan ko’ra ko’p bo’ladi. Bu farq kvadratlar yig’indisiga teng.

Demak sistema o’zining ilgarigi I xolatiga qaytib keldi, lekin atrofidagi muxit qaytib kelmaydi, bajarilgan ishlar farqi, sarflangan energiya farqi atrofda qoladi. Atrof soviydi yoki isiydi. Shunga ko’ra bu qaytmas jarayon bo’ladi.

Agar toshlar juda ham (cheksiz) kichik bo’lsa, pog’onalar ham kichrayib, muvozanat chizig’iga yaqinlashadi, bajarilgan ishlar farqi xam kamayib boradi. Shunday qilib jarayonni qaytar jarayonga aylantirish mumkin. Jarayonni qancha ko’p bosqichda olib borilsa shuncha qaytar jarayonga yaqinlashadi. Agar jarayon egri chiziq bo’ylab borsa to’la qaytar bo’ladi

Yuqoridagilarni jamlab shuni aytish mumkin: jarayon qaytar bo’lishi uchun:

Yuqoridagilarni jamlab shuni aytish mumkin: jarayon qaytar bo’lishi uchun:

a) jarayon bir yo’ldan borib shu yo’ldan qaytishi;

b) jarayonning xamma bosqichi qaytar bo’lishi;

v) sistemaning xamma bosqichlaridagi xolati muvozanat xolatidan cheksiz kichik farq qilishi;

d) qarama-qarshi kuchlarning farqi juda kichik bo’lishi kerak.

Jarayonlarni o’z-o’zidan borish shartlari

Termodinamik nuqtani nazardan jarayonlarni o’z-o’zidan borish bormasligini, yo’nalishini va muvozanat shartlarini ikki usulda aniqlash mumkin.


Yüklə 260,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin