Mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va ma’nodoshlarini toping. Temur tug‘i



Yüklə 253,04 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.06.2023
ölçüsü253,04 Kb.
#133436
333 узбек тили



Mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang 
va ma’nodoshlarini toping. 
1. Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher(A.Oripov.). 2. Tiliga 
kuchi yetadigan kishi aql podshosidir;so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi 
la’natlangan, pastdir(A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, 
bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshinutq tuzish uchun 
nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidanfoydalanish zarur bo‘ladi. Ularning 
birontasiga ahamiyatbermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan 
ikkitasigata’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimiyoki sen so‘znikimi, 
deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki vaso‘z menikidir, chunki so‘z insonlik 
daraxtining 
mevasidir,daraxtni 
mevadan, 
mevani 
esa 
daraxtdan 
ajratib 
bo‘lmaydi.Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo vaRasulning so‘ziga 
muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil(Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda 
so‘zning qanday ma’nogaega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday 
qushnito‘ti deydilar (Kaykovus)
Mashq. Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilaribilan 
almashtirib, gaplarni ko‘chiring. 
1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrovuxlab qoldi. 2. Ko‘lning 
zilol suvida tonggi quyosh nurlaritoblanmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan ko‘ylak 
bu qomatdorqizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, 
qurilishni bayramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikkabir inson keldi. 6. 
Cho‘pon ozg‘in qo‘ylarni yaylovga haydab,o‘z makoniga qaytib keldi. 7. Nachalnikka 
uchrashsam, sudgadavo qilishingiz mumkin, dedi. 
Topshiriq. Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabatbildirib, so‘z 
qo‘llashning ahamiyatini asoslang. 
Gap shundaki, hozirgi vaqtda, tilimizning boyligini,uning qochiriqlarini 
o‘rganishga eringan, so‘z san’atiga hunardeb emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi 
bir hovuch so‘zniyillar davomida aylantirib kun ko‘rib yurgan bir turkum 
qalamahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulosa 
»lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hechkim gapirmaydi, 
zotan gapirish mumkin ham emas, faqatyozib o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan 
narsani birqiyomda o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga 
yozilmagan, lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra«yaxshi ovqat 
yedim!» deb yozib bo‘lmaydi, albatta, «sifatliovqatlandim» deb yozish shart! 
«Papiros chekadigan kishigugurtini olib yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas. 
«Papiroschekish odatiga ega bo‘lgan kishi o‘zini tegishli gugurt bilanta’minlab 
yurishi kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilde latifa aytib bo‘lmaydi, yozib 
bo‘lmaydi! Bu tilda hazilga,maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu 
tilhar qanaqa jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqimazmunni taxtaga 
tortadi, har qanaqa lektorni g‘urbatninguyasiga, har qanaqa auditoriyani o‘lik chiqqan 
hovligaaylantiradi!A. Qahhor, «Quyushqon» hajviyasidan. 

Yüklə 253,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin