Mavzu: Teshik va nasadkalardan suyuqliklarning oqib chiqishi



Yüklə 76,33 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü76,33 Kb.
#146804
Teshik va nasadkalardan suyuqliklarning oqib chiqishi


Mavzu: Teshik va nasadkalardan suyuqliklarning oqib chiqishi
Suyuqlikning teshikdan oqib chiqish masalasi amaliy gidravlikada, ya’ni texnikani ishlatish va yangilarini yaratishda e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki suyuqlikning teshik va kalta quvurlardan oqib chiqish qonuniyatini bilmasdan, yangi texnikasini yaratib va eskisini rostlab hamda ishlatib bo‘lmaydi. Zamonaviy avtomat- lashtirilgan robot texnikasi gidrodinamika qonunlari bilan ish ko‘radi. Bu masala yechimlarini topishda Torrichelli va Bernulli hammadan ham ko‘proq ishlagan.
Bu masala hozirgi kunda ham mashinasozlik, energetika, aviatsiya va kosmonavtikada ishlatiladigan baklar, qozonlar, turli xil rezervuarlar hamda gidrosistemalardagi teshik va kalta quvur­lardan suyuqlikning oqib chiqish jarayoni uchraydigan hol bo‘lgani uchun uning qonuniyatlari o‘rganilmoqda. Masalan, ichki yonuv dvigatellarining yangi konstruksiyasini loyiha- lashda, ularning quvvatiga mos keluvchi miqdordagi yoqilg‘ini ta’minlash sistemasidagi jiklerlar teshikchasi va kalta quvurlar­dan oqib chiqishi qayta hisoblanadi.
Mototsikl va avtomobil, samolyot shassilarida keng qo‘llani- ladigan gidravlik amortizatorlar va og‘ir to‘plarda ishlatiladigan orqaga ketishdan saqlovchi gidrosistemalarning ishlashi ham su­yuqlikning kichik teshikchalar va quvurlardan oqib chiqishiga misol bo‘la oladi. Shuning kabi kosmonavtika va aviatsiya, robotlashgan ishlab chiqarish texnikasida suyuqlikning teshik va kalta quvurlardan oqib chiqishining muhimligini muhandislar bilishadi.
Suyuqlikning oqib chiqishidagi asosiy masala bu turli- tuman geometrik shakllardagi teshik va kalta quvurlardan oqib chiqayotgan suyuqlikning tezligini va sarfini aniqlashdan iborat. Cho‘ktirilmagan kichik teshikcha va kalta quvurlardan suyuqlik naychasi to‘g‘ri atmosferaga (2.7-rasm) yoki boshqa idishga, cho‘ktirilganlari esa suv ombori (yoki idish)dagi sathi pastroq suyuqlik ostiga oqib chiqishi mumkin (2.8-rasm). Ikkala holatda

ham suyuqlik zarralarining tezligiga va sarfiga suyuqlikning og‘irlik kuchi va damming ta’siri bo‘ladi. Oqib chiqish parametr- lari, nafaqat, dam N yoki sathlar farqiga bog‘liq bo‘lib qol- masdan, teshik va kalta quvur turiga ham bog‘liq bo‘ladi. Teshiklar yupqa va qalin devorli, kichik va katta bo‘lishi bilan farq qiladi. Teshikning diametri d (yumaloq) yoki to‘rtburchak bo‘lganida, uning balandligi a ning qiymati N ga nisbatan ancha kichik bo‘lganida ularni kichik teshiklar deyiladi, ya’ni d < 0,1H nisbatni qoniqtiradi. Aksincha, d > 0,1 H bo‘lganida esa ularni katta teshiklar deb yuritiladi. Oqib chiqish parametri (tabiati)ni o‘zgartira olmaydigan qalinlikdagi devorni yupqa devor deyiladi. Tajribada aniqlanganki, bunday turdagi devor qalinligi teshik diametridan (0,5 —1,0)d katta bo‘lmasligi kerak. Shunda teshikdan oqib chiqayotgan oqim naychasi devor qalinligi che- garasida unga tegmaydi. Shuning uchun devordagi o‘tkir, uchli teshiklar chekkalari oqim nayining shakliga va gidravlik tabiatiga ta’sir qilmaydi. Teshik devor qalinligi l > 3d (5 > 3d) bo‘lguniga qadar orttirilsa, suyuqlikning oqib chiqish tabiatini o‘zgartiradi va unda teshik kalta quvurday, ya’ni oqimni yo‘naltiruvchi nayday ishlay boshlaydi.
Kichkina teshikka kiritilgan oqim tabiatini o‘zgartiruvchi qisqa quvurni (nasadka-patrubka) uchlik kalta quvur deyiladi. Ko‘rinishi egri chiziqli ingichka nay shaklidagi kalta quvurlardan silindrik, konussimon, konodial (2.9-rasm) lari ko‘p tarqalgan. Teshik va kalta quvur tekisligidan suyuqlik oqib chiqishida

1 = (0,5— 1,0)d masofada nay kesimini siqilish hodisasi kuzati- ladi. Bunga sabab, idish ichidagi suyuqlik nayi teshikka bir tekis egrilanuvchan ko‘rinishdagi trayektoriya bo‘ylab oqib keladi va mexanikaning birinchi qonuniga muvofiq, o‘zining inertligini, ya’ni o‘z trayektoriyasini saqlab qolishga intiladi. Natijada suyuq­lik zarrachalari o‘zaro to‘qnashadi, bir-birini bosadi, oqibatda nay siqiladi. Bu hodisa siqilish koeffitsiyenti bilan baholanadi.
Siqilgan nay kesimi yuzasi Sc ning teshik diametri yuzasi S0 ga nisbati e = So/S0 ni siqilish koeffitsiyenti deyiladi.
Siqilish mukammal va nomukammal hamda to‘liq va noto‘liq bo‘lishi mumkin. Idishning yon devori va tagi teshik konturidan yetarli darajada uzoqda joylashganida va suyuqlik nayining oqib chi- qish tabiatiga ta’sir ko‘rsatmaganida, ya’ni 11 > 3d va 12 > 3d bo‘lganida, suyuqlik nayi mukammal siqilgan bo‘ladi. Aksincha holatda, suyuqlik nayining nomukammal siqilishi kuzatiladi. Nomukammal siqilish jarayonida siqilish koeffitsiyenti ortib boradi.
Teshik perimetri bo‘yicha, ya’ni hamma tomonlama bir me’yorda siqilishni to‘la siqilish deyiladi.
Suyuqlik nayining bir yoki bir necha tomonidan har xil siqila- digan nayni noto‘liq siqilish deyiladi.
Noto‘liq siqilishda teshik perimetrining biror qismi idish de­vori yoki tagi bilan birlashib ketadi.
Yüklə 76,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin