M O R F E M I K A (so'z tarkibi)
So'zning eng kichik ma'noli qismlarini o'rganadigan tilshunoslik bo'limiga
MORFEMIKA (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi.So'zning eng kichik ma'noli
qismiga MORFEMA deyiladi va bu atamaning o'rniga
"SO'ZNING ENG KICHIK MA'NOLI QISMI" atamasi ham qo'llanilaveradi. Morfemalar
"nutqda qanday qo'llanila olish imkoniyatiga ko'ra" quyidagicha ikki turga bo'linadi:
ASOS (yetakchi morfema)
QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema)
Tarkibida hech qanday qo'shimchalarsiz nutqda mustaqil qo'llanila oladigan so'z qismiga
ASOS (yetakchi morfema) deyiladi. Yetakchi morfemasiz nutqda mustaqil qo'llanila olmaydigan so'z qismiga esa
QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema) deyiladi.
Masalan: Buvim toshbag'ir insonlarning qismatini ko'p so'zlab bergan. Ushbu jumlada 16 ta MORFEMA (so'zning eng kichik ma'noli qismi) mavjud va ularning 8 tasi ASOS (yetakchi morfema), qolgan 8 tasi esa QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema):Buvi(ASOS) + m (QO'SH.) tosh(ASOS) + bag'ir(ASOS) inson(ASOS) + lar (QO'SH) + ning (QO'SH) qismat(ASOS) + i (QO'SH) + ni (QO'SH) ko'p(ASOS) so'z (ASOS) + la (QO'SH) + b (QO'SH) ber(ASOS) + gan (QO'SH)
Endi qo'shimchalarning turlarini o'rganishni boshlaymiz: Qo'shimchalar asosga qo'shilib ularga yangi ma'no berishi yoki yangi ma'no bera olmasligiga ko'ra quyidagi ikki turga bo'linadi:
so'z yasovchi qo'shimchalar
shakl yasovchi qo'shimchalar
Asosga qo'shilib unga yangi ma'no beradigan qo'shimchalarga
SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR deyiladi va ular qaysi turkumni hosil qilishiga ko'ra so'z yasovchilar "
ot yasovchi, sifat yasovchi, ravish yasovchi va fe'l yasovchi" kabi turlarga bo'linadi:
Ot yasovchilar: