Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


Egalik qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə7/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Morfemika

Egalik qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari:
Egalik qo'shimchalari o'zidan oldin kimning? nimaning? qayerning? Kabi so'roqlarga javob bo'ladigan so'zlarni talab qiladi va bu so'zlar matnda qatnashmagan bo'lishi mumkin, lekin o'rniga tiklashimiz mumkin bo'ladi:
Muallim kitobimni avaylab ochdi. (mening kitobim) --- tushundingizmi? Endi misollar keltiramiz:
Birinchi shaxs birlik: mening kitob+im, mening hovli+m
Birinchi shaxs ko'plik: bizning kitob+imiz, bizning hovli+miz
Ikkinchi shaxs birlik: sening kundalik+ing, sening orzu+ng
Ikkinchi shaxs ko'plik: sizning uy+ingiz, sizning hovli+ngiz
Uchinchi shaxs birlik: uning hovli+si, uning kitob+i
Uchinchi shaxs ko'plik: ularning kitoblari, uylari.
ESLATMA: -m, -miz, -ng, -ngiz, -si kabilar unlidan keyin keluvchi egaliklardir, -im, -imiz, -ing, -ingiz, -i kabilar esa undoshdan keyin keladigan egaliklardir.
Uchinchi shaxs ko'plik -(lar)i holati unlidan keyin ham, undoshdan keyin ham bir xil qo'llanilaveradi.
2) Kelishik qo'shimchalarining xususiyatlariga to'xtalib o'tirmaymiz, chunki juddda oddiy.
Belgili va belgisiz kelishiklar haqida ismlar mavzusida gaplashamiz.
3) Bog'lamalarning xarakterli xususiyatilari: -man, -miz, -san, -siz, -dir, -
dir(lar) kabilar bog'lamalar hisoblanadi va ular har doim KESIM tarkibida, ya'ni ot kesim tarkibida qo'llaniladi. Va o'zidan oldin ega vazifasini bajargan "MEN, BIZ, SEN, SIZ, U, ULAR, O'ZIM, O'ZING, O'ZIMIZ, O'ZINGIZ, O'ZI, O'ZLARI" kabi olmoshlarni talab qiladi(ular matnda qatnashmagan bo'lishi mumkin, Lekin o'rniga tiklash juda oddiy):
Birinchi shaxs birlik: Men eng faol o'quvchi+man.
Birinchi shaxs ko'plik: Biz navqiron Vatanning tayanchi+miz.
Ikkinchi shaxs birlik: Sen ishonchli sirdosh+san.
Ikkinchi shaxs ko'plik: Siz kelajakning bunyodkori+siz.
Uchinchi shaxs birlik: U go'zallik timsoli+dir.
Uchinchi shaxs ko'plik: Ular eng yaxshi quruvchi + dir(lar).
ESLATMA: -man, -miz, -san, -siz shaxs-son qo'shimchalari hamda -man, -miz, -san, -siz (-dir) bog'lamalari kesim tarkibida qo'llanilishi va bir xil egalarni talab qilishi jihatidan juda o'xshab ketadi, biroq qanday kesim tarkibida kelishiga ko'ra bir-biridan farqlanadi: -man, -miz, -san, -siz shaxs-son qo'shimchalari har doim fe'l kesim tarkibida keladi. -man, -miz, -san, -siz bog'lamalari esa har doim ot kesim tarkibida qo'llaniladi: Men shifokorman. (Bog'lama, chunki ot kesim tarkibida kelgan)
Men ishonaman. (Shaxs-son, chunki fe'l kesim tarkibida kelgan)

Yüklə 116,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin