Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


-ir (yaxlit orttirma nisbat) bitirmoq, uchirgach, pishirmasin.... "-i" + "-r"



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə5/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Morfemika

-ir (yaxlit orttirma nisbat) bitirmoq, uchirgach, pishirmasin....
"-i" + "-r" (fe'l yasovchi "-i" va zamon "-r") tichir edi, mendan besabab ranjir edi, bir yilda boyir emish, sal shamoldan ko'chadi changir ekan.
-ish (birgalik nisbat) bajarishdi, olib kelishsin......
-ish (harakat nomi) bajarishning, olib kelishini.....
-i + -sh (so'z yasovchi va lug'aviy: birgalik nisbat yoki harakat nomi) Juda tez boyishning siri nimada? Hamkasblarim mendan ranjishdi.
ESLATMA: Birgalik nisbat -sh, -ish qo'shimchalari va harakat nomi -sh, -ish qo'shimchalari birbir-biridan juda oson farqlanadi. Agar o'zidan keyin zamon, shaxsson, mayl, bo'lishsizlik kabilarni qabul qilgan bo'lsa, birgalik nisbat hisoblanadi. Agar -sh, -ish qo'shimchalari o'zidan keyin egalik, kelishik, bog'lamalarni yoki ko'makchilarni(bilan, uchun, haqida....) qabul qilgan bo'lsa, harakat nomi qo'shimchasi hisoblanadi.

  • -ar (yaxlit fe'l yasovchi) ko'karmoq, qizargach, ....

  • -ar (yaxlit zamon qo'shimchasi) Nabiramni ham olib kelarsiz. Ahvolimga kular edingiz.

  • -ar (yaxlit lug'aviy sifatdosh) Aytar so'zim qolmadi.

  • -ar (yaxlit lug'aviy, orttirma nisbat qo'shimchasi) ukam qaytdi - ukamni

  • qaytardim. Yangi maqolasi chiqdi - yangi maqolasini chiqardi.

  • -a + -r (bunda ajraluvchi fe'l yasovchi va zamon qo'shimchalari edi.)

  • QIYNAR bo'lsang, qiynab to'yding-ku. Tun-u kun hovlida O'YNAR edik. (qiyin+a+r, o'yin+a+r)

  • -ib (ravishdosh) ishlatib qo'ymoq, xo'rsinib .....

  • -ib (-man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-sonlardan oldin kelsa, zamon qo'shimchasi hisoblanadi) eshitibman, bajaribsiz....

  • -i (so'z yasovchi) + -b (shakl yasovchi) bemavrid ranjibsan, ularning janjali tinchib ketdi.....

  • -ayotgan (undosh bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan sifatdosh qo'shimchasidir) olib kelayotgan mahsulatlaringiz, kulayotgan inson.....

  • -a + yotgan (bunday holda -a fe'l yasovchi hamda -yotgan qo'shimchasi unli bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan sifatdosh qo'shimchasi hisoblanadi: qiynayotgan savollar, yashayotgan insonlar, o'ynayotgan bolalar..... o'yin+a+yotgan.....

  • -sat (yaxlit orttirma nisbat). Eslatma: bu qo'shimcha faqat "ko'rmoq" fe'liga qo'shiladi va ayrim abituriyentlar "ko'rsatmoq" fe'lining tarkibidan shart mayli –sa va orttirma nisbat -t kabi qo'shimchalarni ajratishadi. Bu xato, chunki MAYL QO'SHIMCHALARI hech qachon NISBAT QO'SHIMCHALARI dan oldin kelmaydi: ko'rsatmoq=ko'r+sa+t+moq. Xato tahlil. ko'rsatmoq=ko'r+sat+moq. To'g'ri tahlil.

  • -sa + -t. (Bunday ajaraladigan hollarda -sa fe'l yasovchi va -t orttirma nisbat hisoblanadi) Ishchilarni suvsatmoq. Suv+sa+t+moq

  • -aylik (undosh bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasi) biroz suhbatlashaylik. Muammolarni birma-bir aytaylik......

  • -a + -ylik (bunday holda -a fe'l yasovchi hamda -ylik unli bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasidir) Tinch-xotirjam yashaylik. Keling, birga o'ynaylik. O'yin+a+ylik.

  • -ay (undosh bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasi) Men ham borib kelay. Ozroq suhbatlashay.......

  • -a + -y (bunday holda -a fe'l yasovchi hamda -y unli bilan tugagan fe'llarga qo'shiladigan buyruq mayli qo'shimchasi) Pulni o'zim sanay.

  • -a + -y (bunday holda -a fe'l yasovchi va -y zamon qo'shimchasi. -man, -miz, -san, -siz qo'shimchasi -y zamon qo'shimchasdan keyin kelishi kerak) Salqin havoda o'ynaymiz. Xorijda yashaysanmi?

  • -a + -y (bunday holda -a fe'l yasovchi va -y ravishdosh bo'la oladi. Bunday holda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining yetakchi fe'li bo'lib keladi) Ishchilarning ro'yxatini sanay olaman. Shundan so'ng tinch yashay boshladi. Meni asossiz qiynay olmaysiz. ......

  • -gani (yaxlit ravishdosh) ESLATMA: ushbu qo'shimchani qabul qilgan so'z "NEGA? NIMA MAQSADDA?" kabi so'roqlarga javob bo'ladi va o'zidan keyin egalik va kelishik qo'shimchalarini, ko'makchi (bilan, uchun, haqida...) larni qabul qila olmaydi. O'zidan oldin esa bo'lishsizlik "-ma" qo'shimchasini qabul qila olmaydi. (-gani yaxlit ravishdoshni qabul qilgan so'zlar faqat MAQSAD HOLI vazifasini bajaradi.) Ikki fuqaro muzeyga turli buyumlarni o'grilagani kirgan emish. (Nega kirgan ekaaan? --- o'g'rila + -gani kirgan ekan) Vazifamni bajargani kelganman. (Nega kelgan?)

  • -gan + -i (bunda "-gan" qo'shimchasi sifatdosh hisoblanadi, "-i" qo'shimchasi esa egalik hisoblanadi) ESLATMA: ajraluvchi bu qo'shimcha o'zidan oldin bo'lishsizlik "-ma" qo'shimchasini qabul qila oladi. O'zidan keyin esa kelishik qo'shimchalarini, bog'lamalarni va ko'makchi (sayin, haqida, uchun, bilan....) larni erkin qabul qila oladi: Topshiriqlarni o'z vaqtida bajarmaganidan qattiq afsuslandi. (Bajar+ma+gan+i+dan) Vazifasini bajargani UCHUN dakki eshitmadi. (Bajar+gan+i holatida ajraladi, chunki oxirida "uchun" ko'makchisi booor) Ajraluvchi -gani + -i holatidan oldin yoki keyin yuqoridagi vositalar mavjud bo'lmasligi ham mumkin."NIMA?" so'rog'iga javob bo'ladi va EGA vazifasini bajaradi. Masalan:Vazifasini bexato bajargani hech kimga sir emas. (Nima hech kimga sir emas?) Ikki fuqaroning turli buyumlarni o'g'rilagani o'z vaqtida isbohlandi. (Nima isbotlandi?)

  • -moqda (yaxlit hozirgi zamon qo'shimchasi) ESLATMA: bu qo'shimcha, albatta, fe'l kesim tarkibida keldi va -yapti(yap) kabi hozirgi zamon qo'shimchasi bilan erkin almashina oladi:

  • To'kilmoqda tomchilab umr,

  • Malaklarning gul kosasidan.

  • Ushbu matndagi "to'kilmoqda" so'zi "to'k(asos) +il (nisbat) +moqda (yaxlit zamon)" , mana qarang: "To'kilyapti" tomchilab umr Malaklarning gul kosasidan.

  • -moq + -da. (bunda -moq qo'shimchasi harakat nomi hisoblanadi, -da qo'shimchasi esa kelishik qo'shimchasi hisoblanadi) ESLATMA: ajraluvchi. –moq + -da kabi holat hech qachon fe'l kesim vazifasini bajara olmaydi, yana bir muhim jihati kelishikdan oldingi -moq harakat nomi qo'shimchasi "-ish" harakat nomi qo'shimchasi bilan almashina oladi:

  • Nahot shuncha azob, shuncha g'am

  • Sevishmoqda alam bor shuncha.

  • Jumlasidagi "sevishmoqda" so'zi quyidagicha morfemalarga ajraladi: sev (asos) + -ish (birgalik nisbat) + -moq (harakat nomi) + -da (kelishik).

  • Sevishishda alam bor shuncha.

  • Sev + ish (birgalik nisbat) + -ish (harakat nomi) + -da (kelishik)

  • -imiz (undoshdan keyin keluvchi yaxlit egalik qo'shimchasi, birinchi shaxs, ko'plik)

  • "-i" + "-miz" (bu holatda "-i" uchinchi shaxs birlik egalik qo'shimchasi hisoblanadi, "-miz" esa birinchi shaxs, ko'plik bog'lama hisoblanadi).


  • Yüklə 116,73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin