Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyasi
XULOSA
Endi esa, EHM va SHEHM (personal komp`yuter) o`rtasidagi farqni aniqlab olsak. Hozirgi zamonda SHEHM (personal komp`yuter) dan tashqari boshqa turdagi EHMlardan ham ko`p foydalaniladi. Ular quyidagilar: katta EHMlar yoki maynfreymlar, Super-EHMlar, Mini-EHMlar, ishchi stantsiyalar atamasi ostida, personal komp`yuter quvvatiga teng yoki undan ham yuqori kuchga va imkoniyatga ega kichik EHMlar, personal komp`yuterlar.
O`zining taraqiyot darajasi, elementlar bazasi, xotirasi va tezligiga qarab EHMlar asosan besh avlodga bo`linadi.
Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasining asosini to`rtinchi avlod mashinalari tashkil etadi.
Birinchi avlod (1946—1955 yillar) EHMlarida elektron sxemalarning barcha zlementlari alohida detallar ko`rinishida tayyorlanar edi. Ular ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish mumkin bo`lgan vakuumli elektron lampalar edi. Bunday lampalarning bir nechtasi metall panel — shassi ustiga o`rnatilar, o`z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga joylashtirilardi. Ushbu shassining o`ziga sxemaning boshqa elementlari (rezistorlar, kondensatorlar va h.z.) ham mustahkamlab qo`yilar edi. EHMning o`zi esa elektron lampali shassilar bilan to`ldirilib tashlangan ko`p sondagi metall shkaflardan iborat ko`rinishga ega bo`lgan. Birinchi avlod mashinalari katta zallarni egallagan holda, yuzlab tonna og`irlikka ega bo`lib, yuzlab kVt elektr energiyasini sarflar va ularning tezligi sekundiga 10-20 ming arifmetik amalgacha edi. Bunday EHMlar jumlasiga MESM, BESM, Strela, Ural, Minsk-1 kabi va boshqalar.
Ikkinchi avlod (1955—1965 yillar o`rtalari) EHM tranzistorlarining ixtiro qilinishi tufayli paydo bo`ldi. Tranzistorlar o`lchamlarining radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar deb ataluvchi ko`rinishda tayyorlash imkonini berdi. Bunday platalarning bir tomoniga tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, qalaylangan ikkinchi tomoni sirtida sxema elementlarini bog`lovchi yupqa ko`rinishdagi metall o`tkazgichlar joylashgan plastmassa plastinka bor edi.