Mavzu: Tijorat banklari va ularning operatsiyalari


Tijorat banklari tamoyillari, asosiy vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix24.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#160410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu Tijorat banklari va ularning operatsiyalari

1.2. Tijorat banklari tamoyillari, asosiy vazifalari. 
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular 
faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi:
1
1.
Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb 
qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili; 
2.
Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida 
xizmat ko‘rsatish tamoyili; 
3.
Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi tamoyili; 
4.
Banklar faoliyatining tijorat tavsifi tamoyili;
5.
Mijozlar manfaatini himoya qilish tamoyili;
6.
Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi 
tamoyili; 
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarni tashkil 
qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va 
omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha 
raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan jalb 
qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga 
qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos yaratadi. 
Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud 
bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank 
vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit 
xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd 
pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud 
mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va 
kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb 
qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda 
avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. 
Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu 
mablag‘larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha 
to‘lovlarni o‘z vaqtda amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq 
bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. 
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili 
banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan 
unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarni 
likvidligini oshirishga yordam beradi. 
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga 
asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va 
omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va 
amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi,daromadlarni 
mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi 
mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy - 
1
SH.Abdullayeva. Bank ishi. Toshkent “IQTISOD MOLIYA”32- bet 2010-yil 


12 
me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy 
jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin. 
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining 
tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul 
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, 
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi. 
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga 
asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak. 
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji 
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi. 
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri 
hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank faoliyatida 
risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning daromadi ham 
shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili 
shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk 
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin 
emas. O‘isqacha qilib aytganda, bank faoliyati "hamma narsa mijoz uchun" degan 
tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‘laligicha javob 
berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi. 
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. 
Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va roziliklariga 
asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini 
ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. 
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan 
xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar 
foliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori 
daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar ularning faoliyati 
yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. 
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib 
keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga 
aylantirish;

korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;

iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;

moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;

iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini 
ko‘rsatish va boshqalar. 
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish 
funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. 
Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani 
uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad 
oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu 
fond io‘tisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi. 


13 
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga 
aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan 
daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi. 
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish 
borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul 
mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada 
bo‘lishi mumkin,ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi 
oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu 
muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir - birovi 
haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning 
taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari 
mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha 
keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini 
kamaytirishi mumkin. 
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik 
jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga 
talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni 
maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani 
shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni 
shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga 
yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. 
Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati 
yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho 
bera olishi mumkin. 
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli 
sub’ektlarni kredilash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy 
vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan 
mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan io‘tisodiyotning 
muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va 
ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. 
Tijorat banklari shartnoma asosida bir - birlarining mablag‘larini depozit, kredit 
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro 
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun 
mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun 
Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin. 
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari 
tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul - kredit siyosatining 
bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan 
bo‘lishi lozim. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi 
taraqqiy etmagan boso‘ichlarida io‘tisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy 
resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. 
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini 
amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqtisodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat 


14 
banki orqali amalga oshirilgan, hisob - kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga 
oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob 
- kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk 
darajasini ko‘paytirdi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar 
iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va 
rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni 
kengaymoqda. 
Undan tashqari tijorat banklar moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, 
ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan 
shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi 
mumkin. 
Tijorat 
banklari 
yuqorida 
kelitirilgan 
funksiyalari 
asosida 
quyidagi 
operatsiyalarni bajaradi: 

passiv operatsiyalar;

aktiv operatsiyalar;

bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;

bankning 
o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan 
operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin