Respublikamizda tijorat banklarini tugatishning o‘ziga xos xususiyatlari. Bankni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy majlisi qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Bu quyidagi hujjatlar taqdim etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
- bank kengashi raisi tomonidan imzolangan iltimosnoma;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
- bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib va muddatlarini aks ettiradigan hujjatlar;
- qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, shu jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisob-kitob balansi va bankni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar. Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ikki oy davomida ko‘rib chiqiladi. Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo‘lib, tijorat banklari faoliyatining to‘xtashi va tugatishida muhim asosdir. Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi 2005 yil 22 mart 626-1sonli uzgartirish kiritilgan Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan.
Banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: a) bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinishi;
b) Markaziy bank roziligi mavjud bo‘lgan holda aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarori;
Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi:
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari to‘xtatiladi, jumladan, ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to‘lash, shuningdek, bankni boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish huquqi saqlanib qoladi;
b) tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin;
v) bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi;
g) tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha penya va foizlarning hisoblab yozilishi to‘xtatiladi;
d) tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi;
e) bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin;
j) tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi. Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga kiritilmaydi.