Mavzu Tijorat banklarini tashkil etishning huqugiy-iqtisodiy asoslari


Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari



Yüklə 27,27 Kb.
səhifə4/7
tarix04.10.2023
ölçüsü27,27 Kb.
#152037
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu Word (5)

Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari.
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak:
-bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili;
-bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati;
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi;
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
-bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari.
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, byudjet mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro‘yxatga olgunga qadar uning muassislari tomonidan to‘lanishi kerak. Bu to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda (№949-sonli, 2000 yil 25 iyul) ko‘rsatib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida yangi ochilayotgan banklarning ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar
Bank ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish uchun bank aksiyadorlar yig‘ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar:
- ustavga o‘zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma;
- bank aksiyadorlarining ustaviga o‘zgarish va qo‘shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada);
- bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar ro‘yxati (3 nusxada) taqdim etiladi.
Mazkur o‘zgarishlar va qo‘shimchalar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 49-moddasiga ko‘ra, bank muassasini, ya’ni yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablag‘lari hisobidan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin.
Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
 Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi;
 bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi;
 ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari;
 muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati.
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi.
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
banklar uchun – 10 mln. evro ekvivalentida;
xususiy tijorat banklari uchun – 5 mln. evro ekvivalentida.
Yangi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam miqdorining hisob-kitobi Markaziy bank tomonidan valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e’lon qilingan evro kursining muassislar tomonidan bank tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan (ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan) kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy valyutada amalga oshiriladi. Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi.

Yüklə 27,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin