lisoniy birliklar deyiladi; lisoniy birlikning nutqda moddiy shakl olgan holatiga nutqiy birlik deyiladi. Demak, har bir kishining miyasida lisoniy birliklarning ramzlaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik bor, har bir kishi ehtiyojiga qarab bu boylikdan foydalanib nutq hosil qiladi.
Inson tili asosini tovush tashkil qiladi: tilda bor hodisalar tovushlarda reallashadi. Tovush til birligi sifatida boshqa til birliklari uchun qurilish birligi bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra til tovushi til birliklarining birlamchi ifoda jihati deyiladi.
Til tovushi lisoniy birlik sifatida miyadagi til xotirasi markazida ma’lum bir ramz sifatida aks etadi. Ana shu ramzda til tovushiga xos belgi-xususiyatlar haqida axborot bo’ladi. Masalan, u tovushi haqida ”ovozdan iborat ” , ”og’iz bo’shlig’i tor holatda”, ”tovush hosil bo’lish oralig’i til sathining orqa qismida ”, ”lablar aktiv qatnashadi degan axborot bor. Inson faoliyatini, shu jumladan til faoliyatini ham boshqaruvchi miya markazidan u tovushini aytish haqida ”ko’rsatma”(impuls) berilsa, shu tovushning ramzida mujassamlashgan axborotga binoan tovush hosil qilish a’zolari harakatga kelib, ko’rsatmaga binoan ma’lum holat egallaydi va o’pkadan chiqayotgan havo ma’lum nutq tovushi sifatida, nutqiy birlik sifatida namoyon bo’ladi”.
Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ba’zi tillardagi so‘zlarning ma’nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir-biridan juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin. Qardosh tillar bo‘la olmaydi. Ammo ba’zi tillarning tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu tillardagi so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, So‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga ancha yaqin bo‘ladi. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan bo‘lib, qardosh tillar deyiladi. Grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi til oilasi deb ataladi. Chunonchi, o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, qoraqalpoq, turk, chuvash tillari kabilar turkiy tillar oilasiga kiradi. Bu qardosh tillardagi o‘xshashlik, yaqinlik ularning So‘z boyligi, grammatik qurilishi va nutq tovushlarida ifodalanadi.
Shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarning So‘z boyligida alohida so‘zlarning ma’no jihatidan o‘xshashlik hodisalari uchrashi mumkin. Bunday hodisa bir tilga qarindosh bo‘lmagan boshqa bir tildan kirgan so‘zlarda uchraydi.
Masalan, o‘zbek tiliga arab tilidan: oila, maktab, lug‘at, kitob singari, rus tilidan samovar, mashina, stol, stul, choynak kabi anchagina so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan, bunday tillarning qarindosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning So‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar juda ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar tufayli boshqa tillardan kirib qolgan bunday tasodifiy so‘zlar tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganshida material bo‘la olmaydi, chunki bunday tillarning tuzilishi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga qarashli bo‘lganligi uchun bu tillarda so‘z ma’nolari, grammatik tuzilishlari jihatidan birmuncha o‘xshashlik, yaqinlik bor.
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda So‘z o‘zaklari grammatik vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan. Biror So‘z yoki grammatik vositalardagi tovush o‘zgarishlari ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan. Bir qardosh tilga, bir tovushga ikkinchi bir qardosh tildagi shunga muvofiq tovush to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘zbek tilidagi